O’zbek xarakteri
Download 32.18 Kb.
|
O'zbek xarakteri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit
Shukur Xolmirzayevning “O’zbek xarakteri” hikoyasi lingvopragmatik tahlili Linguopragmatic analysis of Shukur Kholmirzaev's story "Uzbek character" Ulugmuradova Noila Azamatovna SamDU Filologiya fakulteti magistranti Annotatsiya: Maqolada tilshunoslikda lingvopragmatikaning yuzaga kelishi, taraqqiyoti, o’ziga xos xususiyatlari ko’rsatilgan. Shukur Xolmirzayevning “O’zbek xarakteri” hikoyasi lingvopragmatik jihatdan tahlil qilingan. Misollar orqali ko’rib chiqilgan. Kalit so’zlar: Lingvopragmatika, pragmalingvistik vositalar, semiotika, lisoniy birliklar, nolisoniy birliklar. “Pragmatika” – yunonchada “ish”, “harakat” degan ma’nolarni anglatib, nutqdagi til birliklarining funksionalligini o’rganuvchi semiotika va tilshunoslikning sohasidir. U Suqrotdan oldingi davrlarda ham qo’llanishda bo’lgan va keyinchalik uni J.Lokk, E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o’zlashtirganlar. Shu tariqa pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20-30- yillarida pragmatizm g’oyalarining keng targ’ibi aniq sezila boshladi.1 Insonning obyektiv olamdagi barcha ijtimoiy xatti -harakatlari uning nutqiy faoliyatida o`z ifodasini topadi. Shuning uchun inson nutqini o`rganish uning ma`naviy olami bilan tanishish imkoniyatini beradi. Lingvopragmatika tilshunoslik faning nazariy va amaliy tarmog’i sifatida insonning ijtimoiy faoliyatini o`zida mujassamlashtirgan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat ta`siri bilan namoyon bo`luvchi nutq ishtirokchilariga xos kommunikativ niyat bilan aloqador masalalarni o`rganadi. Shukur Xolmirzayev o`zbek hikoyachilik san`atining ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko`targan yozuvchilardan biridir. Uning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag`ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi.2 Shunday hikoyalaridan biri “ O’zbek xarakteri” hikoyasidir. “О’zbek xarakteri” hikoyasi millatning maishiy turmushidagi jihatlarni kо’rsatishiga kо’ra benazir asardir. Hikoyada о’zbekona andisha, mehmonnavozlik, bir-biriga kо’mak berish, о’z qadrini baland tutish singari sifatlar turmush tarzidagi xuddi shu sifatlarni aslida kemirishi, yо’q qilishi, tugatishi kerak bо’lgan nuqsonlar, qiyinchiliklar domida kо’rsatiladi. Hikoya yangi bir hikoya orqali boshlanadi va yozuvchi tilidan hikoya qilinadi. Hikoyada so’zlar pragmalingvistik jihatdan mohirona, hikoya mazmuniga mos tarzda qo’llanilgan. Har bir so’z, qahramonlar harakati, uzoq tarixga ega bo’lgan shonli o’zbek xalqi xarakterini ochib berishga qaratilgan. Hikoya qahramoni – Ergash rostgо’y yigit, tevaragida kechayotgan hodisalarni kо’rganiday hikoya qiladi. Shuning uchun ham “paxtada bо’lgan voqea” haqida bizda aniq tasavvur hosil bо’ladi. Asarda tasvirlangan Botir chо’pon oilasining turmushi bugungi kun nuqtai nazaridangina emas, hatto о’sha payt holatida ham ancha nochordir. Ergash bu oilaning uyini dastlab “bostirma” deb о’ylaydiki, qishloq joydan kelgan bu yigit bergan shu bahoning о’ziyoq Botir chо’pon turish-turmushi nechog’lik g’aribligini kо’rsatadi. Xuddi shu manzarani kо’rayotgan О’rmonjonning xulosasi esa tamomila bо’lakcha. U kо’rib turganiga ishonmagani bois Botir chо’ponning ayolidan “Bundan boshqa uchastkalaring ham bordir-da?” deb sо’raydi. Shu sо’rovning о’zi О’rmonjonning turmush darajasi haqida muayyan tasavvur beradi. O’zbekona turmush – qanoati, boriga shukur qilishi bilan gо’zal. Qorinning emas, kо’ngil tо’qligini muhim bilgan, jismoniy ochlikdan emas, ma’naviy qashshoqlikdan qо’rqadigan о’zbek kishisi oxirgi bir burda nonini ham bо’lishishdan og’rinmaydi, topganini о’rtaga qo’yishga о’zida kuch topibgina qolmay, bundan rohatlana biladi ham. Hikoyada quruq choy sо’ragan О’rmonjonning sо’roviga Botir chо’ponning ayoli munosabatini qarang: ―– Bor, bor, – ayol etagini apil-tapil tushirib, taroqni tashlab, kulbaga kirib ketdi. Oyog’ida eski kirza etik, uzun sochlari uchida sochbog’. Rangi о’ngib ketgan kо’ylagi g’ijim. Sal о’tmay bir banka bilan bir parcha gazeta kо’tarib chiqdi. Gazetani О’rmonga berib, ustiga bankani engashtirdi. Bir hovuchlar choy tо’kildi. О’rmon: – Bо’lar, rahmat, – dedi. – Kerak bо’lsa... – Kerak bо’lsa, yana sо’raymiz... – Bemalol, og’ajon. He, paxta, paxta... Mana, sizlar ham о’qishlaringni qoldirib, ota-onalaringni tashlab keldinglar. Baraka topinglar. Rahmat... Bir qarashda ayolning xatti-harakatlaridagi jonsaraklik (‘etagini apil-tapil tushirib, taroqni tashlab kulbaga kirib ketdi... bankani engashtirdi, bir hovuchlar choy tо’kildi’), gap-sо’zlaridagi samimiylik, hasharchilarni tushunishga harakat qilish (“kerak bо’lsa... bemalol, og’ajon... Mana, sizlar ham о’qishlarni qoldirib, ota-onalaringni tashlab keldinglar”) ularning yashayotgan turmushiga unchalik mos kelmaydi. Turmush va ruhiyat о’rtasidagi bu ziddiyat о’zbekning dunyoqarashidan kelib chiqib izohlangandagina tushunarlidir. Chunki paykal (dala)ning boshida qovun-tarvuzni, bog’da meva-cheva sotishni or deb biladigan, uyiga kelgan mehmonni rasamadiday kuzatmaslikdan nomus qiladigan о’zbek kishisi о’zidan kо’ra о’zgani о’ylaydi, о’ylay oladi. Hikoyada voqealarning jadallashishi yoki sustlashgani ko’proq yuklamalar hamda punktuasion belgilar orqali bildirilgan. Uning tilidan ishlatilgan “-da” yuklamasi uning soddaligi va mehribonligidan dalolat. Masalan: “Mol o’tlaydigan, bolalar chillak o’ynaydigan yer-da!” “Qadrdon, men uning o’zimga, mana shu ko’ngil qurg’urga yoqqan joyini aytdim: bunaqa joylar yoqadi-da!” Hikoyadagi murojaat birliklariga e’tibor qaratilsa, yozuvchi kitobxonga “qadrdon”, “mehribonim”, “do’stim”, “azizim” deb murojaat qiladi: Toshkentda bu so’zlarni eshitmaysiz-da, mehribonim. “Qadrdon, bizdayam bir momo bo’lgich edi.” E, do’stim, menga mana shunday kun zarda berib chiqayotganda namxush so’qmoqlardan yurish ham yoqadi-da! E, azizim, menga – bir faqir studentga shunday tuyulgan-da! Bundan tashqari bolaning onasiga nisbatan “opa” deya murojaat qilishi qishloq aholisi nutqiga xos jihat: Men ham hozir paxta teraman. Opamga terishaman. Bu ham o’zbek millatiga xos bo’lgan jihatning ko’rsatib berilishi. Bunga yana bir misol keltirsak, hikoya qahramonining qo’shni ayolga “opa”, qo’shni ayolning esa, hikoya qahramoniga “uka”, “og’ajon” deya yaqinlik ma’nosida murojaat qilishi ham o’zbeklarga xos jihat. Ushbu birliklar orqali o’zbeklarning garchi u bir birini ko’rmgan bo’lsa ham yuz yillardan buyon tanishdek o’tirib suhbatlashishi, ko’nglida suhbatdoshiga nisbatan ko’ngli xiraligi yo’qligi, samimiyati ko’rsatilgan. Yoki, ayolning eri haqida gapirganda “xo’jayin”, “u kishi” so’zlarini ishlatishi ham bunga misol bo’ladi.
Hikoyada Botir cho’pon va uning ayoli nutqida o’zidan yosh jihatdan kichik insonga nisbatan –lar affiksini hurmat ma’nosini ifodalagan jihatlar mavjud: -Shu bo’ladi, tomoqqa bog’lasalar –dedi. -Shu ukamiz hech narsa tatimadilar-da, deb qoldi. –Yo bizni pisand qilmayaptilarmi? Hikoyada kinoyadan ham unumli foydalanilgan: …Balki “uddalik” bobida ham ancha jo’n edik. Badiiy asarlarda shevalardan foydalanish ham kitobxonga asar voqealari qaysi hududda bo’lib o’tayotganligi haqida taassurot beradi.
Hikoyada haqorat so’zlardan “ukkag’ar” so’zi keltirilgan: Nuqul yig’lagim keladi, ukkag’ar. Sh. Xolmirzayev o‘zbek tili ifoda imkoniyatlarini juda chuqur bilgan, uning ifoda imkoniyatlaridan mohirona foydalana olgan talantli yozuvchi edi. Til birliklarining ma’noli qismlarini – semalarini, ularning birika olish imkoniyatlarini – valentligini juda chuqur bilar, uslubi betakror, o‘ziga xos edi. Yozuvchi asarlari juda ko‘p tadqiqotlar uchun manba bo‘ladi. Ushbu masala to‘g‘risida tadqiqotlarda, ta’lim bosqichlarida masalaning o‘rganilishi sohasida turli-tuman qarashlar, yondashuvlar yuzaga keldi. Shukur Xolmirzayevning hikoyalari tugallanmagandek taassurot uyg`otadi. O`quvchi asar davomini kutadi. Qahramonlar portretini chizmaydi, asosiy e`tiborini xarakter yaratishga qaratadi. Bu o`quvchini o`ylashga, chuqur mulohaza qilishga majbur qiladi. Asar qahramonlari ustidan chiqarilgan hukm o`quvchi e`tiboriga havola etiladi. Har bir o`quvchi qanday asar o`qimasin o`qigan asar qahramonlarining taqdirini o`zi xohlaganidek bo`lishini istaydi. Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev o`zbek tabiati, surati va siyratini, o`ziga xos fazilatlari-yu qusurlarini, xullas, o`zi mansub bo`lgan millat ruhiyatini mahorat bilan tasvirlovchi yozuvchidir. Adabiyotlar: Сафаров Ш. Прагмалингвистика. Монография. -Тошкент, 2000. -300 б. Йўлдошев М., Ядгаров Қ. Бадиий матннинг лисоний таҳлили. – Т., 2007. Холмирзаев Ш. Сайланма. IV жилдли. 2-жилд. – Тошкент, «Шарқ», 2005. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Тошкент: „Ўзбекистон миллий энсиклопедияси“ Давлат илмий нашриёти. 2006-2008 1 Ярцева В.Н. Лингвистический энциклопедический словарь. Москва 1990. 2 Мирвалиев С., Шокирова Р., Ўзбек адиблари. Тошкент, Фан , 2007-йил, 174-бет. Download 32.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling