Adabiy tilning muhim belgilari: - Me’yoriylik- til vositalarini qo’llash tizimidir. Til me’yori til tizimining barcha sathini qamrab oladi. Shunga ko’ra, leksik me’yor, to’g’ri talaffuz me’yori, to’g’ri yozish me’yori, grammatik me’yor kabilar farqlanadi.
- Umummajburiylik- jamiyatning barcha a’zosi tomonidan adabiy til qo’llanishining majburiyligi. Adabiy til me’yorlariga hammaning barobar rioya qilinishi umummajburiylikdir.
- Kodifikatsiya- til me’yorlarining ilmiy tasnifi bo’lib, amalga oshirilgan ish, lug’at, qo’llanma va darsliklarda qayd qilinadi.
- Og’zaki va yozma shaklning mavjudligi- sheva va lahjadan farqli ravishda adabiy til og’zaki shakldan tashqari yozma shaklga ham egadir.
- Ko’p vazifalilik- adabiy til istalgan faoliyat sohasining kommunikativ ehtiyojlarini qondirishga qodir.
- Uslubiylik- adabiy til tarmoqlangan vazifaviy uslublarga ega bo’ladi.
O’zbek tili- davlat tili - Sobiq ittifoq parchalanmay turib O’zbekistonda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi.
- O’zbek tiliniing hayotimizdagi o’rni ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo’lida ulkan ishlar amalga oshiridli.
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.
- “Davlat tili haqida” gi qonun o’zbek tili taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. O’zbekiston Fanlar akadimiyasinng Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlangan “O’zbek tilining izohli lug’ati” tilimizning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
- Mustaqilligimizning 17 yilligi bayrami arafasida nashr etish ishlari yakunlangan 5 jildli mazkur izohli lug’at o’zbek adabiy tilida iste’molda bo’lgan 80 mingdan ortiq so’z, so’z birikmasi, fan va texnika,, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, tarixiy va eskirgan atamalarni o’z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |