O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari


Download 490.85 Kb.
bet6/13
Sana30.04.2023
Hajmi490.85 Kb.
#1403323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Samardinov O. O’ZBEK XONLIKLARI IQTISODIY VA SIYOSIY TARIXINING MANBASHUNOSLIK MASALALARI

“Tarixi Muqimxoniy”
“Tarixi Muqimxoniy” nomli tarixiy asar muallifi XVII asrda о‘tgan yirik olim Muhammad Yusuf Munshiydir. Asarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganla, asli balxlik bо‘lgan va Subxonqulixon (1651-1680 yillari Balx, 1680-1702 yillari Buxoro xoni) hamda Muhammad Muqimxon (1697-1707 yillari Balx xoni) saroyida munshiy bо‘lib xizmat qilgan.
Muhammad Yusuf Munshiy Muhammad Muqimxonga bag‘ishlangan “Tarixi Muqimxoniy”nomli asarini yozgan. Mazkur asar 1697-1704 yillar orasida yozilgan bо‘lib, Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. Muhammad Yusuf Munshiy agar “jahon hodisalarining kuchli shamoli uning (Muhammad Muqimxonning) hayot о‘tini о‘chirmasa, yо‘qsizlik dengizining tо‘lqinlari о‘ynoqi otini о‘z girdobiga tortib ketmasa” ushbu asarining ikkinchi qismini ham yozish niyatida ekanligini aytadi. Lekin “Tarixi Muqimxoniy”ning ikkinchi kitobi yozilmay qolgan. Fikrimizcha, bunga qandaydir kutilmagan hodisa, balki muallifning biron falokatga uchrab qolganligi sabab bо‘lgan.
“Tarixi Muqimxoniy” muqaddima va uch bodan iborat.
O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
“Ubaydullanoma”
“Ubaydullanoma” XVII asrda о‘tgan Mir Muhammad Amini Buxoriy asaridir. U о‘qimishli va fozil kishilardan bо‘lib, 1645 yilda tug‘ilgan, vafot yili ma’lum emas. Ashtarxoniylardan Subxonqulixon va Ubaydullaxon (1702-1711 yy.) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat qilgan.
“Ubaydullanoma” Buxoro xonligining 1702-1716 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiladi. Asar 1716 yildan keyin yozilgan, muqaddima, xotima va 80 bobdan iborat.
Muqaddimada muallifning hol-ahvoli, ya’ni Subxonqulixon hukmronligining sо‘nggi yillarida xizmatdan chetlashtirilib, og‘ir ahvolga tushib qolganligi va Uaydullaxon xizmatiga qabul qilinishi, Abdulazizxon va Subxlnqulixon davrida Buzoro xrnligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan.
1-80- boblarda Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702-1711 yy.) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif mazkur asarida katta yer egaligi, aholidan yig‘iladigan soliq va jarimalar, Buxoro xonligining ma’muriy tuzulishi, tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning afrim sabablari kabi masalalarga keng о‘rin bergan. Asarda geografik va etnografik ma’lumotlar ham kо‘p.
Xotimada muallif bilan zamondosh bо‘lgan va Buxoroda istiqomat qilgan olimlar, shoirlar, masalan, Sayido Nasafiy, Qosixoja, mulla Sarfaroz, Fitrat, Mulham, mashhur qozilar haqida qisqacha, lekin e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan.
“Ubaydullanoma” asarining 10 dan ortiq qо‘lyozma nusxasi mavjud. Asar A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va 1957 yili Toshkentda nashrdan chiqarilgan.

Download 490.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling