O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija
Download 435.05 Kb.
|
мажмуа Умумий тилшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-ma’ruza: 5-mavzu. O‘rta asrlar tilshunosligi. O‘rta Osiyoda tilshunoslikning shakllanishi. Reja
- Abu Nasr Forobiy.
Savol va topshiriqlar:
1. Arab tilshunosligining maydonga kelish omillari nima? Arab tilshunosligining maktablari qaysilar? Kufa maktabi haqida ma’lumot bering. Basra maktabi haqida ma’lumot bering. Arab grammatikasining o‘ziga xosligi nimada? Arab lug‘atchiligi qanday paydo bo‘ldi? Nega Mahmud Koshgʻariyning asari turkiy tilshunoslikning ensiklopediyasi hisoblanadi? «Devon»da qanday masalalar yoritilgan? «Devon»da qanday tuzilishga ega? 10.«Devon»ning bugungi kundagi ahamiyati qanday? 5-ma’ruza: 5-mavzu. O‘rta asrlar tilshunosligi. O‘rta Osiyoda tilshunoslikning shakllanishi. Reja: 1.Qomusiy olimlarning tilshunoslikka oid qarashlari. 2.Аbu Nаsr Forobiyning lisoniy qarashlari. 3. Аbu Rаyhon Bеruniyning lisoniy qarashlari. 4. Аbu Аli ibn Sinoning ilmiy faoliyati, аsаrlаri. 5. Mаhmud аz Zаmаxshаriy lisoniy qarashlari. 6. Alisher Navoiyning chogʻishtirma tilshunoslikka asos solishi. Tayanch soʻz va iboralar: Oʻrta Osiyo, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, fonetika, tovush, nutq, harf, ot, atoqli va turdosh ot, feʼl, Ibn Sino, tibbiyot, tilshunoslik, fonetika, til, boʻgʻiz, til oldi, til oʻrta, til orqa, til uchi, anatomiya, turkiy til, fors tili, sаrf (morfologiya), nаhv (sintаksis), lug‘at, ilmul lug‘а(t) (lеksikogrаfiya vа lеksikologiya), izohli lug‘аt, Alisher Navoiy, qiyosiy tilshunoslik. Oʻrta Osiyolik mashhur allomalarning jahon madaniyati, ma’rifati-ilm-faniga qoʻshgan hissasi ulkandir. Jahon tan olgan buyuk allomalar: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Mahmud az- Zamahshariy, Alisher Navoiy va boshqalarning tilshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmatlari kattadir. Abu Nasr Forobiy. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy (873-930) yaratgan asarlar ichida «Fanlar tasnifi» (yoki «Fanlar tasnifi haqidagi soʻz») kitobi tilshunoslik masalalariga bagʻish-langanligi bilan ajralib turadi. Buyuk alloma tilshunoslikning fonetika, morfologiya, sintaksis, orfografiya, orfoepiya va stilistika kabi boʻlimlari haqida dastlabki tushunchalarni bergan.1 Forobiy fonetika haqida fikr yuritar ekan, nutq tovushlari, tovushlarning undosh va unli turlari, undosh tovushlarning paydo boʻlishi, oʻrni, unli tovushlar va ularning xususiyatlari, soʻzga qoʻshimchalar qoʻshganda yuz beradigan tovush oʻzgarishlari, soʻzning fonetik meyori haqida fikr yuritadi. U leksika yuzasidan ma’lumot berar ekan, leksik birlik boʻlgan soʻz masalasiga, soʻz ma’nolarining tasnifi masalasiga toʻxtaladi. Ya’ni soʻz ma’nosining ikki turini: sodda va murakkab boʻlishini koʻrsatadi. Sodda ma’noli soʻzlarga: odam, hayvon, gul, ovqat, osmon kabi atash vazifasini bajaruvchi alohida soʻzlarni kiritsa, murakkab ma’noli soʻzlarga: narsa va uning belgisini bildiruvchi - Bu odam – bilimli, bu gul - oʻsimlik kabi ifodalarni kiritadi. Forobiy morfologiya masalasida soʻzlarni arab tilshunosligiga asoslangan holda ot, fe’l va harflarga ajratadi. Otlarni ikkiga: atoqli va turdosh otlarga boʻladi. Aniqrogʻi, sodda ma’noli soʻzlarni ikkiga ajratadi: 1) atoqli otlar: Zayd, Amr; 2) turdosh otlar: odam, hayvon, ot va boshqalar. Otlarga son kategoriyasi (birlik, ikkilik, koʻplik), fe’llarga zamon (oʻtgan, hozirgi, kelasi zamon) kategoriyasi xosligini ta’kidlaydi. U sintaksis masalasida soʻz birikmasi haqida, nutqning qismlarga boʻlinishi, soʻzlarning qanday birikish qoidalari va hukm bildirishi, soʻzlarning qoʻshilish turlari haqida fikr yuritadi. Forobiy orfografiya masalasida soʻzlarning yozilish qoidalari yuzasidan ham dastlabki ma’lumotlarni beradi. Forobiy she’riyat – she’r haqida fikr yuritar ekan, she’rning yozilish oʻlchovlari, ya’ni she’rning yozilishidagi toʻliq va notoʻliq oʻlchovlar, qaysi oʻlchov yoqimli va chiroyli ekanligi, umuman, she’r tovush va boʻgʻinlardan tashkil topishi haqida fikr bayon qiladi. Forobiy ulugʻ faylasuf olim sifatida umumiylik va xususiylik dialektikasi nuqtayi nazaridan tilga, lisoniy hodisalarga ham murojaat qiladi. U ot, fe’l va yuklama kabi soʻz turkumlarining arab tilida ham, yunon tilida ham mavjudligini aytib, buni umumiylik sifatida talqin qiladi. Ayni vaqtda arab tilshunoslari ushbu soʻz turkumlarini shu til hodisalari, birliklari asosida tahlil qilsalar, yunon tilshunoslari esa qayd etilgan morfologik kategoriyalarni oʻz ona tili materiallari asosida oʻrganishlarini ta’kidlaydiki, bu jarayon xususiylik sifatida namoyon boʻladi. Binobarin,dialektik falsafaning umumiylik va xususiylik kategoriyasi tilning muayyan tushunchalari orqali oʻzining isbotini, tasdigʻini topadi. Download 435.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling