O’zbek xalqining II jahon urushiga qo’shgan hissasi


Download 340.52 Kb.
bet4/5
Sana23.01.2023
Hajmi340.52 Kb.
#1111228
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Yunoniston madaniyati

Yunonistondagi Olimpiada o’yinlar Olimp xudosi Zevs sharafiga bag’ishlab o’tkazilgan. Olimpiada o’yinlar asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiada o’yinlarida faqat jinoyat sodir etib, sha’niga dog’ tushirmagan ozod yunon ishtirok etishga haqli edi. Musobaqalarda uch karra g’alaba qozongan sporchisi Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnattirishga haqli bo’lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiada o’yinlarga qarab yuritganlar.

G’oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to’qilgan gulchambar bilan taqdirlangan. Ayollar Olimpiada o’yinlarida ishtirok eta olmasdi. Ayollar o’yinlar paytida hatto Olimp tog’i yaqiniga kela olmasdilar. Ayollar uchun yugurish bo’yicha alohida musobaqalar o’tkazilar edi.

Xulosa

Qadimgi Misrda haykallar fir’avnlarni tasvirlagan bo’lsa,Yunoniston san’atkor haykaltaroshlari o’z zamondoshlari haykallarini yasashgan.Ular haykallarda epchillik,kuch-qudrat,salomatlik va go’zallik singari har bir fuqoroni tarbiyalashda zarur bo’lgan fazilatlarni alohida bo’rttirib ko’rsatishga harakat qilishgan. Bu narsa ayniqsa Mironning “disk uloqturuvchi” degan haykaltaroshlik asarida yorqin ifoda etilgan. Yunon haykaltaroshlariHaykallar shu qadar ko’p ediki, tarixchilar Afinadan tirik odamlarga qaraganda jonsiz haykallar ko’proq deb yozishgan.

Eng buyuk yunon haykaltaroshlaridan biri Fidiy edi u Afinada Parfenon barpo etilishi va Akrapol qayta qurilishiga boshchilik qilgan.Uning mashhur asarlaridan biri Yer yuzidagi yetti mo’jizadan biri hisoblangan,bu yodgorlik Olimpiyalik Zevs haykali bo’lgan. Arxitektor va haykaltarosh Dedal Minos degan podsho uchun mashxur Labirint saroyini barpo etgan.

Akrapol markazida Parfenon bunyod etildi. Parfenon Yunonistondagi eng a’lo marmar toshlardan qurilgan yorug’lik tushishiga qarab o’z rangini oltin rangidan niliy yoki bo’z ranggacha o’zgartirib tuslanib turgan. Baland tepalik Parfenonning poydevori bo’lib xizmat qilgan.Ibodatxona go’yo qoyaga singishib ketib,uning bir qismiga aylanib qolgandek tuyuladi.Ustunlari bilan bino oldiga chiqib turgan peshtoq Parfenonga alohida ko’rk bag’ishlagan.Peshtoqning yuqori qismida xudolar siymosi tasvirlangan.


Download 340.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling