O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija


Vilgelm fon Gumboldt va umumiy tilshunoslik


Download 435.05 Kb.
bet20/64
Sana01.04.2023
Hajmi435.05 Kb.
#1315868
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
мажмуа Умумий тилшунослик

Vilgelm fon Gumboldt va umumiy tilshunoslik. Germaniyaning eng buyuk olimlarvdan biri boʻlgan Gumboldt (1767-1835-y) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, adabiyot nazariyasi, falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat bilan shugʻullanadi, Berlin universitetining asoschisi hamda davlat arbobi hisoblanadi. V.Gumboldtning til bilimi nihoyatda keng boʻlib, ulkan olim nafaqat hind-Yevropa tillarini bilar, balki dunyoning boshqa tillari – bask tilidan tortib, Amerikaning kichik Polineziya va mahalliy aholisining (indeetslarning) tillari haqida ham chuqur bilimga, ma’lumotga ega edi.
V.Gumboldt asarlari, gʻoyalari, konsepsiyalari bilan umumiy nazariy tilshunoslikka asos soldi. Buyuk olim tilshunoslikning, idealistik ruhda boʻlsada, qator eng muhim va murakkab muammolarini hal qilib berdi, ta’limotlar yaratdi. Shu tufayli u jahon tilshunosligining keyingi taraqqiyotiga juda katta ta’sir koʻrsatdi.
Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri boʻlgan F.Bopp uni hurmat bilan tilga olsa, G.Shteyntal, AShleyxer, K.Fosler, A.Pott, G.Kursius, A.Potebnya, B.de Kurtene kabi taniqli va mashhur tilshunoslar oʻzlarini uning shogirdi deb hisoblaganlar.
Agar F.Bopp umumiy, nazariy gʻoyalardan, qarashlardan chetlashib, asosan, faktlar yigʻish, ularni qiyoslash, ular orasidagi munosabatlarni, bogʻliqliklarni aniqlash bilan shugʻullangan boʻlsa, V.Gumboldt nazariy, falsafiy gʻoyalar bilan, tilning ilmiy nazariyasini yaratish bilan mashgʻul boʻldi. Aniqrogʻi, V.Gumboldtning tilshunoslikdagi ahamiyatini, oʻrnini I.Kant va Gegellarning jahon falsafasi taraqqiyotiga koʻrsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin.
V.Gumboldtning umumiy tilshunosligini til falsafasi deb aytish mumkinki, bu falsafa eng oliy lisoniy umumlashmalarni va uzoq davrlarda ham tilshunoslik rivojiga jiddiy ta’sir koʻrsatadigan xulosalarni qamrab oladi.
V.Gumboldt til falsafasini tiklab, uning obroʻ-e’tiborini koʻtardi va aynk falsafaga butunlay yangi yoʻnalish berdiki, bu yoʻnalish qiyosiy-tarixiy metod bilan zich bogʻlangan holda, uning asosida yuzaga keldi. Aniqrogʻi, V.Gumboldtgacha boʻlgan nazariyalar boʻsh, mustahkam asosga ega boʻlmagan, shunchaki, yuzaki nazariyalar edi. V.Gumboldt esa tilning ilmiy nazariyasini, til falsafasini til hodisalariga qiyosiy-tarixiy metodni qoʻllash asosida qurdi, yaratdi. Natijada uning ta’limoti, lisoniy qarashlari tilshunoslik fanining taraqqiyotiga uzoq yillar davomida samarali xizmat qildi.
V.Gumboldt 1820-yilda Berlin akademiyasida «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy oʻrganish haqida» degan mavzuda ma’ruza qiladi. Ushbu mavzudagi ma’ruza uning tilga oid dastlabki tadqiqoti boʻlib, muallif unda til haqida alohida, mustaqil fan yaratish zarurligi gʻoyasini oʻrtaga tashlaydi va uni asoslab beradi.
Shuningdek, olim ma’ruzasida qarindosh va qarindosh boʻlmagan tillarning tipologik qiyosiy grammatikasini yaratish tarafdori boʻlib chiqadi. U oʻzigacha boʻlgan, ya’ni har bir tilning oʻziga xosligini, mustaqilligini tan olmaydigan, barcha dunyo gillarini tayyor mantiqiy jadvallarga majburan kiritishga intiluvchi deduktiv umumiy grammatikani – Por Royal grammatikasini inkor qiladi. V.Gumboldt turli tillardagi aynan bir tushunchani – fikrni ifoda etishning, yetkazishning turlicha usullarini aniqlashga intiladi.
V.Gumboldt hayotining oxirgi yillarida oʻzining eng muhim uch tomli «Yava orolidagi kavi tili haqida» nomli salmoqli asari ustida ish olib boradi. Bu asar uning vafotidan soʻng akasi A.Gumboldt tomonidan 1836-1840-yillarda nashr qilindi.
V.Gumboldtning qayd etilgan tadqdqotlarining bevosita nazariya bilan bogʻliq kirish qismi nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
Ishning kirish qismi «Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri» deb nomlanib, turli tillarga – 1859-yilda esa rus tiliga tarjima qilinadi.
V.Gumboldt aynan mana shu asarida, ayniqsa, uning kirish qismida oʻzining tilga boʻlgan nazariy — falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi.
U tadqiqotlarida tilga aloqa vositasi sifatida, predmetlarni anglatish vazifasini bajaruvchi sifa- tida baho berdi. Ayni vaqgda olim tilning murakkab oʻzaro qarama - qarshi xususiyatlardan iborat koʻp ji- hatli hodisa ekanligini qayd etadi.
V.Gumboldt tilni mukammal oʻrganishda, unga xos belgi-xususiyatlarni, boshqa hodisalar bilan aloqasini, oʻziga xosligini aniqlash va ochishda antinomiya metodini, ya’ni oʻzaro zid, qarama-qarshi qoʻyish usulini qoʻllaydi. U ushbu usul orqali tilga xos xususiyatlarni, uning eng muhim jihatlarini birma-bir bayon etadi. Shuningdek, til nazariyasi haqidagi mukammal ta’limotlarni, gʻoyalarni yaratadiki, bu ta’limot va gʻoyalar nazariy tilshunoslikning taraqqiyotida yangi-yangi qarashlarni ochishda xizmat qildi. Til va tilga yondash hodisalarning, til bilan bevosita aloqador, bogʻliq jarayonlarning oʻzaro dialektik munosabatda ekanligi ma’lum boʻldi.
Xullas, V.Gumboldgning tilni oʻrganish jarayonida belgilagan, qayd etgan antinomiyasi – til hodisalariga dialektik zidlik asosida yondashishi jahon tilshunosligi lisoniy tafakkur taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega boʻldi.
V.Gumboldt oʻz asarlarida tilning soʻz va grammatik qoidalardan iboratligini, til birligi boʻlgan soʻzning esa tushunchani ifodalaydigan belgi, ramz ekanligini toʻgʻri qayd etadi.
U har bir xalqning tilida oʻsha xalqning tarixi, madaniyati va, umuman, uning butun ruhiy dunyosi namoyon boʻlishini ta’kidlaydi.
V.Gumboldt lisoniy ta’limotining eng muhim nuqgalaridan biri til shakli (formasi) haqidagi ta’limot yoki, boshqacha aytganda, tilning ichki tuzilishi haqidagi nazariyadir.
V.Gumboldt ta’limotiga koʻra til formadir (shakldir). U til formasining bir qancha xususiyatlarga ega ekanligini aytadi. Shulardan biri til formasining nutq tovushlaridan tashkil topishidir, ya’ni nutq tovushlari tilning formasini hosil qilishidir. Yana biri til formasining sistema sifatida namoyon boʻlishidir, ya’ni har bir til elementi, birligi boshqa elementga koʻra mavjuddir, u bilan oʻzaro bogʻliqstir, aloqadordir. Shuningdek, til formasi ikki jihatning, ikki tomonning: moddiy va ruhiy, tashqi va ichki tomonlarning birligidan, bogʻliqligidan iboratdir.
Tilning tashqi formasi tilning materiyasi, ashyosidir, uning tovush sistemasidir. Aytilganidek, nutq tovushlari tilning shaklidir.
Nutq tovushlari muayyan ma’no ifodalovch til birliklarini hosil qilishda qoʻllanadigan, ishlatiladigan shakldir.
Tilning ichki formasi til strukturalarining tashkil qilinish, fikrni tilda obyektivlantirish usulidir, xalq ruhining ifodasidir. V.Gumboldt tilning ichki formasi haqidagi ta’lyamotida ichki formani xalqning ruhi bilan bogʻlaydi, ya’ni ichki forma xalq ruhining qandayligini koʻrsatadi hamda soʻz orqali ifodalanadigan ma’nodir.
V.Gumboldt fikricha, xalqning tili uning ruhidir va xalq ruhi uning tilidir.
V.Gumboldtning ichki forma haqidat ta’limotining xatosi shunda ediki, u tilning ichki formasini (shaklini) faqat milliy ruh bilan, xalq ruhi bilan va mutlaq gʻoya bilan bogʻlaydi, ya’ni u tillarning milliylik xususiyatini alohida tillarning aniq tarixiy taraqqiyotiga bogʻliq shart-sharoitlar bilan, xalq tarixi bilan, tilni yaratuvchi, uni oʻzida tashuvchi, undan foydalanuvchilar bilan bogʻliq holda tushuntirmaydi, balki tilning ichki formasini tillarning milliylik xususiyatini mavjud boʻlmagan, yetarli darajada aniqlanmagan, oʻrganilmagan ruhiy ibtidoning namoyon boʻlishi bilan tushuntiradi. Aniqrogʻi, V. Gumboldt nemis faylasufi I.Kant kabi ongni, ruhni alohida mavjud boʻlgan ibtido deb biladi va uni obyektiv mavjud boʻlgan moddiy tabiatga bogʻliq boʻlmagan hodisa deb izohlaydi. Shu ta’limotdan kelib chiqib, u tilni ruhning butun majmuyidan iborat deb, ta’riflaydi va til ruhga xos boʻlgan qonunlar asosida rivojlanadi deb biladi. Uning fikricha, tilda xalqning ma’naviy qiyofasini aks ettiradigan ma’lum bir dunyoqarash ifodalanadi. Boshqa tilni oʻrganish bilan goʻyo dunyoqarash ham oʻzgaradi. Shu fikr asosida V. Gumboldt tilning «ichki formasi» haqidagi ta’limotini yaratadi. «Ichki forma», uning fikricha, bir tomondan, xalqning ruhi qandayligini koʻrsatsa, ikkinchi tomondan, soʻz yasalishi, shakllanishi jarayonida ifodalanadigan ma’nodir.
V.Gumboldt nutq tovushlarini til formasi deb, soʻzning nutqsta qoʻllangandagi qiyofasini soʻzning grammatik formasi deb ta’riflaydi. Uning bu fikrlari hamda «ichki forma» haqidagi ta’limoti, ayni ta’limotning idealistik jihatlari olib tashlansa, ushbu fikrlar umum tilshunoslikda hozir ham diqqatga sazovordir.
Aytish mumkinki, 20-asr tilshunoslik tafakkuri, taraqqiyoti V.Gumboldtning lisoniy nazariyalari asosida taraqqiy qildi. Uning koʻpgina lingvistik gʻoyalari 19- va 20-asr tilshunosligining rivojiga jiddiy ta’sir qildi.
Xullas, F.Bopp, R.Rask, Ya.Grimm, A.Vostokovlar qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va bu tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot usuli boʻlgan qiyosiy-tarixiy metodga asos solgan boʻlsalar, V.Gumboldt umumiy nazariy tilshunoslik faniga, uning mustaqilligiga, til falsafasiga asos soldi.
Hind—Evropa tilshunosligining 19-asr va 20-asrning boshlaridagi taraqqiyot davrida Vilgelm Gumboldt gʻoyalarining ta’siri natijasida umum tilshunosliqda muayyan ta’limotlar, yoʻnalishlar maydonga keldi. Bu ta’limotlar jahon tilshunosligida naturalizm (A.Shleyxer ta’limoti) va psixologizm (G.Shteyntal ta’limoti) va boshqa nomlar ostida namoyon boʻldi.

Download 435.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling