O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija
Alisher Navoiy – chogʻishtirma tilshunoslik asoschisi
Download 435.05 Kb.
|
мажмуа Умумий тилшунослик
Alisher Navoiy – chogʻishtirma tilshunoslik asoschisi. Oʻrta Osiyoning XV asrning ikkinchi yarmidagi buyuk mutafakkiri, allomasi, she’riyat sultoni, oʻzbek adabiy tilining homiysi va targʻibotchisi Alisher Navoiy (1441-1501) hazratlari tilshunoslik tarixida ham yorqin iz qoldirgan ulkan siymolardan biridir.
Alisher Navoiyning lisoniy qarashlari, asosan, «Muhokamat ul-lugʻatayn» (1499) asarida oʻz ifodasini topgan. Ikki til – oʻzbek va fors tillarining qiyosiy (solishtirma) tahliliga bagʻishlangan ushbu asarda Alisher Navoiy turli til oilalariga mansub boʻlgan tillarning umumiy va farqli tomonlari, belgi-xususiyatlariga toʻxtaladi, ularni tahlil qiladi, muhim ma’lumotlar beradi. Aniqrogʻi, tillarni muhokama qilish orqali oʻzbek tilining oʻziga xos jihatlariga, adabiy-badiiy ijodda – asarlar yaratishda oʻzbek tilining ham ustuvor, ulugʻvor til ekanligini, shunga koʻra fors tili bilan bemalol raqobat qila olishini, hatto ayrim oʻrinlarda, tasviriylik imkoniyatlari nuqtayi nazaridan esa undan ilgari keta olishini bayon qiladi, asoslaydi [Д.М.Насилов. Лингвистические взгляды Алишера Наваи. В к н. История лингвистических учений. Средневековый восток. Л., 1981, 148-бет.]. «Muhokamat ul-lugʻatayn» asarida tillarning kelib chiqishi, til va tafakkur orasidagi munosabat, soʻz ma’nosi, soʻzlarning shakl va ma’no munosabatlariga koʻra turlari, soʻz yasalishi, morfologik kategoriyalar, fonetikaga oid – tovush bilan bogʻliq qator hodisalar haqida chuqur fikr yuritadi, bunday hodisalarni atroflicha tahlil qiladi. Navoiy asarda fonetik sistema haqida fikr yuritar ekan, ayni sistemaning qurilish a’zolari boʻlgan tovushlar haqida, tovushlarning artikulyastion xususiyatlari haqida ma’lumotlar beradi, oʻzbek tili tovushlarining qoʻllanilishidagi oʻziga xosliklarini alohida qayd etadi. Ushbu fonetik oʻziga xosliklar haqida prof. S.Usmonov va prof. A.Nurmonovlar oʻz tadqiqotlarida bir qator ma’lumotlarni keltiradilar. Masalan, tovush va harf munosabati haqida fikr yuritilar ekan, ular bir-biriga hamma vaqt ham mos kelmasligi, bir harf bilan bir necha tovushni anglatish mumkinligi aytiladi. Anigʻi, Navoiy eski oʻzbek adabiy tilining unlilar sistemasiga toʻxtalib, o-ö, u-ÿ oppozistiyasi asosida misollar keltiradi qiyoslang: ot (olov), öt (harakat); toʻr (tuzoq), toʻr (uyning toʻri); oʻt (yutmoq), oʻt (kallani oʻtga tutib, tukini kuydirish). Shuningdek, birgina ey (s) harfi bilan uchta tovush: i, choʻziq i va e tovushlari ifodalanishi qayd etiladi. Qofiya masalasida oʻzbek va fors tillari qiyoslanar ekan, bunda oʻzbek tili imkoniyatlarining kengligi, bu jihatdan oʻzbek tili fors tilidan ustun ekanligi bayon qilinadi. Anigʻi aro soʻzini saro, daro bilan ham, boda bilan ham, erur soʻzini esa hur, dur bilan ham, gʻurur, surur soʻzlari bilan ham qofiya qilish mumkinligini, fors tilida esa bunday imkoniyat yoʻq ekanligini ta’kidlaydi. Xullas, Alisher Navoiy tovushni, hozirgi tilshunoslik nuqtayi nazaridan baholashda, fonema sifatida olib, uning eng muhim xususiyati boʻlgan ma’no farqlash qobilyatiga ega ekanligini bayon qiladi. Navoiy islom ta’limotiga asoslangan holda insonga til-nutq qobilyati, nutq faoliyati Olloh tomonidan berilganligini, bu jarayon faqat insongagina tegishli ekanligini aytadi. Ayni vaqtda ushbu qobilyatga ega boʻlgan insonlar soʻzlarni oʻzlari yaratishini, oʻzlari ijod qilishini qayd etadi va soʻz masalasiga alohida urgʻu beradi. Navoiy soʻz haqida fikr yuritar ekan, dastavval, mutlaqo maqsadga muvofiq, soʻzning ma’no quvvatiga katta e’tibor qaratadi. Chunki Navoiy gʻoyalarining eng birinchi va eng qudratli poydevori, moddiy asosi soʻz ekanligi – soʻzning ma’no jihatlari ekanligi aniqdir. Navoiy soʻzni ma’no, tushuncha tashuvchi, inson gʻoyalarini, ruhiy dunyosini ifoda etuvchi, shunga koʻra oʻzgalarga ta’sir qiluvchi kuchli vosita sifatida tushunadi va shunday tushuntiradi. U ona tilining leksik boyligi haqida oʻtkir tilshunos sifatida qimmatli fikrlar, ma’lumotlar keltiradi, semantik-funkstional jihatdan forsiy tildan ustun turuvchi qator lisoniy birliklarni birma-bir sanaydi, ularni ma’no jihatdan tahlil qiladi, soʻzlarning-fe’llarning nozik ma’no farqlarini, «qirralarini» qayd etadi. Turkiy tilning soʻz qoʻllash bobida ham oʻziga xosliklarga, ustunliklarga egaligini asoslaydi, she’riyat-baytlar orqali ishonch hosil qiladi. Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lugʻatayn» asarida eski oʻzbek tilining imkoniyatlarini, boyligini koʻrsatish maqsadida shu tilning oʻziga xos boʻlgan 100 ta fe’lni keltiradi. Bular: quvormoq, quruqshamoq, usharmoq, jiyjaymoq, oʻngdaymoq, chikirmak, dumsaymoq, umunmoq, usanmoq, igirmoq, egarmoq va b. Navoiy qayd etilgan fe’llarni semantik jihatdan tahlil qiladi, differensial-semantik metod asosida ularning ma’no umumiyliklariga, farqli belgilariga, ma’no nozikliklariga e’tibor beradi, misollar bilan asoslaydi. Omonimik va sinonimik munosabatdagi soʻzlarni aniqlaydi, polisemantik soʻzlarning mavjudligini qayd etadi. Masalan, omonim soʻz sifatida ot, tuz, koʻk kabi soʻzlarni keltirib, ot soʻzining nom-ism ma’nosida, hayvon ma’nosida va harakat ma’nosida qoʻllanishini ta’kidlaydi. Aytilganlar Navoiyning soʻz masalasiga oʻta jiddiy e’tibor bergan, oʻz davrining buyuk soʻzshunos-leksikolog olimi ham boʻlganidan darak beradi. Navoiy mazkur asarida morfologiya masalasiga ham toʻxtaladi, soʻz yasalishiga oid ayrim fikrlarni qayd etadi. Prof. S.Usmonov va prof. A.Nurmonovlarning xabar berishicha, ushbu ishda soʻz yasovchi affikslar sifatida quyidagilar keltiriladi: - chi: qushchi, xolvochi, kiyikchi, qoʻychi; - vul: bakovul, qarovul, yasovul, jigʻovul; - l: yasol, kabol, tunqol, sevargʻol va boshqalar. Ma’lum boʻldiki, affikslar asarda soʻz yasovchi vositalar sifatida soʻz tarkibida qoʻllanib, yangi soʻz yasash, asosan, ot yasash-shaxs otini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Alisher Navoiy morfologiyaga oid fikrlarni bayon qilar ekan, asosiy, etakchi soʻz turkumi sifatida, maqsadga toʻla muvofiq, fe’llarga murojaat qiladi. Fe’l birliklarning ma’no jihatdan, shakl va qoʻllanishi jihatdan eski oʻzbek adabiy tilining oʻzigagina xos, ya’ni forsiyda uchramaydigan xususiyatlarini, zukko tilshunos sifatida, puxta tahlil qiladi. Aniqrogʻi, u fe’llarning nisbat bilan bogʻliq tomonlariga alohida e’tibor berar ekan, fe’lning oʻzlik, orttirma va birgalik nisbatlarini, ravishdosh shaklini, koʻmakchi fe’l yordamida tuzilgan murakkab fe’llarni qayd etadi. Navoiy fe’lning orttirma nisbat shakli haqida fikr yuritar ekan, ayni nisbat tushunchasi-t qoʻshimchasi orqali hosil boʻlishini aytadi, qator misollar keltiradi. Qiyoslang: yugurt, yashurt, chiqart va boshqalar. Download 435.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling