Reja: - Milliy til va adabiy til.
- Adabiy tilning belgilari.
- O’zbek tili – davlat tili.
- O’zbek tili va shevalari.
Ona tili bu- millatning ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar I.A.Karimov Milliy til - Umumiy hudud, iqtisod va ma’naviy boylik bilan birga millatni tashkil etuchi ijtimoiy-tarixiy kategoriya.
- Milliy til tushunchasi tilning yashash shakliga aloqadordir.
- Har bir millat o’z tiliga ega. Ba’zi bir millatlar esa bir necha bir necha tilga ega bo’lishi mumkin:
Belgiyaliklar- fransuz va vallon tillarida; Shveysariyaliklar- nemis, fransuz, retoroman va italyan tillarida so’zlashadi. Aksincha, bir necha millatlar yagona milliy tilda so’zlashadi. Ular : AQSh, Angliya, Avsraliya va boshqa ingliz tilda so’zlahuvchi milllatlar. Milliy til o’z tarkibiga sheva, so’zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm, varvarizm kabi guruh so’zlarni qamrab oladi Adabiy til - Milliy tilning ma’lum qoidalarga bo’ysundirilgan, muayyan qolipga solingn, olimlar, san’atkorlar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shaklidir.
- Adabiy til shu tilda gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo’lish zararurati sababli yaratilgan.
- Milliy o’zbek tilida shevalarning ko’pligi adabiy tilga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan.
- Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko’radi.
- Adabiy til va milliy til o’rtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi bo’lgan xalq millat bo’lib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til adabiy til vazifasini o’taydi, lekin har qanday adabiy til milliy til bo’la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |