O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija


Download 435.05 Kb.
bet36/64
Sana01.04.2023
Hajmi435.05 Kb.
#1315868
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Bog'liq
мажмуа Умумий тилшунослик

Sotsiolingvistika (lot societas – jamiyat va lingvistika) – tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga ta’sir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuyini oʻrganuvchi ilmiy-nazariy soha. Ushbu muammolarning ayrimlari (mas, «til va jamiyat») umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon boʻladi. Chunonchi, sotsiolingvistik tahlilning asosiy tushunchasi deb qaraladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniklanadi. Sotsiolingvistikaning eng muhim tushunchalaridan biri lisoniy vaziyat tushunchasi boʻlib, u muayyan etnik birliklar yoki ma’muriy-hududiy birlashmalarda muomala-aloqa izchilligini ta’minlaydigan tilning (tillar, mintaqaviy umumiy tillar, hududiy va ijtimoiy lahjalarning) yashash shakllari majmui sifatida ta’riflanadi. Lisoniy vaziyatning ekzogloss (turli tillar majmulari) va endogloss (muayyan bir tildagi kichik tizimlar majmulari) guruhlari farqlanadi. Hozirgi sotsiolingvistika e’tibor qaratishi zarur boʻlgan eng muhim muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) til va millatning oʻzaro ta’sirlashuvi;
b) til va madaniyatning aloqasi va oʻzaro ta’sirlashuvi;
d) bilingvizm (ikki tillilik);
e) diglossiya (bir tilning bir-biriga ijtimoiy qarshi qoʻyilgan turli xil kichik tizimlarining oʻzaro ta’siri)ning ijtimoiy jihatlari muammosi;
f) til siyosati muammosi (davlat, ijtimoiy guruhlar tomonidan tillarning yoki til tizimchalarining funksional taqsimlanishini oʻzgartirish yoki saklab qolish maqsadida, yangi lisoniy me’yorlarni joriy qilish yoki eskilarini saqlab qolish maqsadida amalga oshiradigan chora-tadbirlar majmuyi) va b.
Oʻzbekistonda fan sifatida sotsiolingvistika va sotsiolingvistik tadqiqotlar endigina rivojlanib kelmoqda. Oʻtgan asrning 70-80-yillaridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir tomonlama – oʻsha vaqtdagi til siyosati nuqtayi nazari va talablari asosida olib borilgan.

Download 435.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling