O'zbek tilshunosligida presuppozitsiyaning ifodalanishi Norqobilova Lobar Sattor qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi telefon raqam
Download 12.51 Kb.
|
Lobar Norqobilova
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbek tilshunosligida presuppozitsiyaning ifodalanishi Norqobilova Lobar Sattor qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi telefon raqam (+99891 473-10-44) Annotatsiya: Tilshunoslikda presuppozitsiya masalasi.Presuppozitsiya haqida xorij va o'zbek tilshunoslarining qarashlari. Presuppozitsiya haqida hozirgi kungacha bir to'xtamga kelinmaganligi . Kalit so’zlar: prezumpsiya,presuppozitsiya, pragmatika, sintaktik aloqa , morfolik, leksik, sintaktik aloqalar. KIRISH Tilshunoslik sohasining ichiga kirayotgan tadqiqotchi bu sohada hali yakuniy xulosaga kelinmagan mavzular anchagina ekanligini anglay boshlaydi. Bu gapimizning isboti sifatida presuppozitsiya masalasini keltirishimiz mumkin. Ushbu masala yuzasidan xorij va o'zbek tilshunoslari o'z qaralarini bildirishgan. Masalaga turli tomondan yondashishgan. Ba'zi olimlarning fikrlari bir-biriga o'xshash bo'lsa, ba'zi olimlarning fikrlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Tilshunoslikda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida bu munozaraga sabab bo'luvchi vaziyatlar o'z yechimini topmoqda . Presuppozitsiya hodisasi tilshunoslikning barcha bo‘limlarda ham o‘rganilgan emas, albatta. Biz o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘zbek tilida presuppozitsiya hodisasi ham hali o‘rganilmagan masalalardan biridir. O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab til birliklarini pragmatik xususiyatlarini o‘rganishga qiziqishkuchaydi. Ayniqsa, gap tadqiqi yuzasidan olib borilgan ishlarda presuppozitsiya hodisasiga e’tibor qaratildi.1 MUHOKAMA VA NATIJALAR Ma’lum propozitsiya turli darajadagi sintaktik struktura orqali ifodalanadi: gap orqali , axborotlar orqali , hatto sodda gap tarkibidagi ayrim so’zlar va grammatik shakllar ham alohida presuppozitsiya ifodalab , shu sodda gapni semantik murakkablashtirishi mumkin. Bunday paytda ayrim so’z yoki grammatik shakl orqali ifodalangan propozitsiya o’zining eng ixcham shakliga ega bo’ladi. So’zlovchi va tinglovchi uchun uning tushunarli bo’lishida presuppozitsiya yordamga keladi. Shuning uchun ham keyingi davrlarda gapning presuppozitsiya tomoni lingvistlar diqqatini ko’proq jalb etmoqda. Shunday bo’lishiga qaramasdan presuppozitsiya turlicha talqin qilinadi Pragmatikaning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “presuppozitsiya haqidagi qarashlar nemis mantiqshunosi G.Frege tomononidan ilgari surilgan. Uning takidlashcha presuppozitsiya hukmning mantiqiy asosi hisoblanadi. U fikrini isbotlash uchun “Kepler bechoralikdan olamdan o‘tdi” gapini misol ketiradi. Va bu yerda presuppozitsiya sifatida Kepler degan odamning yashganligini nazarda tutadi. G.Frege mavjudlik bildiruvchi ikkinchi hukmni presuppozitsiya deb ataydi. Presuppozitsiya termini tilshunoslikka P. Stroson nomi bilan bog’liq bo‘lib uning qarashlari ham Fregening qarashlariga juda yaqin turadi. Nurmonovning fikricha bugungi kunda presuppozitsiya termini ostida – muayyan jumla takibida bevosita ifodalanmagan, yashirin holda aks etgan ma’no tushuniladi2 Tilshunoslikda pragmatik presuppozitsiya va lingvistik presuppozitsiya kabi atamalar ham mavjud. Pragmatik presuppozitsiya hodisasi talqinida ikki yoʼnalish mavjud: ulardan birinchisida nutqiy harakatning joʼyaliligi va samaradorligi asosiy mezon sifatida qabul qilingan. Ijro etilayotgan nutqiy faoliyat va qoʼllanilayotgan lisoniy tizilmalar joʼyali, oʼrinli boʼlgan taqdirdagina muloqot natijali koʼchishini bilamiz. Shuning uchun ham nutqiy joʼyalilik va samaradorlik shartlari pragmatik presuppozitsiyaning asosiy tamoyili hisoblanadi. Ikkinchi yoʼnalishdagi talqinda pragmatik presuppozitsiya muloqot ishtirokchilarining axborot mavzusi, predmeti haqidagi umumiy bilimi, sifatida talqin qilinadi. Bunda komunikativ faoliyatning ichki va tashqi shart-sharoitlarining kognitiv idroki asosiy oʼrinni egallaydi. Bu koʼrinishdagi talqinda pragmatik presuppozitsiya bevosita matn tarkibi, uning qismlarining oʼzaro munosabati bilan bogʼliqligi ayon boʼladi3 Tilshunoslikda lingvistik presuppozitsiyaning hamma tomonidan eʼtirof etilgan yakuniy tavsifi mavjud emas. Presuppozitsiyaga «soʼzlovchilarning umumiy bilish fondi, ularning oldindan kelishuvi», «u yoki bu darajada eksplitsit boʼlmagan holatda qatnashuvchi gapning oddiy maʼno komponenti», «oldindan maʼlum bilimlar jami», «soʼz bilan ifodalanmagan mazmun komponenti, matnni bir xil idrok etishga imkon beruvchi dastlabki bilim» kabi tavsiflar berilgan. Presuppozitsiya til birligining kontekst, nutq vaziyati, til egalarining nutq obʼekti haqidagi umumiy bilimlari, til koʼnikmasi kabi tashqi omillarni qamrab oladi. Presuppozitsiya qayd etilgan omillar bilan bogʼliq holda yuzaga chiqsa-da, mohiyatan moddiy qobigʼiga ega boʼlmagan, kontekst orqali reallashuvchi axborot hisoblanadi. Presuppozitsiya kontekst orqali anglashilsa-da, ammo u ifoda etgan axborot kontekstdan tashqarida boʼladi.4 M.Hakimovning fikricha, presuppozitsiyaning asosiy belgisi matn orqali bayon qilingan propozitsiyaga – hukmga zid tarzda mazmuniy munosabatning anglanishidir. Biroq gapda voqelangan presuppozitsiya har doim ham ochiq ifodalangan propozitsiyaga semantik jihatdan zid boʼlavermaydi. Masalan, «Yana bordim» gapida ifodalangan «Oldin ham borgan edim» presuppozitsiyasi gapning propozitiv strukturasini semantik jihatdan toʼldiradi xolos. Bunday vaziyatda presuppozitsiya gapda aks etgan propozitsiyaga toʼgʼri proportsional boʼladi. Shuningdek, presuppozitsiya morfologik, leksik, sintaktik birliklar orqali ham ifodalanishi mumkin. -Oyi to'yga oq ko'ylagimni kiysam maylimi? Qarang, yuvilgan, dazmollangan . Ushbu gapda yuvilgan so'zi orqali ko'ylakni kir emasligi presuppozitsiyasi anglashilyapti - leksik birlikka misol. " Kichkina ukam 9 yoshda " gapida qo'llangan kichkina sifatining ukam oti bilan qo'llanishi uning katta ukasi borligi haqidagi presuppozitsiyani anglatyapti- morfologik birlikkka misol. "Birinchi soatga sal kechikib kirdim" gapida birinchi soat so'z birikmasi mashg'ulotning miqdor jihatdan bir nechta ekanligini anglatuvchi presuppozitsiyani hosil qilgan - sintaktik birlikka misol. Xulosa qilib aytganda presuppozitsiya gapda nutqiy vaziyat bilan bog’liq holda yashirin tarzda reallashuvchi hodisa, uning to‘g’ri tushunilishida nolisoniy omillar nutqiy vaziyat, kontekst, so‘zlovchi va tinglovchiga oldindan ma’lum bo‘lgan umumiy bilimlar hamda nutq egalarining til ko‘nikmalari yordamga keladi. Bu nolisoniy omillar gap sintaktik strukturasida aks etmagan, yashirin ifodalanuvchi presuppozitsiyaning oson tushunilishiga yordam beradi. 1YusufjonovElyorbek .Lingvistikpresuppozitsiyapragmatikmuammosifatidayuzagakelishivao'rganilishi. Maqola 2Nurmonov A. O’zbektiliningmazmuniysintaksisi. Toshkent. 1992-yil. 113-bet 3 Ko’chiboyev A. Matn pagmatikasi. Samarqand. 2015. 85-bet 4 Qurbonova Munavvara.O’zbek bolalar nutqining pragmatik xususiyatlari. Toshkent. 2018. 21-bet Download 12.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling