O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija
Mаhmud Koshgаriyning lisoniy qarashlari
Download 435.05 Kb.
|
мажмуа Умумий тилшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Devonu lugʻatit turk»
Mаhmud Koshgаriyning lisoniy qarashlari. Olimning toʻliq nomi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshgʻariydir. Mahmud Koshgʻariy Oʻrta Osiyoning XI asrida yashab ijod etgan buyuk allomasidir. U turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi va leksikologiyasiga asos soldi, fonetikasi boʻyicha qimmatli ma’lumotlar qoldirdi.
Mahmud Koshgʻariy turkiy tilshunoslikning ensiklopediyasi hisoblangan mashhur «Devonu lugʻatit turk» («Turkiy soʻzlar devoni») asarini yaratdi. Shuningdek, shu kungacha topilmagan «Javohirun nahv fi lugʻatit turk» («Turkiy tillar sintaksisining javohirlari») nomli asarini ham yozgan. Arab tilidan K.Brokkelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, 1928-yilda Leypstigda, Bosim Atalay tomonidan turk tiliga tarjima qilinib, 1939-yilda Anqarada nashr qilingan «Devonu lugʻatit turk» asari prof. S.Mutallibov tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirilib, 1960-1963-yillarda Toshkentda nashrdan chiqdi. Mahmud Koshgʻariyning «Devoni» akad. A.N.Kononov, prof. H.Ne’matov, prof. F.Abdullayev, prof S.Usmonov, prof. A.Kondrashov, prof.A.Nurmonov va boshqalarning taxminicha 1072- 1078; 1078- 1083; 1071- 1073; 1073- 1074; 1076- 1077-yillarda yozilgan. Xulosa bitta, asar X1 asrning ikkinchi yarmida tilshunoslik maydoniga kirib kelgan. Tilni kishilar oʻrtasidagi aloqa vositasi sifatida, jamiyat hayotini aks ettiruvchi koʻzgu sifatida tushungan Mahmud Koshgʻariy oʻzining mashhur «Devon»ida aynan bir davrga oid boʻlgan turlicha turkiy tillar hodisalarini, faktlarini sinxron-qiyosiy metod asosida solishtiradi, taqqoslaydi. Chunki oʻsha davrda aynan mana shu metod arab tilshunosligida juda keng tarqalgan boʻlib, bu arab tilining koʻp shevali til ekanligi xususiyatidan kelib chiqadi [А.Н.Кононов, Х.Г.Нигматов Махмуд Кашгарский о тюркских языках. История лингвистических учений. Средневековый восток. Л., 1981, -С.135]. «Devonu lugʻatit turk» asarida turkiy tilshunoslik tarixida birinchi marotaba turkiy til va dialektlarning tasnifi ham beriladi [Неъматов H. ХI асрдаги туркий тилларнинг Маhмуд Кошg‘арий томонидан qилинган таснифи//Ўзбек тили ва адабиёти. 1969, №4. 51-55-б.]. Xullas, Mahmud Koshgʻariy oʻzining «Devon»i bilan sinxron-qiyosiy tilshunoslikka asos soldi, ayni tilshunoslikning buyuk vakili sifatida tanildi. Mahmud Koshgʻariy sinxron-qiyosiy metod bilan qurollangan holda turkiy qabilalarni kezib, asosiy diqqat-e’tiborini ularning tillaridagi umumiy va farqli xususiyatlarga qaratadi. Shuningdek, u turkiy qabilalarning joylashish oʻrni haqida ham qimmatli, asosli joʻgʻrofiy ma’lumotlar beradiki, bu «Devon»dagi faktlarning, fikrlarning, qarashlarning ob’ektivligini ta’minlaydi. Aytilganlar «Devon»ning juda katta mehnat evaziga yaratilganligidan xabar beradi. Tilshunoslikning barcha sathlari boʻyicha qiyosiy tadqiqot ishlarini olib borgan Mahmud Koshgʻariyning «Devon»i muqaddima va lugʻat qismlaridan tashkil topadi. «Devon»ning kirish qismida asarning tuzilishi haqida, shuningdek, Shimoliy Xitoydan tortib, butun Movarounnahr, Xorazm, Fargʻona, Buxorogacha tarqalgan katta hududdagi urugʻlar, qabilalar va ularning tillari haqida, bu tillarning fonetik va grammatik xususiyatlari haqida ma’lumotlar beriladi. «Devon»ning asosiy lugʻat qismida esa 9 mingga yaqin turkiy soʻz arab tiliga tarjima qilinib, izohlanadi, ularning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari haqida muhim fikrlar bayon qilinadi. Mahmud Koshgʻariy turkiy tillar – soʻzlar fonetikasi – tovushlar haqida fikr yuritar ekan, tovushlarni harflardan qat’iy farqlaydi, tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari haqida fikr yuritadi. U arab yozuvi sistemasidagi harflarning turkiy tillardagi mavjud tovushlarni ifodalash uchun etarli emasligini aytib, arab yozuviga yangi belgilar kiritadi. Aniqrogʻi, arab yozuvidagi 18 harfni – shu harflardan yettitasi ustiga maxsus qoʻshimcha belgi qoʻyish orqali 25 taga yetkazadi. Natijada 25 ta tovush oʻzining yozma - harf shakliga, ifodasiga ega boʻladi. Alloma undosh tovushlar haqida gapirib, undoshlarning sodda va murakkab boʻlishi, jarangli va jarangsizligi, qattiq va yumshoqligi, undoshlarning ketma – ket kelishi: katta, oppoq (geminastiya) – kabi masalalarga toʻxtaladi. Shuningdek, u singarmonizm, tovush tushishi, almashinishi, assimilyastiya, metateza, redukstiya kabi bevosita tovushlar bilan bogʻliq fonetik jara yonlar haqida ham fikr yuritadi. Mahmud Koshgʻariy til va nutqning asosiy birligi boʻlgan soʻz masalasiga leksikolog, semisiolog, leksikograf sifatida toʻxtalar ekan, bunda u asosiy diqqat-e’tiborni tilshunoslikning eng muhim va eng murakkab masalalaridan biri boʻlgan soʻz ma’nosiga, soʻzning koʻp ma’noliligiga, soʻz ma’nosining koʻchishiga, soʻz ma’nosining izohi kabi oʻta jiddiy masalalarga qaratadi. Ya’ni olim «Devon»da soʻzning muayyan ma’no anglatishdek eng muhim xususiyatidan kelib chiqib, soʻz ma’nosi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan omonimiya, sinonimiya va antonimiya hodisalari haqida, soʻz ma’nosining koʻchishi bilan bogʻliq boʻlgan metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksiyadoshlik kabi ma’noning koʻchish usullari haqida, soʻz ma’nosining kengayishi va torayishi haqida fikr yuritadi, turkiy tillardan qator misollar keltiradi, fikrini isbotlaydi. Masalan, «Devon»da oʻt soʻzi omonim sifatida qayd etiladi va quyidagi omonimik ma’nolarda qoʻllanilishi aytiladi. Qiyoslang: oʻt-dori (u dori tomdirdi); oʻt-oʻsimlik (qoʻy oʻtni eb tugatdi) [Девону луg‘атит турк. 2-том. –Т., 1961, -Б.382]. Erik – eriydigan, eruvchan (masalan, yogʻ va boshqa eriydigan narsa); erik – chaqqon, yoʻrgʻa (masalan, chaqqon, gʻayratli odam, yoʻrgʻa ot) [ДЛТ. 1-том, -Б.100]. Mahmud Koshgʻariy antonim soʻzlarga ham toʻxtalib, chivgin (toʻq tutuvchi, semirtiruvchi, kuchli, masalan, ovqat) soʻzining ma’no zidi – antonimi sifatida kevgin (toʻq tutmaydigan, kuchsiz, masalan, ovqat, osh) soʻzini keltiradi [ДЛТ. 1-том, 415 – бет.]. Ya’ni soʻzlarning biri «kuchli» (koʻp quvvatli) ma’nosini bersa, ikkinchisi «kuchsiz» (kam quvvatli) ma’nosini anglatadi. Muallif «Devon»da sinonimik munosabatdagi soʻzlar sifatida quyidagilarni qayd etadi: ishlar, uragʻut, oʻxshagʻu (xotin kishi ma’nosida); oʻpdi, ichdi (ichmoq ma’nosida); ilishdi, asishdi (osmoq ma’nosida) [ДЛТ. 1-том, 140-157,-166,-176, -177, -198-бетлар.]. Mahmud Koshgʻariy metafora-oʻxshashlik asosida ma’no koʻchishiga tugʻmoq fe’lini keltiradi. Ya’ni ushbu soʻz faqat insonga nisbatan emas, balki qoʻllanish vaqti jihatdan ancha keyin, tashqi oʻxshashlik asosida, hayvonga nisbatan ham ishlatilishi haqida ma’lumot beradi. U ma’no koʻchishining metonimiya usuliga toʻxtalib, bulut, osmon va ogʻil soʻzlarini keltiradi. Ya’ni bulut, osmon soʻzlari yomgʻir ma’nosida qoʻllansa, ogʻil soʻzi goʻng, qiy ma’nosida ishlatilishini aytadi. Alloma ma’noning kengayishiga tugʻmoq soʻzini keltirib, bu soʻz faqat odamlarga nisbatan emas, balki keyinchalik hayvonga nisbatan ham qoʻllanganligini aytadi. Bundan soʻzning qoʻllanish qamrovi, muayyan predmet bilan bogʻlanishi, uni anglatish faolligi kengayganligi ma’lum boʻladi. Soʻz ma’nosining torayishi sifatida esa sobon soʻzini keltirib, ayni soʻzning qoʻshga nisbatan ham, omochga nisbatan ham – har ikkala boshqa-boshqa predmetlarga nisbatan ishlatilgani, soʻng esa faqat omochni anglatish uchun qoʻllanishini tushuntiradi. «Devon»dagi morfologiyaga oid tadqiqotlarga kelganda, asarda soʻzlar, oʻsha davr arab tilshunosligi an’analariga koʻra, uch turkumga ajratiladi. Ya’ni bular ot, fe’l va yordamchi soʻzlar. Soʻz turkumlaridan, ayniqsa, fe’l bilan bogʻliq qator masalalar atroflicha oʻrganiladi. Bunda u fe’l yasalishi, fe’l nisbatlari, fe’l mayllari, fe’l zamonlari masalasiga alohida e’tibor beradi, qimmatli ma’lumotlar keltiradi. Xullas, Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining ulkan tilshunosi sifatida jahon tilshunosligi tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk allomadir. Download 435.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling