ISTIQBOLLI O’QITISH – ta’lim mazmunidagi o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan axborotlar tizimini kichik hajmlarda oldindan o’zlashtirib borish.
KASBIY BILIM - aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo’lgan nazorat, bilim, amaliy malaka va ko’nikmalar birlashmasidir.
KASBIY YO’NALGANLIK - shaxsning aniq bir faoliyat turiga bo’lgan qobiliyati, qiziqishlari, ehtiyoji va qat’iy ishonchi (A.B. Seyteshev); 2) kasb tanlash, qiziqish, qat’iy ishonch hamda kasb tanlash motivlari o’rtasidagi aloqaning shaxsiy sifatlarda yetakchilik qilishi (N.K.Stepankova).
KASBIY TAYYoRGARLIK - maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy , kasbiy sifatlarni o’zlashtirish asosida shaxsning muayyan kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi.
KOMMUNIKATIVLIK – bu o’qituvchining alohida xususiyati bo’lib, unda o’quvchilar va hamkasblari bilan o’zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda pedagogik faoliyatning samaradorligi uning muloqotchanligiga bog’liq bo’ladi.
KOMPETENTLIK - shaxsning o’zlashtirgan muayyan bilim, ko’nikma va tajribasini ijtimoiy-kasbiy sohadagi aniq vaziyatlardagi muammo va vazifalarni yechishga qodirlik darajasi, yaroqliligi.
KONSTRUKTIVLIK - (loyihalay olish qobiliyatiga egalik) – bu pedagogning shaxsiy faoliyati va tarbiya maqsadlarini hisobga olgan holdagi faolliklarini alohida loyihalashtirishni ko’zda tutadi.
MAHORAT – kasbiy individuallikning yorqin ko’rinishi.
METOD – 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli, harakat qilish tarzi; 2) maqsadga eltuvchi yo’l, ya’ni, maqsadga erishish yo’lidagi xatti-harakatlarning o’ziga xosligidir.
Ilova 3
TEST
1. XVIII asrda Buxoroning SHashmaqom (olti maqom) ni sanab o’tining?
A) “Iroq”, “Ushshoq”, “Navo”, “Bo’saliq”, “Rost”, “Xusayini”, “Xijoz”
B) “Buzruk”, “Rost”, “Navo”, “Dugox”, “Sigox”, “Xusayini”
C) “Rost”, “Ushshoq”, “Navo”, “Xijoz”, “Iroq”.
D) “Buzruk”, “Rost”, “Navo”, “Dugox”, “Sigox”, “Iroq”.
Javobi:A
Do'stlaringiz bilan baham: |