O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- yangi nazariyalar asoschisi
- XV – XIX asrlardagi lug’at va grammatik asarlarning
Nazorat topshiriqlari:
4.1. Boburning uslubiyatchi olim ekanligini asoslang. 4.2. Boburning umumxalq tili va adabiy til tadqiqotchiligini sharhlang. 5-asosiy savolning bayoni Ma’lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur ham etuk tilshunos olim bo’lgan. Bu uning tovushlar tahlili, grammatik vositalar, lahja va adabiy til munosabati, so’zlar etimologiyasi, ma’nolari va uslubiyat haqidagi fikr va tahlillarda o’z ifodasini topgan. Xususan bu o’rinda maxsus ta’kidlab ko’rsatish lozim bo’lgan asosiy masala shundan iboratki, Bobur nafaqat o’zbek tilshunosligi tarixida balki umumtilshunoslikda, ya’ni dunyo tilshunosligida o’z nazariyasiga ega bo’lgan allomadir. Darhaqiqat, Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» da uch oilaga kiruvchi bir necha tilni solishtirib o’rganishning ajoyib namunasini ko’rsatib, dunyo tilshunosligida yangi nazariyalar asoschisi sifatida maydonga keldi.Chunonchi, hind-evropa tillari oilasiga mansub bo’lgan ikki guruh-hindiston tillari guruhiga kiruvchi hindi, evropa tillari guruhiga kiruvchi fors va afg’on; xom-som tillariga mansub som guruhlariga kiruvchi arab tillarini turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tili bilan solishtirib o’rganadi. Bu o’rinda shuni ta’kidlash lozimki, Bobur boshqa tildagi so’z va atamani to’g’ridan-to’g’ri ishlatib ketavermaydi. Olimdagi mantiq kuchi va yozuvchi uslubidagi benazirlik sabab bo’lsa kerak, o’zi foydalanmoqchi bo’lgan so’z, atama, ibora yoki shu so’z bilan bog’liq voqealarga albatta avval izoh beradi, masalan u to’qqiz yuz o’n ikkinchi (1506-1507) yil voqealarini bitar ekan, afg’on tog’larining birida qorda qolib qiynalganini, ammo tog’da katta g’or bo’lib, tunda barchasi ana shu g’orda jon saqlaganligini va nihoyat, shu masala bilan bog’liq voqealarni hikoya qilar ekan, g’or va kavaklar bu elda «haval» deyilishini izohlaydi-da, kitobning keyingi sahifalarida shu atama ishlatiladi: «Ushbu tariq bilan qor tepib, yo’l qilib Injinqon erdan uch-to’rt kunda ko’tali Zarrining tubigi havoli Kutiy degan havalga kelduk. Ushbu kun g’arib chopqun bila qor yog’ar edi. Andog’kim, barchaga o’lim vahmi bo’ldi. Ul el tog’dagi g’or va kovaklarni havol derlar; bu hovolg’a etkanda chopqun behat tez bo’ldi (257-bet) (ta’kidlar bizniki B.T). Yoki singir so’zini izohlar ekan, Bobur bu so’zni Kobulga kelgandan so’ng eshitganligini, u tog’ni bekitganga nisbatan qo’llanishini ta’kidlaydi: «Tanglasa andin ko’chub, xangucha tushuldi, bu navohidagi afg’onlar bir parcha tog’ni singir qildilar. Singir lafzini kobulg’a kelganda eshitildi. Bu el tog’ni berkitkanni singir derlar emish» (206). Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda ko’rgan bedanani Kobul bedanasi bilan qiyoslar ekan, uning o’sha paytda bo’dana tarzida talaffuz qilinishiga urg’u berishdan tashqari Kobulda uni kurotu deyilishini ham bitadi: « Yana bir bo’danadur. Bu bo’dana Kobulg’a oz-oz borur. Kichkina bo’danadur, qorachidin bir nima ulug’roq bulg’ay, Kobulda «kurotu» derlar» (350). Shuningdek, Bobur fors-tojik tiliga xos bo’lgan pos so’zini izohlar ekan, uning sutkaning sakkizdan bir qismini, ya’ni uch soatni bildirishini, pospon so’zi esa posdan xabar beruvchilar ekanligini izohlaydi. Darhaqiqat, -bon (von) qo’shimchasi asos so’zdan anglashilgan predmet yoki ob’ektga ega shaxs nomini yasaydi1. Bu qo’shimcha asl turkiy so’zlar tarkibida kamdan-kam uchraydi: «Hind eli kecha-kunduzni bir giri debturlar, yana kechani to’rt va kunduzni to’rt qismat qilubturlar. Har qaysini bir pahr debturlarkim, forsisi pos bo’lg’ay. U viloyatlarda pos va pospon eshitulur edi. Bu xususiyat bila ma’lum emas edi» (358). Yoki olim hindistondagi kayla daraxtiga tavsif berar ekan, uni arab tilida mavz deb atalishini ta’kidlaydi: « Yana kayladur arab mavz der, daraxti xili baland emas, balki daraxt deb ham bo’lmas» (353). Hindistonning biyr deb ataladigan daraxti fors tilida kunor nomi bilan yuritilishini ko’rsatadi: «Yana biyrdur, forsiy kunor derlar emish. Bu anvo’ bo’ladur. Oluchadin bir nima uloqroqdur. Bir nav’i bo’ladur, husayin uzum andomida, aksari xili yaxshi bo’lmaydur» (354). Ma’lumki, Bobur tillardagi tovush xususiyati, ularda bo’ladigan eng kichik jarayongacha jiddiy e’tibor bergan. Shuning uchun norgil daraxti haqida gapirar ekan, arab tilida uning norjil tarzda talaffuz qilinishini yozadi.Darhaqiqat, arab tilida adabiy g tovushi yo’q. Shunga ko’ra arab tilida bu tovush j ga o’tadi1: «Yana norgildur, arab muarrab qilib «norjil» der, Hindiston eli nolir deydur... Norgilning birisi javzi hindiylurkim, qora koshuklarni andun qulurlar. Ulug’rog’ini gijjakning kosasi qilurlar. Daraxti biaynixi xurmo daraxtidur, g’oyatash jorgulning shoxi purbargraktur»(355). Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti yo’li Hindiston bilan bog’langanligi va «Boburnoma» eski o’zbek tilida shu yurtda yozilganligi sababli unda hind tiliga doir ancha atamalar mavjud. Bu albatta, avvalo, Boburda til o’rganish qobilyatining benihoya kuchli ekanligini ko’rsatadi.Chunonchi, muallif xast nomini shunday sharhlaydi: «Suxon suyining navohisidagi el va ulusning hokimining oti Malik Xast edi, asli oti Asaddur. Hindistoniylar mundoq harakatlarni gohi sokin o’qurlar, nechukkim, «xabar»ni «xabr» derlar, «asad»ni «asd» depturlar, bora-bora «xast» bo’liptur».2.(289).Shubhasiz, tovushlarda bo’ladigan bunday jarayonlarni aniq va ishonchli izohlash va bu asosida so’zning etimologiyasini aniqlab berish uchun juda yirik tilshunos olim bo’lmoq kerak. Zero, Bobur ana shunday olim edi. Muallif hind tilida julg’ani dun atashlarini tushuntirib, o’zining ana shunday dunga kelganligini, uning atrofida juda ko’p kentlar joylashganligini tasvirlaydi: «Andin ko’chib, Milvatning bir argadollik ushoq tog’laridin oshib, dunga kelduk. Hinduston tili bila jilg’ani «Dun» dermishlar Hindustonda bir oqar suv ushbu dundur. Dunning atrofi qalin kentlardur» (330). Zahriddin Muhammad Bobur qaerda bo’lmasin, eng kichik narsadan yirik-yirik narsagacha jiddiy e’tibor bergan, o’zicha tahlil qilgan, xulosalarni esa «Boburnoma»da bitgan. Jumladan, Hindistonda nimani ko’rsa, kuzatsa, uni o’z vatanidagi o’shanday narsa, voqea bilan qiyoslaydi. Bu o’lkaning imoratlari haqida gapirar ekan, bu sohada ancha orqada ekanligini shulardan Mon Sing va Bikramojitning imoratlarini kuzatar ekan, unda uchragan xotiypul degan so’zning ma’nosini shunday izohlaydi: «Sharq soyig’i zil’ining burjida Xotiypuldir. Pilni «xotiy» derlar, darvozani «pul». Bu darvozani chiqishida bir filning suratini mujassa qilubturlar, ustida ikki filbon ham qilibdurlar, biaynixi fil, xili mushobix qilubturlar. Bu jihattin «xotiypul» derlar» (413) Ma’lumki, har bir tilning o’z sanash usuli mavjud. Turkiy tillarda ham dastlab sanashning boshqacharoq usuli bo’lib, keyinroq murakkab sonlarni sanashda qisman o’zgarishi bo’lgan1. Bobur o’zbek va hind tilida ana shu yirik sonlarning sanash usulida mavjud farqlarni,ularning nomlanishini qiyoslab tushuntiradi: « Yana hind eli adadni ham ho’p tayin qilubturlar: yuz ming lak derlar, yuz lakni kurur derlar, yuz kururni arb derlar, yuz arbni karb, yuz karbni nil, yuz nilni padam, yuz padamni song. Bu adadlarning tayini hinduston molining ko’pligining dalilidur»(360). Zahiriddin Muhammad Boburni tabiatdagi, jamiyatdagi hamma-hamma narsa qiziqtirgan. Yana shuni ta’kidlash lozimki,u Hindistonda hukumdor sifatida hayot kechirar ekan, uni hamisha Vatan sog’inchi, Vatan ishqi tark etmaydi. U Vatanga talpinadi, ammo yo’llar berk, hayot bevafo, olim-shoir monandi bilan qiyoslaydi, solishtiradi. Binobarin, Bobur fasllar, oylar va hatto kunlarning ham ikki tildagi nomlarini qiyoslab, solishtirib izohlaydi. «Kunlarga ham ot qo’yubturlar: shanba-sonichar; yakshanba-aytvor; dushanba- sumvor; seshanba-mongolvar; chahorshanbaa-budvor; panjshanba-brispotvor; odina-sukrvor»(358). Bobur o’z yurtida bir yil to’rt fasl bo’lgan holda, Hindistonda uch fasl ekanligini, har faslda to’rt oydan borligini qayd etib, fasl va oyning har ikki tildagi nomlarini bir-biriga qiyoslab tushuntiradi. Bobur, bundan tashqari Hindiston qushlari haqida gapirar ekan, ularning ko’rinishi, ovozini O’zbekistondagi qushlarning o’shanday xususiyati bilan solishtiradi, ulardagi nomlanishni qiyoslaydi. Hindistonning mevalari, gullari to’g’risida fikr yuritib, ularning xususiyati va nomlarini o’zbek tilidagi nomlari bilan qiyoslaydi. Umuman shoir ijodida tillarni qiyosan o’rganish bo’yicha manba g’oyat mo’l. Bu yo’nalishda, xususan. «Boburnoma» bitmas-tuganmas xazina. Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining bu qomusiy asari- «Boburnoma»si bilan jahon tilshunosligida yangi nazariyaga- bir necha oilaga mansub tillarni solishtirib o’rganish nazariyasiga asos soldi. Talabalar uchun mustaqil ish topshiriqlari: 1. Bobur g’azallaridan 2,3 ta yodlab shoirning so’z qo’llash san’atini belgilang. 2. "Boburnoma"ni to’liq o’qib chiqish. "Boburnoma" misolida aytilgan nazariy fikrlarni asoslash. XV – XIX asrlardagi lug’at va grammatik asarlarning Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling