O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija


Download 435.05 Kb.
bet31/64
Sana01.04.2023
Hajmi435.05 Kb.
#1315868
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Bog'liq
мажмуа Умумий тилшунослик

Glossematika. Struktur lingvistikaning muhim tarmogʻi glossematikadir. Bu yoʻnalish F.de Sossyur konsepsiyasi asosida, lekin uning qarashlariga bir tomonlama yondashgan holda maydonga keldi.
Glossematika yunoncha glossa “til” soʻzidan olingan boʻlib, bu yoʻnalish tarafdorlarining e’tirof etishiga koʻra, obyektni oʻrganishda oʻta subyektivizmga yoʻl qoʻygan va shuning uchun noilmiy boʻlgan an’anaviy tilshunoslikka qarama-qarshi ravishda paydo boʻldi.
Glossematikaning asosiy tamoyillari V.Brendalning “Struktural lingvistika”, L.Yelmslevning “Til nazariyasi tezislari”, “Boshqaruv tushunchasi”, “Lingvistikada struktur tahlil metodi”, “Til va nutq” singari bir qator asarlarida bayon qilingan.
V.Brendal yuqorida koʻrsatilgan asarida struktural lingvistikaning paydo boʻlish sabablari haqida yozar ekan, bu yoʻnalish maydonga kelgunga qadar boʻlgan qiyosiy – tarixiy tilshunoslik, yosh grammatikachilar qoʻllagan tekshirish metodlariga baho beradi. Adabiy oqimlarning naturalizm va realizm davriga xos eng kichik faktlarni aniq va sinchkovlik bilan tahlil etish tamoyilidan ilhomlangan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sof pozitivistik xususiyatga ega boʻlgani, u bevosita kuzatishga beriluvchi hodisalarni, ya’ni tovushli nutqni oʻrganish bilan cheklanganligiga tanqidiy baho beradi.
Pozitivizm yosh grammatikachilar davrida ham amal qilgani ta’kidlanadi.
XX asrda koʻzga koʻringan gneseologlar pozitivistik nuqtayi nazarning kuchsiz tomonlarini ochib tashladi. Bunday konsepsiya hozirgi fanning ravnaqi uchun endi xizmat qilolmasligi aniq boʻlib qoldi.
Natijada barcha fanlarda, shuningdek, lingvistikada ham antipozitivistik ruh kuchaydi [Брендал В. Структуралная лингвистика.-Звегинцев В.А.История языкознания...с.40-41].
Ana shunday sharoitda struktur tilshunoslik paydo boʻlganligini ta’kidlaydi.
Strukturalizm nomi bilan ma’lum boʻlgan yangi nuqtai nazarning xarakterli belgisi, uning fikricha, butunlik tushunchasiga ta’kid berishdir.
Glossematikaning asosiy tamoyillari uning yirik vakili boʻlgan L.Yelmslev asarlarida yorqin oʻz ifodasini topgan.
“Boshqaruv tushunchasi” asarida struktural lingvistika endigina shakllanayotgani, hozirgi kunda u amal qiladigan dastur haqida gapirish ham hali erta ekanligini ta’kidlagan holda, bu tilshunoslikning muhim jihati tilga struktura sifatida yondashuv ekanligini bayon qiladi” [Елмслев Л. Понятие управления.-В.А.Звегинцевнинг юqоридаги асари, с.47]
Uning fikricha, struktura oʻz ichki tartibiga asoslangan ierarxiya ekanligi va yagona tayanch nuqtaga egaligi bilan xarakterlanadi. Bu ierarxiyani faqat deduktiv yoʻl bilan yoritish mumkin.
Xuddi shunday ierarxiyani oʻrganishga moʻljallangan deduktiv metodni esa empirik yoki immanent-semiologik metod deb hisoblaydi.
Empirik yoki immanent - semiologik metod belgilar funksiyasini lingvistik tadqiqotlarning asosiy predmeti deb hisoblaydi. Bu metod, L.Yelmslev ta’biri bilan aytganda, semiologik hodisalar bilan semiologik boʻlmagan hodisalarni farqlamasdan, ularni aralashgan holda oʻrganuvchi har qanday metoddan afzallikka ega. Empirik metod bu soddalik tamoyiliga asoslangan metoddir.
K.Xansenning fikriga koʻra, matematikaga tilshunoslikni yaqinlashtirish, hamma joyda sistemani koʻrishga intilish, oʻsha davr fizikasi ta’sirida materiyaning mavjudligini rad etgan holda tilni aniq tadqiq etishda sof lingvistik predmet-immanent tushunchalarga tayanish L.Yelmslev qarashlarining negizidir [Хансен К. Пути и цели структурализма. –ВЯ. 1959, №4, с.94].
Uning ta’kidlashicha, semiologik funksiya yangi tushuncha emas. Yangilik semiologik funksiyani birinchi planga olib chiquvchi struktural yondashuvdir. Struktural metod tufayligina lingvistika subyektivlik va noaniqlikdan, intuitiv va sof shaxsiy xulosalardan xoli boʻlgan chinakam fanga aylandi.
Struktural lingvistika tilshunoslikda yangi yoʻnalish sanalib, uning metodi bir vaqtning oʻzida deduktivlik va empirik tamoyilga asoslanishini bayon qiladi.
“Tilshunoslik va struktur tahlil metodi” asarida hozirgi tilshunoslikning asoschisi koʻp jihatdan F.de Sossyur hisoblanishi, chunki u birinchilardan boʻlib, tilni struktur oʻrganishga, ya’ni til birliklarini bevosita nutq jarayonida qanday voqelanishidan qat’iy nazar, ular oʻrtasidagi munosabatni oʻrganishga da’vat etganini bayon qiladi.
Ana shundan kelib chiqqan holda, u real til birliklari tovush yoki harf va ma’nolar emas, balki tovush yoki harf va ma’nolar yordamida gavdalangan munosabat elementlaridir, degan xulosaga keladi. Muhim narsa tovush yoki harflardan emas, balki nutq zanjirida va grammatikadagi paradigmalarda mavjud boʻlgan munosabatlardir. Xuddi ana shu munosabat til sistemasini tashkil etadi. Xuddi ana shu ichki sistema ma’lum bir tilni boshqa bir tildan farqlab turuvchi xarakterli belgi sanaladi.
Shuning uchun munosabatlar tugunini oʻrganish lingvistikaning bosh maqsadi boʻlishi kerakligini, bu munosabatlar tugunining konkrent namoyon boʻlishi til uchun muhim emasligini bayon qiladi. Uning fikricha, ma’lum bir qiymat turli moneta, qogʻoz pul, cheklar orqali namoyon boʻlishi mumkin. Lekin ular qanday gavdalanishidan qat’iy nazar qiymat oʻzgarmaydi.
Shu sababli L.Yelmslev tilni immanent oʻrganishni talab qiladi va bunday oʻrganishni oʻzigacha boʻlgan oʻrganish usuli, narsalarning oʻzgaruvchan belgilarini farqlamasdan oʻrganuvchi transsendent bilishga qarama-qarshi quyadi. Uning fikricha, shu kungacha til transtendent bilish, ya’ni tilga yondosh hodisalarni bilish vositasi boʻlib keldi. Masalan, klassik filologiya, eng avvalo, tildan koʻra adabiyot va madaniyatni; qiyosiy tilshunoslik, eng avvalo, tarixni oʻrganish bilan shugʻullanib keldi. Aslida lingvistik nazariya tilni tildan tashqaridagi hodisalar (fizik, fiziologik, psixologik va boshq.) bilan aralashgan holda emas, balki oʻz ichidagi yaxlit strukturani oʻrganish lozimligini koʻrsatadi.
U oʻzi mansub boʻlgan struktur tilshunoslikka izoh berar ekan, tilga oʻzaro munosabatlar sxemasi sifatida yondashish mening bosh vazifam, deb bilaman, deydi [Елмслев Л. Метод структурного анализа в лингвистке.с.52].
U fikrini davom ettirar ekan, mening butun urinishlarim tilni (langua) amaliy qoʻllanishga bogʻliq boʻlmagan holda sof forma yoki sxema tarzida oʻrganishga qaratilgandir, deydi [[Елмслев Л. Метод структурного анализа в лингвистке.с.33].]. Bunday qarash F.de Sossyurning bosh gʻoyasi hisoblangan “lingvistikaning yagona va haqiqiy oʻrganish obyekti “oʻzi va oʻzi uchun” tarzida qaraluvchi til, ya’ni tilning ichki tuzilishi boʻlishi kerak, degan gʻoya ta’sirida maydonga kelganligini qayd etadi.

Download 435.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling