O‘zbek tilshunosligida til, lison, nutq tushunchalari talqini
Download 74.68 Kb.
|
O‘zbek tilshunosligida til, lison, nutq tushunchalari talqini-fayllar.org
II bob. Til va nutq
Til belgilar sistemasi bo‘ lishi bilan birgalikda, ayni paytda unda belgilar sistemasiga xos bo‘lmagan xususiyatlar ham bor1. Demak, til belgisi yuzasidan gapirilganda, eng avvalo, tilning qaysi birliklari nazarda tutilayotganligi haqida to‘xtalishga to‘ g’ri keladi . Qaysi til birliklarini belgi deb hisoblash mumkin? Til birligi termini qaysi lingvistik tushunchalarni o‘z ichiga oladi? Bu savollarga ham tilshunoslar turlicha javob beradilar. Shuning uchun ham, avvalo, til birliklari masalasiga to‘xtalaylik . Tilshunoslikda til va nutq o‘zaro farqlangandan biyon ularning birliklari ham bir-biri bilan o‘zaro doimo aloqada bo‘ lgan alohida-alohida birliklar sifatida ajratiladigan bo‘ldi. N.A.Slusareva ta‘kidlaganidek, F.de Sossyur ta‘limotining mohiyati, eng qisqa shaklda ifodalaganda, bu til (langue) va nutq (porole) farqlanishidir. Uning boshqa barcha nazariyalari mantiqan shu tezisdan kelib chiqadi 2 . V.YA.Zveginsev F.de Sossyurning til-nutq 19 qarama-qarshiligi asosida bu hodisalarning quyidagi farqli belgilarini ko‘rsatadi 3 . 19 Ne'matov H., Bozorov O. Til va nutq. "O‘qituvchi", T.: 1993. Ne'matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. "O‘qituvchi", T.: 1995. 5-bet Ne'matov H., Sayfullayeva R., Qurbonova M. O‘zbek tili struktural sintaksisi asoslari. "O‘qituvchi", T.: 1999. 6-bet 22
20 umumiy hodisadir. Umumxalq tili doimo va alabatta alohida nutqiy ko‘ nikmalarida til sistemasi chegarasida ma‘lum o‘zgarishlarga uchraydi. 2. Nutq psixik hodisa, til sotsialdir. 3. Nutq harakatchan dinamik, til esa stabillikka, statitlikka intiladi. 4. Nutq tarixiy, til axronik xususiyatga ega. 5. Nutqiy elementlar o‘rtasida sababiy tobelilik, til elementlari o‘rtasida funksional tobelilik mavjud. 6. Til lingvistik qonuniyatlarga bo‘ysunadi. U lingvistik “regulyar”, nutq esa lingvistik nolegulyar, sporodik xarakterga ega. 7. Nutq doimo moddiylikka xos. U o‘ zining funksiyasini real moddiy sifatga ega bo‘lgan birliklar sifatida bajara oladi. Til abstract sistema sifatida mavjud. Bunday farqlanish subctansiya va forma o‘rtasidagi farqlanish kabidir. N.A.Slusareva shu kunga qadar til va nutq qarama-qarshiligiga bag’ishlangan ishlarni umumlashtirirgan holda, til va nutqni qutbiy ziddiyat (binary oppozitsiya) asosida uch xil yo‘l bilan aniqlash mumkin ekanligini ko‘ rsatadi: 1) bilish nazariyasi nuqtai nazaridan gnoseologik aniqlash; 2) til va nutqning predmetlik xususiyati nuqtai nazaridan ontologik aniqlash; 3) qo‘llanish doirasi va foydalanish tarsi nuqtai nazaridan – pragmatic aniqlash. Bu uch xil yo‘l bir-birini to‘ldiradi. Download 74.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling