O‘zbek xalqi ma’naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o‘zbek adabiyotidir


Download 202 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2023
Hajmi202 Kb.
#1274389
  1   2
Bog'liq
O‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari.Mifalogiya xalq og’zaki ijodi va tarjima asarlar


O‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari.Mifalogiya xalq og’zaki ijodi va tarjima asarlar.
O‘zbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O‘tmishda yaratilgan mo’’tabar og‘zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o‘rganish va bilish har bir o‘quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug‘ burchidir. Bugungi kunda, yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga erishgandan so‘ng, o‘tmish mеrosimizga e’tibor yanada kuchaydi. Prеzidеntimiz I.A.Karimov o‘zlarining qator suhbatlari, nutq va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan mеrosni o‘rganishning ahamiyatini qayta-qayta ta’kidlamoqdalar. Zеro, xalqimiz mustaqillikka erishgandan so‘nggina bizga noma’lum ko‘pgina ulug‘ shoirlarimiz, olimlarimiz, muhaddislarimiz haqida ma’lumotga ega bo‘ldik. Asarlarini o‘rgana boshladik.
O‘zbek adabiyoti qadimiy tarixga ega. Adabiyot jamiyat hayotining o‘ziga xos ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o‘zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettirdi. Adabiyot, avvalo, so‘z va ruhiyat san’atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg‘ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o‘xshamaganlariday, ularning qalb kеchinmalari ham takrorlanmasdir. Badiiy adabiyot bilan adabiyot tarixi shug‘ullanadi. O‘zbek adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg‘ota oladi, ularning ma’naviy boyishlariga tеgishli hissa qo‘sha oladi. Ular ma’naviy kamolotga xizmat qiladi.
Adabiyot tarixi fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o‘rganadi va o‘rgatadi. Har bir xalqning o‘z tarixi, madaniyati, san’ati va adabiyoti bor. Shunga ko‘ra, adabiyot tarixi ma’lum bir xalqning-shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi bilan ataladi.
O‘zbek xalqi ma’naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o‘zbek adabiyotidir.
O‘zbek adabiyoti tarixi o‘zbek xalqining qadim zamonlaridan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini o‘z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikda o‘zbek adabiyoti tarixi ikki nom asosida tilga olinadi:
O‘zbek mumtoz adabiyoti.
Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti yoki XX-XXI asrlar o‘zbek adabiyoti.
O‘zbek mumtoz adabiyoti dеganda eng qadimgi davrlardan boshlab, XX asr boshlarigacha bo‘lgan davr nazarga olinadi.
O‘zbek adabiyoti tarixi xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o‘z ichiga oladi. Lirika va epos o‘tmish o‘zbek adabiyotining asosiy turlaridir. Fazal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar kеng tarqalgan adabiy janrlardir. O‘zbek adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir.
O‘tmish o‘zbek adabiyoti bir qator mеmuar va tarixiy asarlarni ham o‘z ichiga oladi. «Boburnoma», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalar shular jumlasidandir.
O‘zbek adabiyoti tarixi «Tohir va Zuhra», «Bo‘z o’o‘lon», «Yusuf Ahmad» kabi xalq kitoblarini ham o‘z ichiga oladi. Bular folkloristikaning ham, adabiyot tarixining ham prеdmеtidir. Tarjima adabiyot ham o‘zbek adabiyoti tarixining muhim bir qismini tashkil etadi. O‘zbek xalqi asrlar davomida ko‘pgina xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lib kеldi. Shu aloqalarning mеvasi sifatida tarjima adabiyot vujudga kеldi. O‘zbek tiliga tojik, ozarbayjon, eron, hind, arab, rus va boshqa xalqlarning ko‘p badiiy asarlari va tarix kitoblari tarjima qilindi. Nizomiyning «Xisrav va Shirin», «Haft paykar», Sa’diyning «Bo’ston», «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», «Yusuf va Zulayho», Hiloliyning «Shoh va gado», shuningdеk, «Kalila va Dimna», «Ming bir kеcha», «Ravzatus safo», «Badoyi-ul-vaqoе» va boshqalar shular jumlasidandir.
Sobiq Sho‘rolar davrida ko‘p sohalarda bo‘lgani kabi, o‘zbek adabiyotiga munosabat masalasida ham bir yoqlamalikka yo‘l qo’yildi. Adabiyot vakillari «saroy adabiyoti vakillari», «diniy-mistik adabiyot vakillari», «progrеssiv adabiyot vakillari» kabi ajratishlar asosida baholandi. Saroy adabiyoti, diniy-mistik adabiyot vakillari dеb nom olgan qator shoirlar mеrosi еtarlicha nashr etilmadi. Yoki ular ijodi kamsitildi. Ko‘pgina badiiy ijod namunalarini xalqqa еtkazishga to’sqinlik qilindi. Izoh: bu holat misollar bilan asoslanadi. O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan so‘ng, o‘tmish adabiyotimizga e’tibor kuchaygani bois Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Imom Fazzoliy, Bahouddin Naqshband, So’fi Olloyor, Haziniy, Husayniy, Amiriy, Fеruz kabilarning nomlari xalqqa kеng ma’lum qilindi. Asarlari chop etildi. Buyuk hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.
Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Adabiyotni davrlashtirish asosida o‘rganish maqsadga muvofiq ko‘riladi. Adabiyotshunosligimizda adabiyotni davrlashtirish muammolidir. Adabiyotni davrlashtirishga nima asos qilib olinadi? Mana bu savolga aniq javob bеrish qiyin. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davri bilan, boshqalari esa yirik tarixiy voqеalar bilan bog‘lashadi. Ba’zi olimlarimiz (prof. N.Mallaеv) o‘zbek adabiyoti tarixini, bir tomondan, jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlari, o‘zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi taraqqiyoti, ikkinchi tomondan, adabiyot tarixi taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini: badiiy adabiyotning ijtimoiy mohiyati, vazifasining o’sib borishi, adabiy tur va janrlarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda so‘z san’atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko‘zda tutib bosqichlarga ajratish kеrakligini ko‘rsatib o‘tishgan. Prof. B.To‘xliеv adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi:
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar («Avеsto», «Alpomish» va b.)
Ilk o‘rta asrlar adabiyoti («Kultеgin» bitiklari va b)
O‘rta asrlar adabiyoti (IX-XVI asrlar):
A.Tеmuriylar davri adabiyoti.
A.Navoiy va uning davri adabiyoti.
XVII-XIX asrlar adabiyoti.
XX asr adabiyoti.
Profеssor N.Mallaеvning oliy o‘quv yurti talabalari uchun chiqargan darsligida quyidagi bosqichlar bеrilgan:
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
X-XII asrlar adabiyoti.
XIII asrdagi va XIV asr boshlaridagi adabiyot.
XIV asr o‘rtalaridan XVII asrgacha bo‘lgan adabiyot.
XVII asrdan XIX asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan adabiyot.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot.
Biz o‘zbek adabiyoti tarixi (mumtoz adabiyot)dan yangi darslik nashr etilguncha N.Mallaеv tavsiya etgan bosqichlar asosida o‘zbek adabiyotini (o‘zbek mumtoz adabiyotini) o‘rganishni ma’qul topdik.
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Markaziy Osiyo hududida qadimdan yashagan o‘zbek, tojik, turkman va boshqa xalqlarning adabiy yodgorliklaridir. Kеyingi taraqqiyot bosqichlaridagi adabiyot esa bеvosita o‘zbek xalqi tomonidan yaratilgan adabiyotdir.
Tasavvuf davomli suratda rivojlanib bordi va tasavvuf tarixida Irfon bosqichi (X-XIII asr) mumtoz davr sifatida qabul qilindi. Ibn Sino (980-1037) va irfoniy ishq falsafasi xaqida tasavvufshunos olim N. Komilovning asarlarida izchil ilmiy talqinlar mavjud. Abu Ali ibn Sino buyuk tabobat olimi, faylasuf, tilshunos bо‘lish bilan birga zabardast tasavvuf olimi ham edi. “Al-ishorot va-t-tanbihot” («Kо‘rsatma va tanbehlar») asarida sо‘fiylik amaliyotining ruhoniy asoslarini ochib berdi. «Tayr qissasi», “Solomon va Ibsol”, “Yusuf” kabi nasriy asarlari X-XII asrlarda nafaqat tasavvufiy adabiyotning, balki badiiy nasrning yuksak namunalari sifatida tan olindi.
Mana shu davrdan tasavvufning ruhiy (ruhoniy), ilmiy-ta’limiy va amaliy asoslari shakllangan. Ruhoniy nazariya bо‘yicha shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat bosqichlariga erishish yetti maqom: tavba, vara’, zuhd, faqr, sabr, tavakkul va rizo orqali yuz beradi. Sо‘fiy qilgan gunohlari uchun tavba qilgandan sо‘ng, u vara’, ya’ni harom bilan halolni farqlashi lozim. Keyin zuhd va faqr maqomiga qadam qо‘yadi. Sabr va tavakkuldan keyin rizo, ya’ni qalbning tozalangani va uning ilohiylik kasb etishi, Ollohga qо‘shilishga tayyorligi aytiladi. Tasavvufda bu maqomlardan tashqari hol (ahvol), ya’ni bir qancha holatlar ham farqlanadi: qurb (yaqinlik), muhabbat (sevgi), xavf (xatar), raja’ (umid), shavq (ehtiros), uns (dо‘stlik), itma’inna (qalb osoyishtaligi), mushohida (idrok) va yaqin (ishonch).
Ta’limiy jihatdan qaraganda Ollohni bilish ma’rifati uch bosqichda farqlanadi: 1) ilmul yaqin; 2) aynul yaqin; 3) haqqul yaqin. Ilmul yaqinda eng ishonchli kishilar, ya’ni pir —murshid vositasida Ollohning biru borligi eshitib bilinadi. Solik murshid rahnamoligida ilohiy mohiyatni о‘rganib unga ishonadi. Ilmul yaqinga shariat talablarini bajarish orqali erishiladi. Ikkinchi bosqichda u fikrlash orqali Haqiqat nurining mavjudligini anglab yetadi, ya’ni ma’rifatga erishadi. Haqqul yaqin sо‘nggi bosqich bо‘lib, unda eshitib bilish, fikrlab bilishdan sо‘nggi bilish - kо‘rib bilish darajasiga yetiladi. Demak, insonning ilohiy ruhga yaqinlashuv holati sodir bо‘ladi. Halloj ta’limoti ana shuning uchun ham “Anal haq”, ya’ni inson ruhining ilohiyotga qovushishi tarzida kechadi. Ollohni bilishda yuqoridagi uch ma’rifiy bosqich Imom G‘azzoliy (1059—1111)ning «Mukoshafatu-l-qulub» asarida farqlab kо‘rsatilgan bо‘lsa, «hujjatu-l-islom»ning «Ihya al-ulum ad-din» («Diniy ilmlarni jonlantirish») asarida madaniyat tarixida ilk bor diniy va dunyoviy ilmlarning tasnifi berilgan. «Kimiyoi saodat» («Chahor kitob») asarining zohiriy tarjimasi “Dil haqiqati” bо‘lib, dil va ruh tushunchalari, ularning tasavvufiy talqinlariga oid fikrlar bayon qilingan: «Bilgilki, xazrati Haq subhanahu va taoloni tanimoqni(ng) kalidi о‘z nafsini tanimoqdir. Ushbu ma’nida aytibdirlarki, «Man ‘arofa nafsahu fa qod ‘arofa robbahu», ya’ni har kishi о‘z nafsini tanisa, batahqiq Parvardigorini tanigaydir... Ikki nimarsadin biri zohir badandirki, ani tan atabdirlar, muni zohir kо‘z birla kо‘rgali bо‘lur. Yana biri ma’nii botindirki, ani nafs derlar, jon atarlar va dil ham derlar. Bu ma’nii botinni (yashirin ma’noni) botin (ichki) kо‘z birla tanigani bо‘lur. Zohir kо‘z birla kо‘rgali bо‘lmas. Va sening haqiqating — ushbu ma’nii botindir...».“Nafs” sо‘zining lug‘aviy ma’nosi biror bir narsaning mavjudligi, xaqiqati, zoti va о‘zligi demakdir. Oddiy xalq orasida nafs sо‘zi turli ma’nolarda qо‘llanilgan bо‘lib, goho ular bir-biriga zid mazmunni aks ettirgan. Masalan, bir toifa nafsni ruh deb tushungan, yana boshqa bir guruh muruvvat, samimiylik deb, yana bir jamoa vujud, qon ma’nosida anglashgan.
Sо‘fiylarning qarashlari bularning birortasiga ham о‘xshamaydi. Ularning umumiy nuqtai nazarlariga kо‘ra: nafs barcha yomonliklarning tamali, gunohlarning manbai erur.Tasavvuf ahlidan bir jamoaning xulosasi buyicha, nafs gunohlarning doyasi, ikkinchi toifa qarashlariga kо‘ra-kibr, hasad, g‘azab, adovat kabi yomon xulqlarning sababkoridir. Gunohlardan tavba bilan poklanilsa, yomon xulqlar nafsni qiynash, ya’ni riyozat bilan yо‘k qilinadi. Nafsga qarshi kurashish barcha ibodatlarning boshi va jamiki ibodatlarning kamolidir. Qul uchun Haqqa boradigan bundan xavfsiz yо‘l bо‘lmas. Shu ma’noda payg‘ambarimizning “Nafsni tanigan Robbini tanir” hadislari sо‘fiylarning nafsga oid qarashlarning asosi bо‘lgandi.
Tasavvuf nafsni bilish, tanish va yengishga xizmt qiluvchi о‘ziga xos bir ta’limot yaratdi., Tasavvuf masalalari talqin etilgan turli xaraktyerdagi kitoblarda nafsning yetti turli va yetti martabasi mavjudligi aytilgan hamda ular birma-bir ta’rifu tavsif etilgan.
Nafsning turlari mana bulardir:
1.Nafsi jamodiy, ya’ni moddiy nafs. 2.Nafsi nabatiy. 3. Nafsi hayvoniy. 4.Nafsi insoniy. 5.Nafsi notiqa. 6.Nafsi qudsiy. 7. Nafsi kulliya, olamning joni, koinotning ruhi bо‘lgan nafs.
“Atvori sab’a” - yetti tavr deyilgan nafs martabalari esa quyidagilardir:
1. Nafsi ammora - ta’qiqlangan va gunoh hisoblangan ishlarga tashviq aylovchi nafs. Bu nafs martabasidagi soliq yaxshilikka rag‘bat etmaydi, yomonliklardan ham о‘zini tiya olmaydi. Junayd Bag‘dodiyning: “Kufrning asosi — nafsning murodi erur”, - degan fikrlari aynan nafsi ammora haqidadir.
2. Nafsi lavvoma - qilgan yomonlik va tubanliklardan pushaymon bо‘lib, vaqti-vaqti bilan nadomatga yon beradigan va sohibini ayblab tavbaga chorlaguvchi nafsdir.3.Nafsi mulhama- ilhom va kashfga mahzar bо‘la boshlagan, nima yaxshi, nima yomon, nima gunox, nima savob ekanligini idrok aylash malakasiga ega., shahvoniy istaklarga qarshi turishga quvvati yetadigan nafsdir.
4.Nafsi mutmaina - chirkin va yaramas illatlardan xalos bо‘lib gо‘zal xulq bilan axloqlangan nafsdir. Bu nafs inson kо‘ngliga favqulodda sokinlik, xotirjamlik bag‘ishlab, uni nur zavqlariga oshno etar.
5. Nafsi roziya - bu bir, sо‘z bilan aytganda, xar qanday ilohiy amrlarga taraddudsiz taslim bо‘lib, rizo xosiyati va farog‘atiga yetishtiruvchi nafs erur.
6.Nafsi marziya -Olloh bilan qul orasida rizoning mushtarak bir sifat ekanligi, qulning Ollohdan, Ollohning quldan roziligini isbotlovchi nafs.
7.Nafsi komila - bu nafsi sofiya xam deyiladi. Bu maqomda solik tо‘la-tо‘kis ma’rifat sifatlariga ega bо‘lib irshod mavqeiga erishar. Mana yetti martabada nafsning sifat, hol va ma’nolari о‘zgarib borganidek, ranglari ham о‘zgarib borar ekan.
Nafsi ammora moviy rangda bо‘lib nafsi lavvoma-sariq, nafsi mulhama-qirmizi, nafsi mutmaina–qora, nafsi roziya-yashil, nafsi marziya-oq , nafsi komila rangsiz bir holda voqe’ bо‘larkan. Buning sabab va haqiqatlari tasavvufga kitoblarda atroflicha sharhlab berilgan.
Xullas,nafs bilan bog‘liq qarashlar tariqatlarda sayru suluk uchun asos etib olingan meyorlar bilan birga murid va soliklarning tarbiyasi hamda ularning maqsad manziliga yetishish xususida keng bahs yuritiladi.
Tasavvufning inson zimmasiga yuklagan asosiy majburiyatlaridan yana biri-qalb tasfiyasi, ya’ni qalb pokligiga erishmoq hisoblanadi. Bu esa nihoyatda muhim, ayni paytda juda mashaqqatli va kо‘p kuchni talab qiladigan ishdir.
Najmiddin Kubroning aytishlaricha, qalb kalimasining lug‘aviy mazmuni biror narsaning shakl va ma’no jihatidan о‘rtasi, asosidir. Istilohiy ma’nosi esa, chap kо‘krakning pastidagi jom gо‘zalligiga о‘xshash gо‘sht parchasi (qalbi sanovbariy). Shu gо‘sht parchasi ruhning manbai hisoblanur. Shuningdek, qalb deyilganda rabboniy va ruhoniy latiflik ham tasavvur etilgan. Ibn Arabiyga kо‘ra qalb “nafsi notiqa bilan ruh orasida joy olgan nuroniy bir javhardir. Uning ichi ruh suvoriysi esa nafsi hayvoniydir”. Qalb faqat poklanishdan, havo va havas pardalari va dunyoviy aqlning ta’siridan xalos bо‘lgach zavqiy idrok hamda ilohiy ishqning markaziga aylanadi. Tasavvuf ahli nazdida qalb ilohiy xitob, kashf va ilhom joyi , tajalliy oynasi, ilohiy kenglik yeridir.
Tasavvuf arboblarining qalb va uning xususiyatlari haqidagi fikr-mulohazalari nihoyatda qiziqarli va hamma zamon odamlari uchun g‘oyatda ahamiyatlidir. Ahmad Rifoiy yozadi: “Qalb bir gо‘sht parchasidir. Ayni paytda shu bir parcha gо‘sht, ya’ni qalb nurlar yig‘iladigan joy erur, Ollohning yaratgani yaxshilik va yomonlik bir yerga tuplanadigan maskandir. Ayni shu zaylda aks ettirgani yaxshilik va yomonlik tuyg‘usiga qarab qalb bir qiymat kasb etar. Janobi Haq vujudga amr aylash huquqini qalbga bergandir”.
Demak, inson qalbi rahmoniy va shaytoniy lashkarlar murosasiz olishadigan bir janggoh hamdir. Bunda xar ikki tomon ham qalbni о‘ziga tobe va taslim etishni xohlaydi.
Imom G‘azzoliy aytganidek: “Agar zafar shayton lashkarlari tomonida bо‘lsa, inson hayvonlar qatoriga qо‘shilar. Agar bu kurashda rahmoniy askarlar g‘olib chiqsa inson malaklar maqomiga yuksalar”.
Qalbning ikki darvozasi bо‘lib, biridan ma’rifat, ikkinchisidan vahm kirarkan. Qalbning muzaffarligi ma’rifatning mavqei va darajasiga qarab belgilanadi, vahmdan forig‘ bо‘lmagan qalb hech qachon tubanlik, mutelik va jaholat ofatlaridan forig‘ bо‘la olmaydi. Shuning uchun qalbning tavri va tabaqotlari xususida aniq tasavvurga ega bо‘lish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardir: 1.Sadr - kо‘krak. Har turli vasvasa va ofatlar kiradigan joy. Ehtiyoj, shahvat, andisha va qisinish tuyg‘ulari shu yyerdan о‘rin topadi. Islom nurining ilk kiradigan joyi ham xuddi ana shu sadr hisoblanadi.
2. Qalb - sadrning ichi, yurak ham deyiladi. Iymon nuri porlaydigan joy, muhabbat, rizo, qanoat singari tuyg‘ularning markazi erur.
3.Shigof - xalqni sevish, oddiy odamlarga hamdardlik hissiyoti parvarish topadigan joy.
4.Fuod -qalbning orasidagi joy bо‘lib, xuddi shu joydan g‘arbiy haqiqatlar yuz kursatib, ma’rifat sirlari ochiladi.
5. Suvaydo - ilmi laduniyga yetishish martabasi.
6. Muxjatul qalb - Ilohiy nurlar tajalliy aylaydigan joy.
7. Lubb - tavhid nurining manbai.
G‘azzoliy о‘z asarlarida, xususan, “Ihyo”da qalb holi, hayoti, haqiqatlari, kamolotga yetishish sir-asrorlari tо‘g‘risida keng bahs yuritgan. Buyuk olimning qalbga doir fikr-mulohazalari, birinchidan, qalb tо‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarni nihoyatda kengaytiradi. Ikkinchidan, qalb tarbiyasi va tasfiya etish yо‘llarini о‘rgatadi. U ma’rifat darajasi va yetakchi fazlatlariga qarab qalb tо‘rtga ajralishini yozadi. Bulardan birinchisi. yolgiz Ollohni sevib, faqat Ollohni bilish va mushohada aylash bilai faxrlanadigan qalb. Ikkinchisi, ma’rifat va Olloh bilan unsiyat zavqidan yiroq qalb. Bunday qalb sohiblarini quvontiradigan narsa - boylik, amal va har turli moddiy manfaatlardir.
Uchinchi xil qalb esa, kо‘p kuchini Ollohga intilish, Haq ishqidan huzurlanishga bag‘ishlaydigan va goho bashariy sifatlarga ham qaytguvchi qalb sanaladi. Nihoyat yana bir turli qalb bordurki, u bashariy sifatlaridan ajralmasa-da, ba’zi-ba’zida ilm va ma’rifatdan shavqlanishni ham biladi.
G‘azzoliyning e’tirofi bо‘yicha, birinchi xil qalb behad kamyob, eng kо‘p uchraydigani ikkinchisi, ya’ni о‘tkinchi dunyo hirsiga tо‘lib toshgan qalbdir. Qalbning uchinchi va tо‘rtinchisi kо‘rinishlari mavjud bо‘lsa-da, ammo ularning soni uncha kо‘p emasdir. Shu о‘rinda yana bir haqiqatga aniqlik kiritib о‘tish maqsadga muvofiqdir. Tasavvufiy hayotning manbai ham, mazhari ham kо‘nguldir. Tasavvuf adabiyotida qalb yoki yurakka nisbatan kо‘ngul kо‘p tilga olinadi va kо‘ngul tо‘g‘risidagi kо‘p fikr bildiriladi. Xо‘sh, buning sababi nimada? “Miftohul-qulub”dagi mana bu sо‘zlar ushbu savolga о‘ziga xos bir javobdir: “Kо‘ngul qalbning ichidadur. Sharafi qalbdan kо‘p ortiq erur. Qalbga ozor berish insonni sirtdan buzadi, chirkinlashtiradi va halok aylaydi... Kо‘ngul qalbning bag‘rida bо‘lganligi tufayli kо‘ngulga qattiq tegmak odamni ham zohiran, ham botinan halok etar”. Mana shuning uchun kо‘ngul taqdiri, holati va haqiqatlariga doir mulohaza va mushohadalar tasavvufda nihoyatda keng о‘rin ishg‘ol etgan. Hatto tasavvufiy istilohlar orasida qalb va kо‘ngul holi yoki haqiqatlarini sharxlaydigan kalima va atamalar yetakchi о‘rinni egallaydiki, buni bilmasdan, ayniqsa, tasavvuf she’riyatining mazmun-mohiyatini tо‘g‘ri anglab ham, talqin qilib ham bо‘lmaydi. Ana shu ehtiyojni hisobga olib biz ulardan ayrimlariga diqqatni jalb etishni lozim kо‘rdik.
Avoiq - tо‘siq, moneliq qiluvchi narsa. Qalbning Ollohga tomon yuksalishi va ruhning unga ochilishini tо‘sadigan turli-tuman moddiy va ma’naviy ma’nilar, ziddiyatlar. Avoiq uchdir: shirk, bid’at, gunoh.
Anvori hidoyat - hidoyat nurlari. Kо‘ngulni munavvar etguvchi g‘ayb ilhomlari va tajalliylari.
Af’oli qulub - botiniy fe’llar. Botiniy hukmlar-qalbning fe’l va amallariga oid diniy, ilohiy hukmlar.
Bast-qabz - yoyilish-tо‘planish, sevinish - qayg‘u chekish, kenglik-torlik, ochilish-yopilish hollari. Zehn va qalbning ochilish va nihoyatda mahsuldor, yaratuvchan holga kirishi.
Bо‘sa- о‘pmak, о‘pish. Qalbdagi fayz va joziba; erishilgan xushxabar natijasida qalbda hosil bо‘lgan quvonch, lazzat, huzur.
Vajd - ishq va muhabbat, oshiq qalbida tabiiy bir ravishda tug‘iladigan ilhom va surur holi.
Vorid - ma’nolarining qalbga kirishi va zuhurlanishi.
Gul - kо‘ngulda hosil bо‘lgan bilimning natijasi va mevasi.
Gulshan - mutlaq о‘larok, qalbning fathi va ochilishi. Solik kо‘nglining ma’rifat va irfonga tо‘lishi.
Jazbul arvoh - qalbning yuksalishi, sirlarining mushohada etilishi, munojot, Ollohga qalban taslimlik holi.
Jilva - noz, istig‘no, gо‘zallarning kо‘ngulni fath etuvchi holi yoxud chiroyli harakatlari. Suluk ahlining kо‘nglida porlagan ilohiy nur. Bu nur oshiqni telba qilur.
Zavoyid - qalbdagi nurlarning kо‘payishi.
Lab - dudoq, kalom, sо‘z. Labi shakar: malak vositasida payg‘ambarlarga, qalb tasfiyasi tufayli valilarga kо‘kdan inadigan kalom.
Lavomi-qalbdan nurning foyda va ta’sirlari boqiy qoladigan shaklda zuhurlanish.
Laja’ - qalbning umid va sog‘lom bir faqr tushunchasi ila Ollohga yunalish holi.
Malja - Murodning hosil bо‘lishiga qalbning umidvorligi.
Muxobara - qalbning huzur holati.
Nafas - g‘aybdan tug‘ilgan latif hollar va qalbning ishq о‘tidan farahlanishi.
Noz - ma’shuqaning dardli va mahzun oshiq kо‘ngliga kuch bag‘ishlashi.
Rayin - qalbning kirlanishi, zanglashi. Olloh taolo buyurmish: “Yо‘q, aksincha ularning qilayotgan yomonliklari qalblarini kirlatmishdir” (al-Mutaffifin, 14-oyat),
Rayhon - gul. Tasfiya va riyozat natijasida qalbda porlagan nur.
Rams - biror bir narsani kо‘nguldan supurib tashlash layoqati.
Rо‘yatul qalb-qalblarning kо‘rishi, iymon hakikatiga erishib g‘aybiy sirlarga boqish.
Samt-jim turmoq, sukut saqlash. Sukut ikki qismdir: zoxiriy - tilda, botiniy - qalb va kо‘ngul sukuti.
Sohibi qalb - kо‘ngul ahli. Qalbida yig‘ilgan ilmni ravon bir ifoda, ochik bir til bilan ifodalay olmaydigan kishidir.
Tavoli- kо‘ngulda ma’rifat nurining tug‘ilishi.
Tavoriq - lug‘aviy ma’noda “tunda porlagan yulduz” demak.Istilohiy ma’noda suluk ahlining kо‘nglidagi eshitish, ya’ni quloq orqali hosil bо‘ladigan yangi va qalbni yangilovchi haqiqatlar.
Tasfiya - qalbni soflashtirmoq; haqiqat idroki, mujohada va riyozat.
Sham’ - ilohiy nur. Solik qalbini yoqqan ilohiy nurning porlashi, mushohada ahlining kо‘nglida zuhurlangan irfon nuri.
Shamsul qalb - qalb quyoshi. G‘ayb olamiga yetishganlarning qalbini yorishtiradigan oftob. Unga muqaddamul g‘ayb, mezonul g‘ayb, shamsul irfon, shamsur ruhoniy ham deyilgan.
Shohid - qalb bilan tenglashgan narsa. Masalan, ishq, vajd, alam.
Katra - tomchi. Ilohiy tajalliylar, qalb, insoni komil,
G‘iybat - oshiqning qalbida paydo bо‘lgan ma’nolar bilan mashg‘ul bо‘lib, xalqning ahvolini unitish yoki g‘ofil qolishi.
G‘ayn - istig‘for bilan о‘rtadan kо‘tariladigan qalbdagi hijob va parda. U ikki nav’dir: biri yupqa, ikkinchisi qalin. Qalin parda katta gunoh qilgan va g‘aflat bandalarida bо‘lur. Hafif parda esa, xoh nabiy bо‘lsin, valiy bо‘lsin, hammada bо‘lur. Hazrati Payg‘ambarning “Qalbim g‘ayn ichida qolur va har kun yuz daf’a Ollohdan avf tilayman”, deyishlari ushbu haqiqatni bir ifodasidir. Xalq ijodi — xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati; anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari (raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari. Yaratilishi va ijodiy jarayonida koʻpchilikning ishtiroki boʻlgan Xalq ijodi ning turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga moye ravishda shakllanib, avloddanavlodga, ustozdan shogirdga oʻtib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora anʼanaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qad. namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida saklanib kelgan.
Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻyfikrlari oʻz ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan rivojlanib kelgan (qarang Ibtidoiy sanʼat). Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan. Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar, raqqoslar, mashshoklar, naqqoshlar, kulollar, oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar paydo boʻlgan. Ammo uning yaratilishi va oʻzlashtirilishida koʻpchilikning ishtiroki, har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror topgan mustahkam anʼanalar doirasida voqe boʻlishi saqlanib kelgan. Har qanday badiha, ijodiy xattiharakat, yangilik barqaror anʼanalar va ustozshogird munosabatlari doirasida roʻy bergan. Bir tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro yoki amaliyot davomida oʻzgartirishlar, yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar, variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan.
Xalq ijodi professional sanʼatning yuzaga kelishi va rivojida katta oʻrin tutadi. Oʻz navbatida, professional sanʼat ham Xalq ijodi rivojiga taʼsir koʻrsatib, uni boyitib kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi namunalarini saqlash va rivojlantirish, yoʻqolganlarini tiklash ehtiyoji oʻzining estetik talablarini qondirish, yaxshi yashash va hayotini mukammallashtirishga boʻlgan intilishidan kelib chiqqan. Bugungi kunda Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi muzeylar va qoʻrikxonalarning ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining ilmiy oʻrganilishi va nashr etilayotganligi, koʻplab folkloretnografik ansambllarning mavjudligi, badiiy havaskorlikni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning tasdigʻidir.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor). Inson nutqi shakllanishi bilan xalq ogʻzaki badiiy ixodining qad. tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini oʻz ichiga olgan bu sinkretik ijod namunalari ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan mahkam bogʻlangan boʻlib, qad. odamlarning diniyeʼtiqodiy va mifologik qarashlarini, boshlangʻich ilmiy (empirik) bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroqqad. folklorning bunday namunalari bizgacha yetib kelmagan, balki ularning izlari va ayrim qismlari xalqning yashash va turmush tarzi bilan bogʻliq turlituman tasavvur va qarashlarida, xalq urfodatlari, udumlari, marosimlari, bayramlari tarkibida, baʼzi bir yozma manbalarda, keyingi davrlarda yozib olingan folklor asarlarida qoldiq holidagina saqlanib qolgan. Yozuvning yuzaga kelishi natijasida xalq ogʻzaki badiiy ijodi bilan tarixan bogʻliq adabiyot xam paydo boʻldi. Badiiy matnning ayrim ijodiy (yozuvchi, shoir, dramaturg) faoliyat bilan bogʻlanishi, muayyan ijodiy harakat sifatida yozuv bilan mustahkamlanishi adabiyotning asosiy xususiyati boʻlib, insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi oʻziga xos burilish nuqtasidir. Adabiyot oʻzining taraqqiyoti davomida folklordan barcha estetik tushunchalar va badiiy shakllarni olganligiga qaramay, oʻziga xos badiyat qonuniyatlari asosida mustaqil ravishda rivojlana bordi. Soʻz sanʼatining mustaqil turi sifatida folklor ham u bilan birgalikda yonmayon yashab keldi. Chunki kishilik jamiyatining umumiy estetik talabi va ehtiyoji uzoq yillar davomida faqat adabiyot bilan emas, balki folklor bilan ham mustaxkam bogʻliq boʻldi. Soʻz sanʼati bu 2 turining mustaqil rivoji, adabiyot va folklor asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi farkdar, ijodiy jarayonning xilmaxilligi ularning oʻzlariga xos spetsifik xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada adabiyot va folklor oʻzlariga xos muayyan estetik tizim, janrlar tarkibi, badiiy xususiyatlarga ega boʻlgan soʻz sanʼatining mustaqil 2 turi — ogʻzaki va yozma turi sifatida rivojlanishda davom etdi.
Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining ogʻzakiligi va unda koʻpchilikning ishtirok etishi (jamoaviylik) xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning anʼanaviylik, oʻzgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik (muallifining nomaʼlumligi) kabi koʻpdankoʻp belgilari folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu bosh xususiyati doirasida namoyon boʻladi. Folklor namunalari ogʻzaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida ogʻzaki tarqalar hamda ommaviy repertuardan keng urin olar ekan, bunda badiiy shakllarning barkarorligi (turgʻunligi), matndan matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning qatʼiylashganligi, oʻxshash sayyor syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi. Har bir ijodkor (kdyta ijod) va ijroda anʼanaviy asardagi nimalardir oʻzgaradi, nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi, nimalardir qoʻshiladi yoki tushib krladi. Bunday oʻzgaruvchanlik ijtimoiy muhit, maishiy sharoit, eshituvchilar talabi va ijrochi (ijodkor) salohiyatiga bogʻliq. Lekin har qanday oʻzgarish, ijro davomidagi qayta ijod asrlar davomida kagiylashgan puxta anʼanalar doirasida sodir boʻladi. Demak, jonli ogʻzaki anʼana doirasidagi badihagoʻylik folklor asarlarining koʻp variantlarida tarqalishiga olib keladi.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodining deyarli barcha janrlari turlituman ijrochi va ijodkorlar faoliyati bilan bogʻliq. Isteʼdodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolish va keng ommalashtirish bilan birga ogʻzaki anʼanalar doirasida uni yanada mukammallashtiradilar, baʼzan yangilarini ham yarata oladilar. Biroq bunda barkarorlashgan va qatʼiylashgan jamoaviylik anʼanalari yetakchilik qiladi. Ayrim janrlar (mas, topishmoq, maqol kabi) ommaviy xarakterga ega boʻlsa, yaʼni ularning namunalaridan har bir kishi ozmikoʻpmi ayta olsa, boshqalarining (mas, doston, ogʻzaki drama singari) ijrosi muayyan tayyorgarlikni talab qilgan. Shu tariqa xalq ogʻzaki badiiy ijodi namunalarini yaratish va ijro etishda oʻziga xos kasbiy ijodkorlik yuzaga kelgan. Oʻzbek folklorida ijodkor va ijrochilarning kasbiylashuvi nihoyatda rivojlangan. Baxshilar, ertakchilar, askiyabozlar, qiziqchilar, dorbozlar ijrochiligi professional sanʼat boʻlib, uni egallash uchun boʻlgʻuvchi ijodkor maxsus tayyorgarlik koʻrishi va muayyan ustozdan taʼlim olishi zarur boʻlgan.
Afsona, rivoyat, lof, latifa, maqol, topishmoq, ertak, doston, qoʻshiq, assiya, ogʻzaki drama va boshqalarlar xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy janrlari boʻlib, ular soʻz sanʼati namunalari boʻlish bilan birga muayyan ijtimoiymaishiy funksiyalarni ham ado etadilar. Mas, hoʻp mayda, hoʻshhoʻsh, tureyturey, chureychurey kabi qoʻshiq turlari mehnat jarayonlariga aloqador boʻlsa, yoryor, oʻlan, lapar, kelin salom, yigʻiyoʻqlov, badik, suyet xotin singarilar har xil marosimlar bilan bogʻliqdir. Folklor janrlari gʻoyaviybadiiy xususiyatlari bilan emas, balki ijro usullari (yakka ijrochilik, jamoaviy ijrochilik, sozli, sozeiz kabi) jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ularning biri kuylash uchun, ikkinchisi aytib berish, hikoya qilish uchun, boshqasi koʻrsatish, namoyish etish uchun yoki ham kuylash, ham oʻynash, ham aytish uchun moʻljallangan boʻladi. Folklor janrlari qanchalik xilmaxil, baʼzan oʻta funksionallashgan va qatʼiy vazifador boʻlishiga qaramay, ular yaxlit badiiy tizimni tashkil etadi.
Folklor janrlari ijtimoiyiktisodiy taraqqiyot bilan uzviy bogʻliq. Xalq hayotidagi tarixiy oʻzgarishlarga koʻra, ular ham oʻzgara borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar butunlay yoʻqolgan, yangilari yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ularda koʻp qatlamlilik mavjud boʻlib, uzoq ijro davomida bir necha davrlar oʻz izini qoldirgan. Janrlarning bosqichli taraqkiyoti va tarixiytipologik nuktai nazardan qaraganda, eng qad. davrlarda koʻpchilik xalklarda miflar, urugʻ va qabilalar haqidagi afsona va rivoyatlar, topishmoq va maqollar, olqish va qargʻishlar, mavsummarosim folklori namunalari, mehnat qoʻshikdari keng tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan. Patriarxalurugʻchilik munosabatlarining yemirilishi va ilk davlatlarning shakllanishi davrida qaxramonlik dostonlari yaratilgan. Keyinroq romanik epos, lirik va tarixiy qoʻshiqlar, ogʻzaki drama, latifa va loflar paydo boʻlgan.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U xalqning tarixi, maishati, urfodatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, orzuumidlari haqida keng bilim beradi. Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan. Estetik sezgilar rivojida, goʻzallikni, badiiy soʻz qadri va qimmatini, ona tili boyliklarini his qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. Folklor professional sanʼat turlari — adabiyot, teatr, musiqa, kino va boshqa taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.
Xalq musiqasi (musiqiy folklor) — ogʻzaki anʼanadagi musiqa turi. Ibtidoiy sanʼatda paydo boʻlgan oʻyin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq ashula va cholgʻu kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa turlaridan, asosan, turmush jarayoni (urfodat, marosim, bayram va boshqalar)ga bevosita bogʻlanganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat musiqiy folklor namunalari sof estetik hodisalar maʼnosida emas, kundalik hayot (maishiy, mehnat, marosim va boshqalar) vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar sifatida qaror topadi. Koʻpgina xalq musiqasi namunalari sinkretik shakllar boʻlib, bularda kuyohanglar soʻz (koʻshiq, terma, lapar), raqs (oʻyinraqs kuylari), tomosha (musiqiy tomosha) bilan uygʻunlashgan holda yuzaga keladi. Muayyan badiiy anʼana va shakl (mas, ohang) andozalariga asoslangan xalq musiqa namunalari turli davr va sharoitda (mas, tinglovchilar yoki ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqgi, joyi va muhitiga qarab) oʻzgaradi. Shuning uchun har bir musiqiy folklor namunasining bir necha varianti mavjud boʻladi. Xalq musiqasida mintaqaviy, milliy va mahalliy uslublar ajratiladi (mas, oʻzbek xalq musiqasida Buxoro—Samarqand musiqa uslubi, Surxondaryo—Qashqadaryo musika uslubi va boshqalar).
Musiqiy folklor namunalari badiiy mazmun jihatidan epik (terma, musiqiy ertak, maddohlik, qissaxonlik, afsona kuylari kabi), dramatik (musiqiy tomosha va boshqalar) va lirik (qoʻshiq, lapar, yalla, madhiya va boshqalar) turlarga, ijro etish sharoitiga qarab — maishiy, marosim qoʻshiqlari, mehnat qoʻshiqlari va boshqa turlarga ajratiladi. Xalq musiqasi namunalari xalq (omma) badiiy ongining mahsuli sifatida hayot kechirib, yakka holda havaskor xonanda (guyanda, xalfa va boshqalar), sozanda (doʻmbrakash, dutorchi kabi) tomonidan, shuningdek, ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi, ommabop musiqaning muhim manbaidir (qarang Xalq kuylarini qayta ishlash). Musiqiy folklor, oʻz navbatida, professional musiqa sanʼati bilan oʻzaro chambarchas aloqada rivojlanadi. Hozirgi davrda xalq musiqa namunalarining qadimiy va oʻzgartirilgani, shuningdek, ular asosida yangidan yaratilganlari mavjud.
Xalq musiqa cholgʻu asboblari xilmaxil. Ular bir xalqqa (mas, qirgʻizlarda koʻmuz, ukrainlarda bandura) yoki asriy tarixiymadaniy aloqadagi turli xalqlarga (mas, uzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoqlarda dutor va boshqalar) mansub boʻlishi mumkin. Xalq musiqasi namunalarini ijro etish muhiti va boshqa xususiyatlarini yozib olish bilan musiqiy etnografiya, tadqiq etish bilan musiqiy folkloristika (etnomusiqashunoslik) shugʻullanadi.
Xalq teatri — xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq sanʼat turi. Ilk koʻrinishlari ov oʻyinlari, dehqonchilik va chorvachilik bilan bogʻliq qad. marosim hamda bayramlarda paydo boʻlib, taraqqiy etgan, xalq sanʼati darajasiga koʻtarilgan. Dastlabki davrlarda xalq teatrida soʻz va oʻyin bilan bir qatorda qoʻshiq, raqs, nayrangbozlik va boshqa aralash boʻlgan. Keyinchalik ja.. miyat taraqqiyoti davomida xalq teatri mustaqil ijodiy soha sifatida ajralib chiqqan. Jahon xalqdari xalq teatrida jonli aktyorlar teatri va qoʻgʻirchoq teatri mavjud. Xalq qoʻgʻirchoq teatri qoʻgʻirchoqlarning koʻrinishi, ularni oʻynatish usuliga koʻra xilmaxil. Ularda koʻproq ertak, afsona va boshqa sahnalashtiriladi. Xalq teatri toʻla maʼnoda professional boʻlmasada, qatnashchilari malakali, isteʼdodli kishilardir. Mas, Qad. Rimda mimlar, Gʻarbiy Yevropada shpilmanlar, jonglyorlar, Rossiyada skomoroxlar, Oʻrta Osiyoda masxarabozlar, shuningdek, turli mamlakatlardagi qoʻgʻirchoqbozlar va boshqa Xalq teatri aktyorlari yolgʻiz yoki toʻdalarga uyushib, shaharmashahar va qishloqmaqishloq yurib, toʻy, sayil va bayramlarda, koʻpincha ochiq maydonlarda tomosha koʻrsatishgan. Ular repertuaridan xalq ogʻzaki ijodiga asoslangan tomoshalar, keyinchalik turli adabiy asarlarning xalq teatriga moslashtirilgan variantlari oʻrin olgan.
Kiyim va jihozlar, harakat va holatlardagi yaqqol shartlilik xalq teatri uchun (umuman, folklor sanʼati uchun ham) xos xususiyatlardan. Xalq teatrida aktyorlar oʻyin davomida tomoshabinlar bilan bevosita muloqotda boʻladi. Xalq teatrining, odatda, na sahnasi, na dekoratsiyasi boʻlgan. Unda diqqat, asosan, tomosha qahramoni xarakterini ochishga emas, balki vaziyat, holatlarning kulgili va fojiaviy chiqishiga qaratilgan. Xalq dramasida ikki — dramatik (qahramonlik yoki romantik) va komik personaj mavjud. Dramatik personajlarga, asosan, dabdabali muomala uslubi, komik qahramonlarga esa xazil va hajviy usullar, soʻz oʻyini xosdir.
Xalq teatri negizida muayyan ijodiy anʼanalarga asoslangan professional teatrlar maydonga kelgan. Sharqda anʼanaviy teatr xalq ogʻzaki ijodi, raqsi va pantomimaga tayangan. Mas, Hindistonda katxakali, Yaponiyada gigaku va No, Indoneziyada vayang—topeng, vayang—orang va boshqa, Xitoyda szatszyuy, chuantsi va boshqa, Oʻrta Osiyoda masxara va mukallid va boshqa Xalq teatrining oʻziga xos badiiy va ijro usullari ayrim zamonaviy teatr aktyorlari ijodiga zamin boʻlgan.
Xalq raqsining qad. namunalari kishilarning hayvonot va tabiat olamini kuzatishlarini aks etgirgan. Ovchilik, chorvachilik bilan shugʻullanuvchi xalqdarning raqslari yovvoyi va uy hayvonlari, qushlarning xattiharakatlari, qiliqlariga taqlidan yaratilgan: pomircha „Burgut“, „Tulki“, turkmancha (laylak harakatlarini ifodalovchi) „Ximmil“, xorazmcha „Chagʻaloq“ („Baliq qush“), „Toʻrgʻay“, yoqutcha „Ayiq“, Shimoliy Afrikadagi „Tuya“, Amerika hamda Markaziy va Janubiy Afrikada ommalashgan „Ovchilar“ raqslari va boshqa Qishloq xoʻjaligi mehnati bilan bogʻliqraqslarda turli mehnat jarayonlari badiiy ifodasini topgan. Mas, latishcha oʻrimchilar, gutsulcha oʻtin yoruvchilar, beloruscha zigʻirkorlar, oʻzbekcha „Pilla“ raqslari va h.k. Hunarmandchilik va boshqa mehnat turlari yuzaga kelishi bilan yangi xalq raqslari paydo boʻlgan: ukraincha bondar, karelcha toʻquvchilar, oʻzbekcha chevarlar raqsi va boshqa Xalq raqslarining koʻpligi marosim va ibodatlar bilan bogʻliq boʻlgan. Kishilar raqsning sehrli kuchiga ishonib, oʻyinraqslar bilan ajdodlar ruhiga, tangrilarga sigʻinishgan, yomon jinlarni haydashgan va h.k. Xalq raqsi orasida jangovarlik va bahodirlikni ulugʻlovchi raqslar ham koʻp uchraydi (gruzincha xorumi, oʻzbekcha qilich va tayoq bilan oʻynaladigan raqslar va boshqalar). Har bir xalqsa oʻz raqs anʼanalari mavjud. Gʻarbiy Yevropa xalqlarining raqslari aksar oyoq harakatlariga asoslanadi. Oʻrta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida diqqat koʻpincha qoʻl va tana harakatiga qaratilgan. Xalq raqsi negizida Yevropada sa^na raqsi, Sharqda (jumladan, Oʻzbekistonda) mumtoz raks yuzaga kelgan. Hozirda xalq sahna raqsi ansambllari deyarli barcha mamlakatlarda faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda qad. ommaviy (Beshqarsak kabi) oʻyinraqslari bilan birga yakka xalq raqslari ham keng oʻrin olgan (qarang YallaXalfaMavrigi). 1920-yillardan boshlab Ashula va raqs ansamblinint havaskor va professional jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Xalq sirkining kelib chiqishi qad. marosim, oʻyin va maishiy hayot bilan bogʻliq. Mas, Xitoy hunarmandlari toʻqilgan arqonning mustahkamligini koʻrsatish maqsadida uni tortib, ustidan yugurgan. Shu tarzda dorbozlik sanʼati yuzaga kelgan. Akrobatika dastlab ibodat marosimlari bilan bogʻliq edi. Professional akrobat, ekvilibrist, jonglyorlar Yunonistonda, Qad. Rimda, Xitoy, Vizantiyada maʼlum boʻlgan. Oʻrta asrlarda sayyoh artistlar shahar va qishloq maydonlarida chiqishlar qilib, akrobatika nomerlarini namoyish qilgan.
Tarixiy manbalarga koʻra, Oʻzbekiston hududida qad. zamonlardan xilmaxil sirk tomoshalari keng tarqalgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida va toʻybazmlarda xonanda, sozanda, qiziqchi va masxarabozlar bilan bir qatorda sirk artistlari ham tomosha koʻrsatishgan. Xalq sirki janrlari boy, rangbarangligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xususan, dorbozlik, simbozlik, yogʻochoyoq, yogʻochot, nayrangbozlik, besuyak va muallakchilik, jonglyorlik, hayvon oʻynatish kabi anʼanaviy sirk turlari keng rivoj topgan.
20-asrning 2-yarmida xalq sirki sohasida Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl), Usmonjon Nishonboyev, Madaminjon Yusupov, Kimsan Nazaraliyev (Andijon), Ergash va Hokimjon Parpiyevlar (Asaka), Lochin Usmonov (Fargʻona), Qosim Abdullayev (Buxoro), Qadam Jabborov (Xiva), Joʻraxoʻja Norxoʻjayev (Namangan) va boshqa samarali ijod qiddilar. Hozirgi Oʻzbekistonda 20 dan ortiq oilaviy sirk guruxlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarida Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl), Yunusali Gʻoziyev (Andijon), Toʻlqin Boltaboyev (Parkent), Ahmad Murodov (Qoʻqon), Ahmad Nabiyev (Fargona), Tursunali Mamajonov (Fargona), Bahrom Jabborov (Xiva), Abdimurod Ergashev (Samarqand), Saʼdulla Mamadaliyev (Qashqa d ar yo), Anvar Moʻydinov (Guliston) va boshqa rahbarligidagi xalq sirki jamoalarining ijrochilik mahorati sezilarli darajada oshib, repertuari anʼanaviy sirkning turli janrlari bilan boyib kelmoqda. Xalq sirki jamoalari barcha koʻriktanlovlarda qatnashib keladi. Koʻpgina xalq sirki jamoalari chet el gastrollarida boʻlib qaytmoqdalar.
Oʻzbekistonda xalq ijodining turli yoʻnalishlarini rivojlantirish, targʻib etish, xalq ijodi sohasida turli koʻriktanlov, festival va ommaviy bayramlarni tashkil etish bilan Respublika xalq ijodiyoti va madaniymaʼrifiy ishlar ilmiymetodik markazi shugʻullanadi. Shu jumladan, Oʻzbekistonda muntazam ravishda folʼkloretnografik jamoalari, askiyachi va qiziqchilar, toʻymarosim qoʻshiqlari ijrochilarining Respublika koʻriktanlovlari, milliy dorbozlar, anʼanaviy sirk sanʼati va havaskor qoʻgʻirchoq teatrlarining Respublika koʻrikfestivallari, „Boysun bahori“ xalqaro ochiq folklor festivali va boshqa oʻtkaziladi.
Xalq meʼmorligi insonning oʻzini tashqi muhitdan muhofaza qilish, oʻziga yashash uchun qulay sharoit yaratish yoʻlida qilgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab turgan joyning iklim sharoiti, landshaftini inobatga olgan holda boshpana kurgan. Qurilgan uylarda imorat tarhining qulayligi, konstruktiv asoslarining mustahkamligi, mahalliy xom ashyolardan keng foydalanish yoʻllari, imoratning tabiat injiqliklariga bardoshligi takomillashib borgan. Inson tafakkurining boy olami unda imoratning estetik jihatdan bezash orzuhavasini ham uygʻotadi. U xonalardan ayrimlarini rangbarang naqshlar bilan bezay boshlaydi.
Sinfiy jamiyat shakllangach, mehnat taqsimoti natijasida imorat qurish, uni bezash bilan bogʻliq aloxida sohalar yuzaga kelgan (ganchkorlik, natssoshlsh, yogʻoch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi). Bu sohalarni egallagan xalq ustalari, meʼmorlari asrlar davomida sinovdan oʻtgan tarh, tarz va konstruktiv asoslardan foydalanib kelgan. Natijada xalq meʼmoriy anʼanalari yuzaga kelgan, ayrim imoratlar sanʼat durdonasiga aylangan. Xalq meʼmorligi insonning nafaqat ijtimoiymaishiy va maʼnaviy talablarini qondirish, balki uning hayot xavfsizligini ham taʼminlab kelgan. Shuning uchun har bir oʻlka, viloyat, shahar, togʻ vohasi xalq meʼmorligi tarh, tarz, kompozitsiya jihatidan bir-biridan farq qiladigan anʼanalarga ega. Xalq ijodi anʼanalari 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida qurilib, hozirgacha saqlanib kelgan turar lsoylarda yaqqol yeyeziladi.
Jumladan, Buxoro uylari ikkiuch (darun—ichkari, berun — tashqari va xoʻjalik) hovlidan tashkil topgan. Asosiy yashash xonalari yozgi va qishkiga boʻlinadi. Yozgi xonalar oldida baland ayvon boʻlishi odat boʻlgan. Hovli kompozitsiyasi bir-biriga mutanosib joylashtirilgan baland ayvon va ayvonchalar hamda ularning xushbichim ustunlari bilan boyitilgan. Xona kompozitsiyasida shohnishin — mehmon oʻtiradigan boʻlinma did bilan bezatilgan. Boy xonadonlarda mexmonxonalar yon devorlari poddan shiftgacha koʻtarilgan tokchalarga ega boʻlgan. Ularning yuqori qismi ravoq shaklida boʻlib kosasimon sharafalsh) bilan bezatilgan. Tekis yuzali devorlar ham zanjira — rutalar bilan boʻlinmalarga taqsimlangan. Ular ichiga nihollari hamma tomonga yoyilgan, gullari qiygʻos ochilgan rangbarang guldastalar ishlangan.
Samarqand turar joylari ham darun va berun (ichki va tashqi) hovlilardan tashkil topgan. Samarqandda ikkinchi qavatdagi ayvonlar koʻchaga qaratilgan holda ham uchraydi. Xona ayvon yoki dahliz bilan „G“ harfi shaklida, uzunasiga, yonmayon tarhda birlashib, turli boy mujassamotlar tashkil qilgan. Mehmonxona koʻproq tashqi hovlida boʻlib, boy badiiy bezakka ega boʻlgan. Xona toʻridagi devor uch boʻlinmaga ajralib, koʻpincha oʻrtada tokchaband, ikki yonida oʻrinkoʻrpa uchun taxmon joylashtirilgan. Xona yon devorlarida kattakatta tokchalar toq sonda oʻrnatilgan. Hovliga qaragan devorda xona kattaligiga qarab ikki yoki uchta darcha nazarda tutilgan. Ular serhasham oʻymakori bagʻdodi eshiklar bilan hovli tomondan toʻsib qoʻyilgan. Darchalar oraligʻida kattakatta tokcha boʻlinmalari mavjud. Xona shifti koʻpincha kabza uslubida boʻlib, vassa va toʻsinlar rangbarang oʻsimliksimon naqshlar bilan toʻdsirilgan. Xiva turar joylarida hovli kichikroq boʻlib, asosiy qismi katta (ulu) ayvon va kichik (ters) ayvon bilan yopilgan. Ayvonlardagi katta va kichik oʻymakor yogʻoch ustunlar mayda naqshlar bilan bezatilgan, marmar kursilarga oʻrnatilgan. Xona havosi almashuvini taʼminlash uchun ulu ayvon xonadan ancha baland qilib qurilgan. Katta ayvon oʻzining joylashishi, oʻymakor baland ustunlari bilan hovli kompozitsiyasini bezab turadi. Xiva uylarida xona devorining yuqori qismiga devor yuzasidan boʻrtib chiqqan tokchalar bir chiziqda joylashtirilgan. Ular yuzasi nafis ravoqchalarga ega. Fargʻona turar joylari oʻzining simmetrik tarhi va tarzi bilan ajralib turadi. Bu yerda ikki xona oʻrtasida dahliz joylashtirilgan, ular koʻpincha hovli tomondan uzun ayvon bilan birlashtirilgan boʻladi. Mexmonxona oʻzining serhasham bezagi bilan qolgan xonalardan farq qiladi. Dahlizda turli tuzilishdagi bezakli moʻri oʻrnatilgan.
Toshkent turar joy meʼmorligida ham tashqi hovli uylari ikki qavatli qurilgan. Ikkinchi qavat markazida shiypon nazarda tutilgan. Shiypon yonidagi xonalar uchun usti berk, atrofi ochiq hovli vazifasini bajargan. Toshkent xalq turar joy meʼmorligida dahdiz yoki ayvon bir xona bilan yonmayon yoki ikki xona oraligʻida, ikki yoki uch xona burchagida boʻladi. Bu yerda qashqarcha ayvon keng qoʻllangan. Mehmonxona koʻpincha tashqi hovlining ikkinchi qavatida boʻlgan. Interyeri oʻzining ichki hashamatli bezagi bilan qolgan xonalardan ajralib turgan. Xona toʻridagi devor koʻp hollarda uch boʻlinmadan tashkil topgan. Ulardan oʻrtadagi yoki ikki chetidagisi taxmon boʻlishi mumkin. Xona yon devorlaridagi bitta yoki ikkita boʻlinma mayda tokchaband qilingan, qolgan boʻlinmalari kattakatta tokchalarni tashkil qiladi. Tokchalar ichiga binafsha va pushti rangda guldastalar ishlangan.
Oʻzbekiston shahar va qishloq xalq meʼmorligida imorat devorlari guvala, paxsa va yogochli sinchdan quriladi. Yakkasinchli va qoʻshsinchli devorlar shahar xalq turarjoy meʼmorligida keng qoʻllanadi. Koʻshsinchli devor mustahkam boʻlib, uning magʻzida taxmon va tokchalar oʻrnatilgan. Xonada tokchali devorlarshshg soni qoʻshsinchli devor soni bilan belgilanadi. Shuning uchun Samarqand uylari xonalarida ikki devor, Buxoroda — bir yoki ikki, Fargona va Toshxentda toʻrt devor qoʻshsinchli boʻladi. Tokchalar xoʻjalik buyumlarni saqlash, taxmonlar koʻrpatoʻshak va sandiqlarni joylashtirish imkonini beradi. Ular oppoq ganch hoshiyali boʻlib, mayda nafis naqshlar va ular zamiridagi kizil, koʻk, sariq ranglar xonaga oʻziga xos goʻzallik bagʻishlagan.
Oʻzbekiston togʻ hududidagi turar joylari ham oʻziga xos meʼmoriy anʼanalarga ega. Togʻning qiya yon bagʻrida joylashgan qishloqlar panoramasi uzoqsan koʻp qavatli yaxlit kompozitsiyali uyga oʻxshab ketadi. Uylarning tuzilishi, loyihasi koʻproq oʻsha joy tabiiy iqlim sharoitiga va landshaftiga bogʻliq hodda shakllangan. Shu sababli har bir viloyat togʻ vohasi va daralarda qurilgan uylar mujassamotini bir necha turga boʻlish mumkin.
Jumladan, Nurota togʻ qishloqlari xalq meʼmorligida pillapoya tuzilishidagi yoki ustmaust qurilgan ikki qavatli uylar, kam nishab maydonda bir qavatli qurilgan uylar asosiy oʻrin tutadi. Qashqadaryo togʻ turar joy binolarida sovuq obhavosidan himoyalanish maqsadida yashash xonalari, asosan, ayvon (baʼzida ikki, uch yoki hamma tomoni berk boʻlgan peshayvon) atrofida joylashgan. Ikkinchi qavatda uch tomoni xona bilan oʻralgan kichik hovlichalar tashkil etilgan. Surxondaryo togʻ uylari koʻpincha choʻzinchoq shaklda qurilgan, odd tomonidan uzun ayvonga ega boʻladi. Birinchi qavat tomi ikkinchi qavat uchun hovli vazifasini oʻtaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo togʻ xalq meʼmorligida qishki xona kirish eshigi yonidagi devor oldi yana bir devor bilan toʻsilgan. Ikki devor oraligʻida oʻchoq nazarda tutilgan. Fargʻona, Toshkent viloyati togʻli hududlarida ham oʻziga xos xalq meʼmorligi anʼanalari rivoj topgan, jumladan, uylar tarxdsa tomonlari teng katta xonalar koʻp uchraydi. Togʻ xalq meʼmorligida qurilish materiali sifatida sinch, paxsa, guvala bilan birga tosh devor ham ishlatilgan. Yana q. Amaliy sanʼat.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling