O’zbek xalq musiqa ijodi
- Seminar mavzusi: O’zbek xalq musiqa ijodining tarixiy rivoji. Cholg’ulari haqida
Download 4.1 Mb.
|
Amaliy ishlanma O\'z Xalq Muz ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-Seminar mavzusi Buxoro Shashmaqomi. Ilk ishlab chiqarish iqtisodiyot tizimida ohangdor uslubining shakllanish xususida. O’zbek musiqiy folklori
6 - Seminar mavzusi: O’zbek xalq musiqa ijodining tarixiy rivoji. Cholg’ulari haqida
E’tibor bering: Mavzuning dolzarbligi: “Innsonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo‘lmaydi”1. “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda”. “Bu masalada ayniqsa yoshlar qalbini o‘ziga har tomonlama jalb etadigan estrada san’atining ahamiyati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz”2. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning yuqorida keltirilgan musiqa san’ati haqidagi ibora, fikr va mulohazalari mohiyatini jamiyatimiz a’zolarining barcha ziyolilar qatlami yaxshi anglab yetadi. Buxoro – Samarqand musiqa uslubining o’ziga xos jihatlaridan biri unda ikki tillilik, yahni o’zbek va tojik tillari anhanasining namoyon bo’lishidir. Bu holat shu sarhadda yashab, faoliyat ko’rsatgan ko’pgina shoirlar, jumladan, Mujrim Obid, Abdulla Mulham, Fitrati Zardo’zi Samarqandiy, Muznib SHavkatiy Kattaqo’rg’oniy ijodiga o’z aksini topgandir. Ikki tillilik anhanasi xalq musiqasida o’zgacha shakllarda aks etadi. Chunonchi, ayrim xalq qo’shiqlarini ayni vaqtning o’ziga ham o’zbek ham tojik tillarida kuylash mumkin. Odatda qo’shiqning bandlari o’zbek tilida, naqoratlari esa tojik tilida hamda aksincha ham bo’ladi. Bundan tashqari, ayrim xalq qo’shiqlarining o’zbek yoki tojik tillarida kuylash imkoniyati mavjuddir. Shuningdek, faqat bir tilda yo o’zbek, yo tojik tilida kuylash uchun ijod etilgan xalq qo’shiqlari ham uchraydi. 7-Seminar mavzusi Buxoro Shashmaqomi. Ilk ishlab chiqarish iqtisodiyot tizimida ohangdor uslubining shakllanish xususida. O’zbek musiqiy folklori E’tibor bering: Mavzuning dolzarbligi: “Innsonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo‘lmaydi”1. “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda”. “Bu masalada ayniqsa yoshlar qalbini o‘ziga har tomonlama jalb etadigan estrada san’atining ahamiyati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz”2. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning yuqorida keltirilgan musiqa san’ati haqidagi ibora, fikr va mulohazalari mohiyatini jamiyatimiz a’zolarining barcha ziyolilar qatlami yaxshi anglab yetadi. Buxoro maqomlari ya'ni Shashmaqom tojikcha: шашмақом; forscha: ششمقام) — Markaziy Osiyo (asosan, oʻzbek va tojik) xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir. Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni oʻn ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida shashmaqom uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. . Download 4.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling