O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


"Al-Muxajot bil-masoil an-nahviya av al-axajiy an-naxviya" ("Grammatik masalalarga oid jumboqlar")


Download 1.77 Mb.
bet34/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

"Al-Muxajot bil-masoil an-nahviya av al-axajiy an-naxviya" ("Grammatik masalalarga oid jumboqlar").
Az-Zamaxshariyning grammatikaga doir bu asari ko’pgina tarixiy asarlarda ikki xil nomda uchraydi. As-Suyutiy, al-Laknaviy va Kuprizoda asarni "Al-Axatiy an-naxviya" deb zikr qilsalar, Ibn-Xallikon, al-Bo’stoniy va K.Brakkelman esa "Al-Muxajot bil-masoil an-nahviya" ("Nahv masalalari bo’yicha jumboqlar") deb atashadi.
"Asos ul-Balog’a" ("Balog’at asoslari").
Hoji Halifaning "Kashf uz-Zunun" nomli mashhur bir biografik kitobida az-Zamaxshariyning "Asos ul-balog’a" ("Balog’at (fasohat)asoslari") haqida: "U ("Asos ul-balog’a") hajmi katta, mazmunan boy, adab fanininig mustahkam asosi bo’lib, unda lug’aviy majozlar, adabiy o’ziga xos xususiyatlar va fasohatli iboralar moddalariga qarab tartib bilan berilgan asardir", deb yozgan.
Mashhur adib Jurji Zaydon asarga yuksak baho berib shunday deydi: "Asos ul-balog’a" o’z uslubi bilan arab tilining beqiyos muhim mu’jamidir (to’liq qomusidir), chunonchi, u iboralarning qo’llanilishi va ularning yakka o’zi hamda matnda kelganda jumlalardagi o’rni xususida bahs yuritadi. Agar biror moddani (bandni) sharhlash kerak bo’lsa, uning qo’llaniladigan o’rinlarini aniq ko’rsatadi. Shu sababdan ham bu asar g’oyatda foydalidir".
Az-Zamaxshariy o’z asarining manbalari haqida gapirib, arablarning fasohatli lug’atidan, turli-tuman nasriy va nazmiy yozma manbalaridan yiqqan (to’plagan) ajoyib iboralarga, shuningdek, bozorlarda, masjidu jomelardagi so’zga chechan xatiblardan eshitganlariga asoslanib yozgani haqida zikr qiladi. Shu bilan bir qatorda "Asos ul-balog’a"ning asosiy manbalarini quyidagilardan iborat deyish mumkin:
1) Qur’oni Karim; 2) Payg’ambar hadislari;
3) Umar,Ali kabi halifalar, saxobalar va boshqa fasohatli notiqlarning kalimayu so’zlari;
4) Joxiliya, islomdan avvalgi va islom shoirlarining she’rlari;
5) masallar;
6) arablar nasriy asarlarida qo’llanilgan iboralar.
"Al-unmo’zaj fi-n-nahvi"
("Grammatik namunalar haqida").
Bu "Al-unmo’zaj" deb atalib, az-Zamaxshariy o’zining "Al-mufassal" asaridan qisqartirib olgan shaklidir. "Al-unmo’zaj"ga bir qancha sharhlar yozilgan bo’lib, bu asar birinchi marta Qohirada, keyinchalik Istambulda nashr etilgan.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling