O‘zbek tilshunosligi tarixi


Download 16.75 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi16.75 Kb.
#111190
Bog'liq
3-amaliy mashgulot topshirig`iga javoblar.


O‘zbek tilshunosligi tarixi” fanidan 3-amaliy mashg`ulot topshiriqlariga javoblar

1-topshiriq. Quyida keltirilgan asarlar va ularning muallifini juftlang.

1.

“O‘zbek tilida polisemiya”

F.Kamol

A

2.

“Hozirgi o‘zbek tili leksikasi”

I.Qo‘chqortoyev

B

3.

“O‘zbek tilida holat fe’llari va ularning obligator valentliklari”

M.Mirtojiyev

D

4.

“Hozirgi zamon o‘zbek tili kursidan materiallar”

I.Shukurov

E

5.

“O‘zbek tilida troplar”

R.Rasulov

F

6.

“So‘z ma’nosi va uning valentligi”

Y.Pinxasov

G

JAVOB:

1.

2.

3.

4.

5.

6.

D

G

F

A

E

B

2-topshiriq. Quyidagi berilgan test topshirig‘ini bajaring.

1. So‘zlarning leksik-semantik guruhlari haqidagi ilk ma’lumot qaysi asarda berilgan?

a) “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” F.Kamol

b) “O‘zbek tilida polisemiya” M.Mirtojiyev

c) “O‘zbek tilida troplar” I.Shukurov

d) “O‘zbek tili leksikologiyasi” (mualliflar jamoasi)

2. Leksikologiyaning tavsifiy bosqichdan nazariy bosqichga ko‘tarilishida qaysi tilshunos olimning tadqiqotlari kata rol o‘ynadi?

a) Faxri Kamol

b) A.Hojiyev

c) Iristoy Qo‘chqortoyev

d) Ravshanxo‘ja Rasulov

3. Qachondan boshlab o‘zbek onomastikasi alohida yo‘nalish sifatida shakllana boshladi?

a) XX asrning 50-yillaridan

b) XX asrning 60-yillaridan

c) XX asrning 40-yillaridan

d) XX asrning 30-yillaridan

4. Tilshunoslikda leksemaning shakl tomonini ifodalash uchun tilshunos olim A.Martine qaysi atamadan foydalangan?

a) nomema

b) semema

c) noema


d) monema

5. O‘zbek tili leksikasini mazmuniy maydon tamoyillari asosida o‘rganish qaysi tilshunos olim tomonidan amalga oshirilgan?

a) Sh.Iskandarova

b) H.Shamsutdinov

c) R.Safarova

d) H.Hojiyeva

JAVOB: 1-A 2-C 3-B 4-D 5-A

3-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib jumlalarni to‘ldiring.

1. Leksikologiya o‘zbek tilshunosligining tarkibiy qismi va bir yo‘nalishi sifatida XX asrning o`rtalari dan boshlab shakllandi.

2. Faxri Kamol so‘zlarning ko‘chma ma’nolari haqida dastlabki ma’lumotlarni bergan bo‘lsa ham, lekin ko‘chma ma’no turlari, ularning hosil bo‘lish yo‘llari yoritilmagan edi. Ana shu muammono yorirshga M.Mirtojiyev va T.Aliqulovlar bel bog‘ladilar.

3. Semik tahlil usuli bilan aka leksemasining leksik ma’no tarkibida quyidagi semalar ajratiladi: 1)”kishi”; 2)”erkak”; 3)”tug`ishgan”; 4)”yoshi katta”.

4. Leksema semasining tarkibi 3xil sema: 1)atama semasi; 2)ifoda semasi(konnotativ semalar); 3) vazifa semasi(funksional sema)dan iborat.

5. O`.Sharipovaning yumush fe’llarining, S.Muhammedovaning yo‘nalma harakat fe’llarining sistemaviy tahliliga bag‘ishlangan monografik asarlarning paydo bo‘lishi o‘zbek system leksikologiyasini yangi tadqiqotlar bilan boyitdi.



4-topshiriq. Berilgan savollarga batafsil javob bering.

1. O‘zbek tilshunosligida ilk bor “ma’no kategoriyasi” atamasi qaysi olim tomonidan qo‘llangan? Ma’no kategoriyasi deganda nima(lar) nazarda tutilgan?



Javob: Ilk bor ma`no kategoriyasi atamasi Faxri Kamol tomonidan qo`llagan va bu atama ostida polisemiya, omonimiya, sinonimiya, antonimiya hodisalarini o`rgangan.

2. “O‘zbek tili sistemaviy leksikologiyasi asoslari” asariga tavsif bering. Uning o‘zbek tilshunosligi uchun nechog‘li ahamiyatli ekanligini izohlang.



Javob:_Faxri_Kamol_bu_hodisani_“Paxta_gulladi.”_gapi_orqali_izohlaydi._Men_bu_hodisani_“Gul_ochildi.”gapi_bilan_izohlashga_harakat_qilaman'>Javob:_R.Rasulovning_holat_fe`llarining_uzviy_(komponent)_tahliliga_bag`ishlangan_tadqiqoti_o`zbek_sistemaviy_leksikalogiyasining_shakllanishida_mustahkam_poydevor_yaratdi.'>Javob: Ushbu asar jahon sistemaviy-struktur tilshunosligining eng yaxshi jihatlarini o`zida mujassamlashtirgan va o`zbek tilshunoslari erishgan yutuqlarni sintezlashtirgan asar hisoblanadi. Aynan shu jihati bilan bu asar o`zbek leksikalogiyasini yuqori bosqichga ko`tardi.

3. Holat fe’llarining komponent tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlar haqida nimalarni bilasiz?



Javob: R.Rasulovning holat fe`llarining uzviy (komponent) tahliliga bag`ishlangan tadqiqoti o`zbek sistemaviy leksikalogiyasining shakllanishida mustahkam poydevor yaratdi.

4. Faxri Kamol leksik va grammatik ma’nolarning mavjud ekanligi va farqlanishini qaysi misol asosida izohlaydi? Siz ham shunday misollar keltira olsizmi?



Javob: Faxri Kamol bu hodisani “Paxta gulladi.” gapi orqali izohlaydi. Men bu hodisani “Gul ochildi.”gapi bilan izohlashga harakat qilaman:

Gul-o`simlik turi. Ochildi – gulning ma`lum bir harakatini ifodalaydi. Bu uning leksik ma`nosi hisoblanadi. Gul- narsa oti, bosh kelishikda, son jihatdan birlikda kelgan. Ochildi – fe`l, o`tgan zamon, o`zlik nisbat, III shaxs, o`timsiz, xabar mayli. Bular gapning grammatik xususiyatlaridir.

5. O‘zbek tili leksikasini tizim sifatida o‘rganishga qaratilgan asarlar haqida ma’lumot bering.



Javob: R.Yunusov, S,G`iyosov, A.Salkalamanidze, B.Jo`rayev, R.Safarova, M.Narziyeva, O`.Sharipova, S.Muhammedova singari tadqiqotchilar bu ishga katta hissa qo`shdilar.
Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling