O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
bob. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL QILISH VA UNING AXBOROT BAZASI
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish shakllari va uning ijrochilari
bob. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL
QILISH VA UNING AXBOROT BAZASI Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning asosiy qoidalari Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning natijasi asosan, uning to‘g‘ri amalga oshirilishiga bog‘liq. Iqtisodiy tahlil qilish qator talablarga javob berishi lozim. Ya'ni, u reja va yangi metodikaga asoslanishi hamda analitik jarayoni samarasini ta'minlab berishi kerak. Boshqaruv uchun analitik ishlanmalami bir tartibda, o‘z vaqtida hamda tushunarli tarzda yetkazib berishni ta'minlash uchun iqtisodiy tahlilni tashkil qilish va o‘tkazish jarayonlari quyidagi talablarga asoslanadi. Majburiyatlami taqsimlanishi. Tahlilni amalga oshirish bo'yicha majburiyatlar alohida ijrochilarga bo‘lib beriladi hamda u bo‘yicha ma'sul belgilanadi. Tahlil kamchiqim natijasi esa samarali bo‘lishi zarurur. Tahlilni amalga oshirishda tahlilning yangi usullari, ma'lumotni kompyuter texnologiyalari yordamida o‘rganish, ma'lumotni yig‘ish hamda uni saqlashning ratsional usullari keng miqyosda ishlatilishi lozim. Natijalardan esa turli maqsadlarda foydalanish imkoniyati ta'minlanishi shart. U asosida qabul qilingan qarorlar aniq ijobiy yakunlar bilan tugashi kerak. Ma'lumotga bo‘lgan ehtiyojlami to‘la qondirishga yo‘naltirilishi. Tahlilni turli subyektlarining informatsion talablami imkon qadar to‘la qondirish yo‘llarini hamda tahlilni o‘tkazishga ketgan xarajatlarni kamaytirish bilan uyg‘unlashtirib olib borish. Tahlil ishlarini reglamentatsiyalash va unifikatsiya qilish. Reglamentatsiyalash har bir ijrochidan majburiy talab qilinadigan jadval va natija shakllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Tahlilni unifikatsiyalash (standartizatsiyalash) metodik qo‘llanmalami, natija shakllarini, jadvallami, standart programmalami, umumiy baholash mezonlarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilish tahlil ishlari samarasini keskin oshiradi. Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish shakllari va uning ijrochilari Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish boshqaruv apparati tarkibi va texnik darajasi bilan izohlanadi. Yirik ishlab chiqarish korxonalarida hamma iqtisodiy bo‘limlar faoliyatini iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor muovini yoki bosh iqtisodchi boshqaradi. U korxonada barcha iqtisodiy ishlami, shu jumladan iqtisodiy tahlilni ham tashkil qiladi. Uning boshqaruvida iqtisod va ishlab chiqarishni tashkilqilish bo^^^mu, reja-iqtisod bo‘limi, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limi, buxgalteriya hisobi, moliyaviy bo‘lim va boshqa bo‘limlar bo'ladi. Korxonada alohida tarkibiy tuzilish bo‘linmasida bo‘lim yoki iqtisodiy tahlil guruhi tahlil ishlarini olib boradi. 0‘rta yoki kichik korxonalarda analitik ishni reja bo‘limining menedjeri yoki bosh buxgalter boshqaradi. Iqtisodiy tahlil nafaqat iqtisod bo‘linmalari xodimlari majburiyatlariga, balki u texnik bo‘linmalar xodimlarining ham (bosh mexanik, energetik, texnolog, yangi texnika va boshqalar) majburiyatiga kiradi. Iqtisodiy tahlil bilan sex bo‘linmalari, brigada va uchaska rahbarlari va boshqalar ham shug‘ullanadilar. Bu iqtisodiy bo‘linmalarda xodimlar yuqori malakaga ega bo‘lmasalarda, ulaming ishtirokisizf korxonada iqtisodiy tahlilni chuqur, har tomonlama . va mukammal o‘tkazib bo‘lmaydi. O‘rganilayotgan masala bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lgan iqtisodchilar, texniklar, texnologlar, turli xil ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlarining birgalikdagi harakatlari bilan qo‘yilgan masalani kompleks tadqiq qilib, uni hal qilish uchun maqbul variantni topish mumkin. Misol uchun korxonada iqtisodiy tahlil funksiyalari quyidagi holda taqsimlanishi mumkin: Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling