O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari


O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari


Download 490.85 Kb.
bet3/13
Sana30.04.2023
Hajmi490.85 Kb.
#1403323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Samardinov O. O’ZBEK XONLIKLARI IQTISODIY VA SIYOSIY TARIXINING MANBASHUNOSLIK MASALALARI

O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
“Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shohiy”
“Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shohiy” asarining ijodkori XVI asrda о‘tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 yili Buxoroyi sharifda nufuzli mansablor xonadonida dunyoga kelgan. Otasi Mir Muhammad al-Buxoriy Buxoroning kо‘zga kо‘ringan boyonlaridan bо‘lib, shayboniy Ubaydullaxonning yaqin kishilaridan bо‘lgan, 1550 yilning boshlarida Koshg‘arga ketib qolgan va oradan ikki yil chamasi vaqt о‘tgach, о‘sha .rtda vafot etgan.
Hofiz Tanish Buxoriy о‘z davrining chuqur va keng ma’lumotli kishilaridan bо‘lib, 1584 yili Abdullaxon soniyning (1583-1598 yy.) yaqin odami Qulbobo kо‘kaltoshning tavsiyasi bilan Abdullaxonning xizmatiga qabul qilingan va uning shaxsiy voqeanavisi, tarixchisi vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy umrining oxirigacha shu lavozimda ishlagan. Maleho Samarqandiyning ma’lumotiga kо‘ra, Hofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zaharlab о‘ldirilgan.
Hofiz Tanish о‘zining “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shohiy” asari bilan nom chiqargan. Kitobda О‘zbekiston, Qozog‘iston, shuningdek, qisman, Afg‘oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon qilinadi. Undan tashqari, asarda Buxlol xonligi bilan Eron, Hindiston, Koshg‘ar va Rossiya о‘rtasidagi munosabatlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar bor. Asar XVI asrning 80-yillari oxirida yozib tamomlangan. Hofiz Tanishning zamondoshi shoir va adabiyotshunos olim Mutribiyning guvohlik berishiga qaraganda, asarning oxirgi qismini, xonning topshirig‘i bilan, qozi Poyanda Zominiy (1602 yili vafot etgan) yozgan. Lekin bu fikrni boshqa manbalar tasdiqlamaydi.
Sharafnomayi shohiyasari muallifning rejasiga kо‘ra, muqaddima, ikki qism yoki maqola va xotimadan iborat qilib yozilishi mо‘ljallangan.
O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari

Download 490.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling