O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija
Download 435.05 Kb.
|
мажмуа Умумий тилшунослик
Empirik tamoyil. Yuqorida L.Yelmslevning tilni oʻrganish tamoyili empirik tamoyil ekanligini ta’kidlagan edik.
L.Yelmslev “Til nazariyasi tezislari (“Прологомены к теории языка”) nomli asarida oʻzining asosiy nazariy qarashlarini bayon qiladi. U oʻz qarashlarini an’anaviy tilshunoslikning kamchiliklarini fosh qilishdan boshlaydi. Uning fikricha, an’anaviy tilshunoslik til tabiatini bilishdan koʻra til egalarining tarixgacha va tarix davrida boʻlgan sostial sharoiti va xalqlar oʻrtasidagi aloqasini bilishga koʻproq e’tiborni qaratdi. Bu tilshunoslik tildan tashqaridagi hodisalarga koʻproq e’tiborni qaratganligi uchun transstendentlik xususiyatiga ega boʻldi. Transstendent atamasi oʻzgaruvchan, ikkinchi darajali, oʻtkinchi kabi ma’nolarni bildiradi. L.Yelmslevning ta’kidlashicha, haqiqiy ilmiy tilshunoslik immanentlik xususiyatiga ega boʻlishi kerak. Uning ma’nosi shuki, tilshunoslik tilning ichki xususiyatlarini oʻrganish bilan shugʻullanishi kerak. Shuning uchun lingvistik nazariya tildan tashqaridagi hodisalarga bogʻliq boʻlmagan, tilni til qilib turgan barqaror birliklarni qidirishdan iborat boʻlishi lozim. Ana shu barqaror birliklarni ajratish va tavsiflash tamoyilini L.Yelmslev empirik tamoyil deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu tamoyilda lingvistik birliklar tavsifi har qanday ziddiyatlardan holi, toʻliq va juda sodda boʻlmogʻi lozim. Chex tilshunosi V.Skalichka L.Yelmslevning matnni tahlil etishda tadqiqotchilar oldiga qoʻygan uch talabni quyidagicha ifodalaydi: 1) ziddiyatsizlik; 2) tavsifning toʻliqligi; 3) soddalik [Скаличка В. Копенгагенский структурализм и “Пражская школа”.- Звегинцев В.А.История языкознания. . . с.93]. L.Yelmslevning empirik tamoyilidagi bu uch talab izchillik, ketma-ketlik xususiyatiga ega. Ziddiyatsizlik toʻliqlikdan oldin, toʻliqlik soddalikdan oldin keladi. Yuqoridagi uch talab, chex tilshunosi B.Trnkaning ta’kidlashicha, matematik nazariyadan olingan. Bundan ziddiyatsizlik talabi nazariyaning oʻzida tekshiriladi. Chunki matematikada ziddiyatli teoremalarning boʻlishi mumkin emas. Toʻliqlik talabiga X.Uldall izoh berar ekan, agar oʻrganilgan narsalarning belgilari qoldiqsiz tavsiflangunga qadar, ya’ni narsa bir butun holda koʻrilayotgan tipga birlashtirilgunga qadar tavsiflansa, u toʻliqlik talabiga javob beradi. Bu oʻrinda tip tushunchasi ham muhim ahamiyatga ega. Glossematiklar tip atamasi ostida bevosita kuzatishda turlicha namoyon boʻluvchi hodisalarning barchasi uchun xos boʻlgan qandaydir umumiylikni tushunadilar. Soddalik talabi haqida fikr yuritganda, shuni ta’kidlash kerakki, bu atama glossematiklar tomonidan “oddiylik” ma’nosida emas, balki tushunish va bajarishning engilligi ma’nosida qoʻllanilgan. X.Uldallning izohiga koʻra, oʻrganilayotgan narsaning imkon qadar oz miqdordagi birliklardan tashkil topganligini toʻliq ochib bergan tavsif soddalik belgisiga ega boʻladi. Ana shu soddalikdan obyektivlik, izchillik, toʻliqlik kabi ilmiy ideallar kelib chiqadi [Березин Ф.М.История лингвистических учений, -М., 1975,. С.236]. L.Yelmslev pozistiyasining tavsifi uchun eng muhimi ikkinchi punkt, ya’ni tavsifning toʻliqligi hisoblanadi [Скаличка В. Копенгагенский структурализм. и “Пражская школа”-Звегинцев В.А.История...с.93.]. V.A.Skalichkaning ta’kidlashicha, agar tilga har qanday sostiallikdan uzilgan, boshqa struktur shakllanishlar bilan munosabatidan mahrum qilingan mustaqil struktura sifatida qaralganda, bu talab tabiiy hisoblanadi. L.Yelmslev uchun empirik tamoyil indukstiyani bildirmaydi. Aksincha, u indukstiyani keskin tanqid qilgan holda, dedukstiyani targʻib qiladi. Download 435.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling