O‘zbek tilshunosligida graduonomiya hodisasining ilmiy tadqiqi


Download 64.95 Kb.
bet2/23
Sana03.11.2023
Hajmi64.95 Kb.
#1744131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Xolnazarov Abdulla

Kurs ishining maqsadi: Ilmiy ishning asosiy maqsadi o‘zbek tilidagi fe’llarning darajalanish hodisasini ko‘rsatish va hali o‘rganilmagan yechimini kutayotgan muammolarga bir qadar oydinlik kiritish. Shuningdek, fe’l leksemalarining darajalanib borishidagi qo‘llanish doirasini o‘rganish va aniqlik kiritish. So‘zlar orasidagi ma’noviy munosabatni, ular orasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni ko‘rsatib berishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Tadqiqot oldiga qo‘yiladigan vazifalar quyidagilardan iborat: O‘zbek tili lug‘aviy tizimida shu vaqtgacha maxsus o‘rganilmagan so‘z ma’noviy munosabatlari orasida graduonimik lug‘aviy qatorlarni ajratish. Fe’l so‘z turkumining ham o‘zaro ichida graduonimik munosabati mavjudligini ko‘rsatish Graduonimik munosabatlarda turgan fe’llar qatorlarining sinonomik, antonomik munosabatlarda turgan so‘zlarninig aloqasi va farqini ko‘rsatish Uslubiy bo‘yoq ma’nolarida darajalanish hodisalarini o‘rganish.
Ishning ilmiy yangiligi. Graduonimik qatorlarning bir lug‘aviy ma’no guruhi ichida so‘zlarning bitta yetakchi so‘z atrofida birlashishini belgilash; ma’lum bir belgining turli darajalanishi asosida zidlanuvchi so‘zlar
sirasida ularning mavjudligini ko‘rsatish; graduonimik qatorlarning sinonimiya, antonomiya masalasini qo‘yish.
Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur ish o‘zbek tili leksikografiyasi va semasiologiyasi bo‘yicha yoziladigan zamonaviy qo‘llanmalar tuzishda material bo‘lib xizmat qiladi. Lug‘aviy darajalanishning ilk bosqichidagi tadqiqi graduonimik munosabatlarning so‘zlar doirasi bilan cheklanmasligi, balki ular butun lisoniy tizimni qamrab olishi haqida aytishimiz mumkin.
Ishning tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimiz kirish, to‘rtta faslni o‘z ichiga olgan ikki bob, umumiy xulosalar, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.Barchamizga ma’lumki, o‘zbek tili juda boy imkoniyatlarga ega bo‘lib, shu bilan bir qatorda, qadim tarixga ham ega sanalishiga haqli. Shu bois ham tilimizning ildizlarini juda qadim zamonlardan izlamoq darkor. Darajalanish muammosini biz juda qadimdan o‘rganilib kelingan deyolmasakda, lekin bu masalaga qisman Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul- lug‘atayn” asarida ham uchratamiz. Ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy o‘zbek tilining ifoda imkoniyatlari kengligini dalillash uchun “yig‘lamoq” fe’lining va boshqa so‘zlarning sinonimlarini tahlil qilish, fors-tojik tili so‘zlari bilan qiyoslashning o‘zi darajalanish hodisasi bilan ijod ahllari hamisha qiziqqanlarini tasdiqlaydilar.
Tabiat va jamiyatda barcha hodisa-yu hosilalar bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi hammaga ayon. Xususan, til fani birliklari ham o‘zaro chambarchas bog‘liq, ularning o‘xshash va farqli tomonlari mavjud. Ularning ayrim xususiyatlari o‘rganilgan bo‘lsa, ba’zilari hamon o‘z tadqiqini kutmoqda. Bu fikrni graduonimiya va sinonomiya hodisalari haqida ham qo‘rqmasdan aytishimiz mumkin. Agar sinonim va uning xususiy tomonlari anchagina tadqiq etilgan bo‘lsa, graduonimiya hodisasi talab darajasida tadqiq etilmagan.
Sinonomik munosabatlar tilshunoslik tarixida fanimiz kabi uzoq tarixga ega bo‘lsa ham, lug‘aviy ma’nodoshlik muammolariga ming minglab sahifalar, asarlar bag‘ishlangan bo‘lsa ham hatto, bir emas bir nechta sinonimlar lug‘ati tuzilgan bo‘lishiga qaramay, sinonimlar muammosi hali qilinishi zarur bo‘lgan, yechimini kutayotgan jumboqlar talayginadir. Shunday masalalar qatorida, jumladan, quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

  1. Sinonimlar va dublet so‘zlar muammosi (arava/ aroba)

  2. Sinonimlar, mo‘tadil uslubiy bo‘yoqli va yorqin uslubiy bo‘yoqli so‘zlar (yuz/turq, yuz/aft)

  3. To‘liq va qisman sinonimlar (uy/bino; hovli/uy)

  4. Sinonimlar va lug‘aviy ma’noda darajalanish (masalan : yaxshi~tuzuk~binoyi~joyida~soz)

  5. Lisoniy va nutqiy sinonimlar masalasi (yor-do‘st; yor~sevgili~jonona~dilbar,mahbuba). Bu ro‘yxatni yana ancha davom ettirish mumkin edi. Lekin shuning o‘zi ham biz uchun yetarli, biz esa lug‘aviy sinonomiya va lug‘aviy graduonimiya masalalari ustida to‘xtalib, bu ikki lisoniy hodisa orasidagi o‘xshashlik va farqlarni tasvirlash bilan cheklanamiz.


  6. Download 64.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling