O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


-chizma. Axborotlarning qayerda ifodalanishi bo'yicha tasnifi


Download 1.1 Mb.
bet107/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

5.10-chizma. Axborotlarning qayerda ifodalanishi bo'yicha tasnifi.
Og‘zaki axborotlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘li- nadi: so‘rovga javob tariqasida berilgan axborot, bevosita mulo- qotda beriladigan axborot, ma'ruza va nutqlar orqali beriladigan axborotlar.
So‘rovga javob tariqasida beriladigan axborotlar ko‘pincha rahbarlar, jurnalistlar, ilmiy xodimlar va boshqa tahlilchilarning intervyulari orqali aniqlanadi va olinadi. Masalan, tahlilchi iqtisodiy islohotning jadal borishini asoslash uchun tuman hokimiyatiga ba'zi savollar bilan murojaat qilib, ulaming javoblari asosida o‘z xulosalarini yanada boyitish va chuqurlashtirishi mumkin.

5.11-chizma. Og'zaki iqtisodiy axborotlar tasnifi
Muloqot paytida bcriladigan axborotlar ha xulosa chiqarish va ma'lum qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘ladi. Masalan, ustoz- shogird muloqoti shogird uchun juda ko‘p axborot berishi mumkin. Yoki mutaxassislaming dehqonlar bilan muloqotini misol keltiray- lik. Dehqonlarga qachon, qancha o‘g‘it berish, necha marta haydashi, qachon o‘rishi, qanday o‘rishi kabi ko‘rgazmalar ham og‘zaki muloqot orqali berilishi mumkin.
Ma'ruza va nutqlar orqali ham juda ko‘p ma'lumotlar beriladi. Masalan, 0‘zbekistonning boshqa hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida tutgan o‘mi, aholining va mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish sur'atlari kabi ma'lumotlar tinglovchilarga to‘g‘ri va aniq xulosa chiqarish uchun juda zamr ma'lumotlar bo‘lib hisoblanishi mumkin. Yoki notiqning biron-bir sohada samaradorlikni oshirish uchun olib boriladigan ishlar ko‘lami va natijalari to‘g‘risidagi ma'ruzasi aynan shu sohaga kimvchi bitta korxona rahbari uchun o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilishda asos bo‘ladi.
Juda ko‘p axborotlami radio, tclcvidcniya kabi og‘zaki axborot vositalaridan ham olish mumkin. Tclcfonogramma ham bcvosita og‘zaki axborot vositasi sifatida kcng qo‘llanilmoqda.
Shunday qilib, og'zaki axborotlar hozirgi paytda, tahlil qilish, ma'lum xulosa chiqarish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun kcng ko‘lamda qoTlamlmoqda. Kclajakda csa uning rivojlanishi, qo‘llanilish doirasining kcngayishi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun kcng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Kclajakda csa uning rivojlanishi, qo‘llanilish doirasining kcngayishi, boshqaruv uchun asos bo‘lishi shak-shubhasizdir.
Hujjatlarda ifodalanadigan axborotlar hozirgi sharoitida iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan asosiy axborotlardir. Ta'kidlan- ganidck, sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar, cng awalo, hujjatlarda ifodalanadi. 6u hujjatlar mulkdor, davlat, ish bcmvchi va sohibkoming manfaatini, haq- huquqini ifoda ctish bilan birga, ulami himoyalaydi ham. Masalan, ish bcmvchi sohibkoming qancha ishlaganiga qarab jsh haqi to‘laydi. Mulkdor o‘z mulkini bir kishiga xatlab ijaraga bcrgan bo‘lsa, ijarachi shu mulkni son va sifat jihatidan saqlanishi uchun javobgar va h.k.
Demak, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda hujjatlarda ifoda elilgan axborotlaming ahamiyati beqiyos. Hujjatlar ham juda ko‘p, ular turli-tuman. Bu haqda buxgalteriya hisobi fanida to‘liq ma'lumotlar beriladi.
Iqtisodiy tahlilda hujjatlaming jamlangan qismlaridan foydalaniladi. Ular ko‘pincha buxgalteriya, statistik va tezkor hisob-kitoblarda ifodalanadi. Iqtisodiy jarayonlarni aks ettiradigan hujjatlarda ifodalanadigan birlamchi axborotlar asosan korxona rejasida, buxgalteriya, statistik va tezkor hisob va hisobotlarda o‘z aksini topadi. Buni quyidagi chizmada ifodalangan.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling