O‘zbek xalqi ma’naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o‘zbek adabiyotidir
Download 202 Kb.
|
1 2
Bog'liqO‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari.Mifalogiya xalq og’zaki ijodi va tarjima asarlar
Mifologiya — muayyan xalq tomonidan yaratilgan mifologik tasavvurlarning izchil tartibga solingan tizimi, asotirlar majmui. Mas, yunon M.si, hind M.si, oʻzbek Mifologiya Insoniyat maʼnaviy taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan M. ibtidoiy madaniyatning negizi, olamni idrok etishning asosiy vositasi, badiiy tafakkurning ibtidosi hisoblangan. M.ning asosini kad. odamning koinot, tabiat, inson, samo jismlari, narsa va hodisalarning paydo boʻlishi haqidagi asotirlar tashkil etadi. M.ning arxaik qatlami quyosh, oy va yulduzlar toʻgʻrisidagi shamsiy, qamariy va astral miflar, olamning paydo boʻlishi haqidagi samoviy miflar, odamzotning yaratilishi haqidagi an-tropogenik miflar, qad. eʼtiqodiy qarashlarni oʻzida ifoda etgan totemistik, animistik va kult miflaridan tashkil topgan. Dehqonchilik madaniyati yuksak darajada rivojlangan hududlarda esa tabiiy-ik/shmiy oʻzgarishlarning ramziy-metaforik talqinlari asosiga qurilgan taqvimiy (kalendar) miflar va ulibtiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar keng tarqalgan. Xususan, Osiris (Qad. Misr), Adonis (Finikiya), Dionis (Yunoniston), Siyovush (Oʻrta Osiyo) haqidagi mifologik syujetlar shu tariqa yuzaga kelgan. Oʻzining ilk tarak,qiyot bosqichida eng sodda ibtidoiy ishonchlardangina iborat boʻlgan M. insoniyat tafakkurining tadrijiy rivoji davomida olam, jamiyat va tabiat haqidagi asotiriy syujetlar, mifik obraz va tasavvurlar silsilasini oʻz ichiga olgan mukammal tizimga aylangan. Ijtimoiy ongning animizm, totemizm, fetishizm kabi qad. shakllari M. bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy dunyokarash tizimi sifatida shakllangan M. qad. diniy eʼtiqodlarning ilk kurtaklari, ajdodlarimizning falsafiy, axlokiy va ijtimoiy qarashlari, olam va odam hayotiga doyr eng sodda ilmiy talqinlar, voqelikni ongsiz-hissiy anglash asosiga qurilgan ramziy-metaforik obrazlar, shuningdek, soʻz sanʼ-ati, marosimlar tizimi va mifologik tafakkurning turli xil shakllarini oʻz ichiga kamrab olgan. U kad. odamning borliq olamni idrok etishga doyr tasavvur va qarashlarini oʻzida jamlagan izchil tizim sifatida ibtidoiy mafkuraning yetakchi gʻoyasi boʻlib xizmat qilgan. M. ibtidoiy insonning ilmiy, diniy, falsafiy va badiiy karashlarini oʻzida mujassamlashtirgan sinkretik hodisadir. Shu bois M. folklor, yozma adabiyot, sanʼat va maʼnaviy qadriyatlarning shakllanishi uchun ilk zamin vazifasini oʻtagan;
2) miflarni tadqiq etuvchi, oʻrganuvchi fan, mifshunoslik. Mifologik tasavvurlar mohiyatini anglash va ularni ilmiy talqin qilishga boʻlgan ilk urinishlar antik davr olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Xususan, Platon asotirlarni falsafiyramziy nuqtai nazardan talqin qilgan boʻlsa, yunon faylasufi Evgemer (miloddan avvalgi 3-asr) mifik obrazlarni oʻtmishda yashab oʻtgan real tarixiy shaxslarning timsoliy ifodasi deb bilgan. 19-asrning 1-yarmida Germaniyada "mifologik maktab" yuzaga kelgan. Mifologik maktabning nazariy asoslari nemis filologlari aka-uka Ya. va V. Grimmlarning "Nemis mifologiyasi" kitobida bayon kilingan. Ular xalq ertaklarini tax.lil qilish jarayonida qad. mifologik tasavvurlarning epik syujetlar tarkibidagi qoldiklarini aniqlashgan va hindevropa xalqdari M.si yagona negizga borib taqaladi, degan muhim ilmiy xulosaga kelishgan. Ana shu nazariyani rivojlantirgan A. Kun, V. Shvars, V. Mannhardt (Germaniya), M. Breal (Fransiya), M. Myuller (Angliya), F. I. Buslayev, A. N. Afanasyev, O. F. Myuller, A. A. Potebnya (Rossiya) kabi olimlar miflarni qiyosiy tadqiq etishgan. Keyinchalik jahon mifshu-nosligida koʻplab yangi ilmiy yoʻnalishlar yuzaga kelgan. Xususan, ingliz qiyosiy etnografiyasining yutuklari asosiga qurilgan "antropologik maktab" (E. Taylor, E. Lang , G. Spenser, J. Freyzer); mif va marosimlarni oʻzaro uzviyliqda tadqiq etgan kembrijlik mifshunoslarning "ritualistik maktab"i (D. Harrison, F. M. Kornford, A. B. Kuk, G. Marri); ibtidoiy madaniyatning ruhiy asoslarini oʻrgangan fransuz etnologlarining "ijtimoiy maktabi" (E. Dyurkgeym, L. Levi-Bryul); mifologik tafakkurning intellektual hodisa sifatidagi oʻziga xosligini yoritib bergan "simvolistik maktab" (E. Kassiyer, V. Vundt, K. G. Yung—Germaniya); "strukturual maktab" (K. Levi-Stross—Fransiya) vakillarining asarlarida miflar turli nuqtai nazardan taxdil kilingan. Oʻzbek M.si esa Gʻ. Akramov, B. Sarimsoqov, T. Haydarov, T. Rahmonov (mif va epos), M. Joʻrayev, Sh. Turdimov (oʻzbek M.sining obrazlar silsilasi va genetik asoslari), Sh. Shomusarov (oʻzbek va arab M.sining qiyosiy tahlili) kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Tarjima — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkin. Tarjima qad. davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki turi hozirda ham saqlanib qolgan. Zamonlar osha tarjimaga boʻlgan talablar yangilana boradi. Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. T.ning koʻlami va taraqqiyoti har bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va, oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali taʼsir etadi. "Tarjima" termini bir tildan ikkinchi tilga oʻgirish jarayonini, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi. Badiiy tarjimaning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi. Til badiiy asarda estetik hodisa, sanʼat faktiga aylanadi. Adabiy asar tili — aloxida "badiiy voqelik" unsuridir. Tarjimada ana shu obrazli ifodaviy tildagi badiiy maʼnoni boshqa tilning obrazli ifodaviy zaminiga oʻtkazish, obrazni obraz bilan qayta ifodalash jarayoni yuz beradi. Shuning uchun tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etadi. Zamonaviy tarjima talablariga asosan tarjimon asliyatning sanʼat asari sifatida shakl va mazmun birligini qayta yaratishi, milliy va individual xususiyatlarini saqlashi lozim. Tarjimon ona tilining rivojlanish darajasi, Tarjimachilik anʼanalari, tajribalariga suyanadi, turli xil tafovutlarning mavjudligini hisobga oladi. Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi. Tarjima jarayonida tarjimon hammavaqt oʻz ona tilida fikrlaydi, ona tili unga tahlil quroli, sinov mezoni boʻlib xizmat qiladi. Masalan, Nizomiyning "Xisrav va Shirin" dostonini oʻgirgan Qutb ("... Nizomiy bolidan holva pishurdim") tarjima nusxa koʻchirish kabi bir ish boʻlmay, ijodiy jarayon ekanini, tarjimon esa boldan holva pishiruvchi mohir yozuvchi boʻlishi kerakligini aytadi. Turli davrlarda muayyan hududdagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus tarjima maktablarining yuzaga kelganligining oʻziyoq uning shakllangan tamoyillari, anʼanalari boʻlganligini koʻrsatadi. Hozigi davrda har bir taraqqiy etgan xalq jahondagi yuzlab xalqlar tilidan oʻz ona tiliga ilmfan va madaniyatning oʻnlab sohalariga oid materiallarni (lirik sheʼrlar, xabarlar, texnologiya adabiyoti va boshqalar) tarjima qiladi. Tarjima nusxa koʻchirish emas; tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, Tarjimada iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asl matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqelikning muallif darajasida puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida Tarjimachilikning taʼsiri katta boʻladi, zero tarjima tarixi adabiyot tarixi bilan tengdosh. Oʻzbek adabiyotida ham Tarjimachilik qadimdan rivojlangan. Mahmud Koshgʻariy, Rabgʻuziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va boshqa ijodida tarjima katta oʻrin egallaydi. 20-asr oʻzbek yozuvchilaridan Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Askad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali va boshqa badiiy tarjima sohasida ham samarali ijod qilganlar. Badiiy tarjima sohasida M. Osim, N. Alimuhamedov, Sh. Shomuhamedov, K. Qaxdorova, O. Sharopov, Sh. Tolipov, V. Roʻzimatov, Q. Mirmuhamedov, A. Rashidov, M. Hakimov, I. Gʻafurov, M. Mirzoidov, gʻ. Toʻrabekov, T. Alimov va boshqa professional tarjimon sifatida tanilganlar. Oʻzbek tilida ilmiy-texnikaviy, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar Tarjimachiligida ham katta yutuqlarga erishilgan. Bunda R. Abduraxdyunov, V. Rahimov, A. Shomahmudov, 3. Tincherova kabi tarjimonlarning hissasi katta. Tarjima amaliyotini, uning oʻziga xosliklarini, tarixini, tamoyillari, prinsip va krnuniyatlarini tarjimashunoslik fani oʻrganadi, tarjimonga oʻgirish uchun asar tanlash, tillararo tafovutlar hamda asliyatga xos boshqa xususiyatlarni, milliyadabiy anʼanalarni hisobga olgan holda ish tutishda yordam beradi. 20-asr oʻzbek adabiyotida tarjimashunoslik maxsus fan tarmogʻi sifatida yuzaga keldi va shakllandi. Choʻlpon, Sanjar Siddiq kabi mohir tarjimonlar nafaqat bu davr tarjima adabiyotini, ayni paytda tarjimashunoslik ilmini ham boshlab berganlar, tarjima haqida maqola va risolalar bitganlar. Oʻzbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm sifatida oʻtgan asrning 2yarmidan shakllandi. Asr oxiriga kelib, bu sohada 10 ga yaqin fan turi, 50 dan ortiq fan nomzodi yetishib chiqdi. Professor J. Sharipov tadqiqotlariga asosan adabiyotimiz tarixida tarjimaning oʻrnini koʻrsatishga bagʻishlangan boʻlsa, professor F. Salomov asosan zamonaviy tarjimashunoslik masalalari bilan shugʻullandi, tarjima jarayoniga til hamda adabiy anʼanalarning taʼsirini koʻrsatib berdi. N. Komilov esa mumtoz janrlarning oʻtmish va hozirdagi tarjimalarini tadqiq etdi. Oʻzbek tarjimashunosligi asosan adabiy yoʻnalishda taraqqiy etgan. Tarjimaning insoniy jihatlari keyinroq — oʻzbek tiliga koʻpgina xorijiy tillardan bevosita oʻgirishga yoʻl ochilganidan soʻng rivojlana boshladi. yuzingni ko‘rsin». Va men javobida dedim: «Meni o‘z vahdating ila bezagin, o‘z sifatlaring ila sifatlagin, tavhiding martabasi-la sharaflagin, toki maxluqlaring meni ko‘rganda: «Biz Seni ko‘rdik» va «bu Sen bo‘libdi» desinlar va men bu yerda bo‘lamayin». Bu so‘zlarda insonni ilohiylashtirish, komil inson sifatlari bilan Iloh sifatlari orasida tenglik alomatini qo‘yish bor. Darvoqe, Boyazid Bistomiy va Mansur Halloj ham shu fikrni olg‘a surganlar. Bu xudolikka da’vo emas, hulul ham (hulul – Ilohning odamda singishi haqidagi nazariya) emas, balki insonni ulug‘lash va tavhid bilan vahdat – kulliyatni nihoyatda chuqur anglashdir. Diqqat qiling: Boyazid so‘zining oxirida «va men bu yerda bo‘lmayin» deydi. Nima demoqchi u? U aytmoqchiki, mening bashariy qiyofam butkul yo‘qolsin, ilohtiy mohiyat kasb etayin, butun vujudim Iloh ma’rifatiga aylansin. Shunda odamlar mening suratimda Xudoni ko‘rsinlar. Zotu sifot, arshu kursi, lavhu qalam – hammasi Insondadir. Shuning uchun Xudo izlab har qayoqlarga borishning hojati yo‘q, jumladan, Makkatullohga borishning ham. Chunki har bir inson Xudoni o‘zidan izlasin. Uning qudrati va shavkatini o‘zida ko‘rsin. Mazkur aqida «Kimki o‘zini tanisa Rabbini taniydi» degan hadis mazmunidan kelib chiqadi. Barcha hikmatlar, hodisot va mo‘jizalar inson xilqatida joylashgan. Zero, Olloh taoloning so‘zi bor: «Men yashirin xazina edim va sizni sevib qoldim, toki Meni bilib olinglar va jinlar, odamlarni yaratdim, toki Meni bilinglar». Inson maxluqotning, olamlarning gultoji, Olohning yerdagi xalifasi ekan, demak, unda Olloh sifatlari bo‘lishi mantiqiy hol. Bundan tashqari, «yashirin xazina» bo‘lgan Olloh taolo ilmu hikmatning bir qismini inson qalbiga joylagan. Ya’ni inson «yashirin xazina»ni saqlovchi xazinadordir. Shu bois inson ko‘ngli «irfon maxzani». Olloh yashiringan tilsimotdir: Ko‘ngilin oni maxzani irfon qilib, Ul tilism ichra o‘zin pinhon qilib. Rozi maxfiy ganj o‘lub bu turfa jism, Sun’idin ul ganj hifziga tilism. (Alisher Navoiy) Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, inson qarama-qarshi ikki asos-modda va ruhdan iborat. Shuning uchun unda shu ikki asosning xususiyatlari jamdir. Agar moddiylik g‘alaba qilsa, insonda hayvoniylik va agar ruh tomoni ustun kelsa, ilohiylik rivojlanadi. Ruh jism quliga aylanib qolmasligi kerak, aksincha, jism ruh uchun bir asbob-ulov, vosita bo‘lib xizmat qilsin. Ruhlari taraqqiy etgan insonlar aqlu zakovati, ilhom, ijodkorligi, ilohiy tab’u farosati bilan ajralib turadilar. Ruh taraqqiy etgan sari u jismga sig‘may qoladi, koinot bilan aloqa bog‘lab, olam asroridan xabar berib, mo‘jizalar ko‘rsata boshlaydi. Ruh va jismdan iborat insonni ilohiy olam bilan jism olami orasidagi chegara deb ataydilar va tongga o‘xshata-dilar. Chunki tong tun bilan kunning chegarasidir. Tongdan keyin qorong‘ulik ketib, quyosh porlab chiqqanday, inson ruhi ham asta-sekin jism qorong‘iligi – zulmatini tark etib, musaffo ruh olami, nurlar olamiga talpinmog‘i darkor. Men shayximdan bu so‘zlarni eshitib bo‘lgach, ketishga chog‘landim. Shunda u yana bunday dedi: - alloh eng aavlo seni hadis ilmi ila nurlantirsin, so‘ngra so‘fiylikni nasib aylasin. Avval so‘fiy, so‘ngra hadis bilguvchi etmasin. Yuqorida aytilganidek, tariqatning ilk maqomi tavba. Tavba – soliklar yo‘lining boshlang‘ichi, xato va gunohlardan poklanishning bosh chorasi va muridlarni barcha shubhali narsalardan muhofaza etuvchi bir «qalqon»dir. Tavbaning ma’nosi – gunoh va tuban axloqiy sifatlarning insonni allohdan yiroqlashtiruvchi tahlikali narsa ekanligini bilmoq. Bunda g‘aflat va gumrohlik zulmatlaridan aql nuri ila qutulmoq talab etiladi. Tavba tarixi, bevosita, odam ato taqdiri bilan bog‘lanadigan juda uzoq tarixdir. Chunki tavba dardi bilan yongan va tavbasi qabul qilingan birinchi kishi odam ato edi. Rivoyatga ko‘ra, olloh taolo odam alayhissalomning tavbasini qabul aylagach, malaklar uni qutlashga keladi. Jabroil ila mikoil unga: «ey odam, olloh tavbangni qabul etdi. Endi bundan buyog‘i huzurga erishding», - deyishibdi. «ey jabroil, - debdi odam ato, - bu tavbadan so‘ngra bir savol-javob bo‘lsa, manim holim ne kechar?». Shunda alloh taolo unga shunday vahiy aylabdi: «eyo odam, zurriyotingga to‘rt zahmat va mehnat keltirding. Shuningdek, tavbani ham ularga meros etding. Sening duoingni ijobat qilganim singari ularning ham menga munojotlarini ijobat etarman. Zero, men da’vatga ijobat etuvchi bir yaqinman. Tavbakorlarning ham barcha talab va duolarini qabul qilurmen». Download 202 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling