O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija


XX asr jahon tilshunosligi. Etnolingvistika


Download 435.05 Kb.
bet35/64
Sana01.04.2023
Hajmi435.05 Kb.
#1315868
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Bog'liq
мажмуа Умумий тилшунослик

XX asr jahon tilshunosligi. Etnolingvistika (etno...va lingvistika) – tilshunoslikning til va til egasi boʻlgan xalq orasidagi bogʻliqlik hamda munosabatlarni, til rivoji, vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi ta’sirini oʻrganuvchi sohasi. Til bilan etnik xususiyatlarning oʻzaro munosabati, bir-biriga ta’siri ikki tomonlama boʻladi: etnik omillar (etnosning urf-odatlari, milliy an’analari, falsafiy, diniy qarashlari va boshqalar)ning til rivojiga ta’siri va, aksincha, til vazifaviy imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy ta’siri. Etnolingvistika til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning qanchalik hissa qoʻshganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, dialektologiya, til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari etnolingvistika erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika, ayniqsa, yozuvga ega boʻlmagan xalqlarning etnografiyasini oʻrganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyatlar bilan bogʻliq lisoniy materiallarni toʻplash va tadqiq qilishda qoʻl keladi.
Psixolingvistika - nutqning hosil boʻlishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan oʻzaro bogʻlanishi holatida oʻrganuvchi fan; psixologiya va lingvistikannng sintezidan paydo boʻlgan. Psixolingvistika inson nutqiy faoliyati modelini va psixofiziologik nutqiy shakllanishini ishlab chiqib, ularni psixologik eksperimentlar yoʻli bilan tekshiradi. Tadqiqot manbayi boʻyicha tilshunoslikka yaqin boʻlgan psixolingvistika oʻz tekshirish usullari boʻyicha psixologiyaga yaqin turadi. Unda oʻzaro bogʻlanishli eksperiment, «semantik differensial» kabi va boshqa eksperimental usullar qoʻllanadi. Psixolingvistika bir qator amaliy masalalar [ona tili, ayniqsa, xorijiy tilni oʻrgatish; maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy tarbiyasi va logopediya masalalari; miyadagi nutqiy markazlar kasalliklari klinikasi; nutqiy ta’sir koʻrsatish muammolari (xususan ommaviy axborot vositalari faoliyatida va targʻibot ishlarida); sud psixologiyasi va kriminalistika (mas, kishilarni ularning nutq xususiyatiga qarab tanib olish, aniqlash); mashina tarjimasi hamda nutqiy axborotni elektron hisoblash mashinasiga kiritish muammolari va boshqalar)ni nazariy jihatdan tushuntirish zarurati tufayli oʻtgan asrning 60-yillarida paydo boʻlgan. «Psixolingvistika» termini oʻtgan asrning 60-yillari oʻrtalarida amerikalik olimlar tomonidan amaliyotga kiritilgan. Oʻzbekistonda ushbu sohada bir qancha ishlar bajarilgan boʻlsa-da, haqiqiy ma’nodagi psixolingvistik tadqiqotlar endigina boshlanmoqda.

Download 435.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling