O'zbek tilshunosligi taraqqiyoti va unda yangi lingvistik paradigmalar Reja


Download 198.44 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi198.44 Kb.
#1021911
1   2   3
Bog'liq
O\'zbek tilshunosligi taraqqiyoti va unda yangi lingvistik paradigmalar

“Davlat tili haqida”gi qonun

1-modda:

O’zbekiston Respulikasining davlat tili o’zbek tilidir.

2-modda:

O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilini qo’llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.

Qarluq lahjasi

  • Asosan markaziy shahar shevalari birligidan tashkil topgan bo’lib, adabiy tildan quyidagicha farqlanuvchi belgilarga ega:
  • Fonetik jihatdan:
  • so’z oxiridagi k undoshi y tarzida talaffuz qilinadi: terak-teray, bilak-bilay
  • adabiy tildagi a unlisi o tarzida talaffuz qilinadi: aka-oka
  • Leksik jihatdan: qalampir-garmdori, narvon-shoti, hovli-eshik
  • Morfologik jihtdan:
  • hozirgi zamon davom fe’li –yap o’rnida –vot,-ut qo’shimchalari qo’llaniladi
  • qaratqich kelishigi –ning o’rnida tushum kelishigi –ni ishlatiladi.

Lahjalar:

  • O’zbek tili ko’p lahjali til hisoblanadi. Uning dialektal asosini qarluq, qipchoq, o’g’uz lahjalari tashkil etadi.
  • Lahja- bir-biriga yaqin bo’lgan shevalar yig’indisi.
  • Lahja so’zi o’rnida dialekt atamasi ham ishlatiladi

Qipchoq lahjasi

  • O’zbekistonning Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarining qishloqlari shevalari birligidan iborat bo’lib, adabiy tildan quyidagicha farqlanadi:
  • Fonetik jihatdan:
  • ba’zi shevalarda y o’rnida j ishlatiladi: yo’l-jo’l
  • so’z oxiridagi g’ undoshi v bilan almashtiriladi: tog’-tov
  • so’z oxirida q, k undoshlari tushib qoladi: kichik- kichi
  • Leksik jihatdan: mushuk- pishak, do’ppi-qalpoq
  • Morfologik jihatdan:
  • hozirgi zamon davom fe’li –yap o’rnida –jatir/-votir qo’shimchalari ishlatiladi.
  • tushhum kelishigi –ni o’rnida –di/-ti ishlatiladi.

O’g’uz lahjasi

  • Janubiy xorazm shevalari birligidan tashkil topgan bo’lib, adabiy tildan quyidagicha farqlanadi:
  • Fonetik jihatdan:
  • so’z boshidagi t tovushi d, k tovushi g shaklida talaffuz qilinadi: til-dil
  • unlilar qisqa va choziq talaffuz etilganda: at- hayvon, a:d- nom
  • Leksik jihatdan: norvon- zangi, do’ppi-tahiya, ustara-pakki
  • Morfologik jihatdan:
  • Qaratqich kelishigi –ning –ing, jjo’nalish kelishigi –ga –a shaklida


Download 198.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling