O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
-chizma. Iqtisodiy tahlilning tarmoq tamoyili bo ‘yicha tasnifi
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlilning boshqa turlari
- makroiqtisodiy tahlil o‘rgatadi.
- Mikroiqtisodiy tahlil
5.8-chizma. Iqtisodiy tahlilning tarmoq tamoyili bo ‘yicha tasnifi.
Iqtisodiy tahlilni kengaytirilgan ishlab chiqarish bosqichlari bo'yicha tasnifi quyidagi rasmda ko‘rsatib o‘tilgan. 5.9-chizma. Iqtisodiy tahlilni kengaytirilgan ishlab chiqarish bosqichlari bo yicha tasniflanishi. Shuni e'tirof etish kerakki, ushbu guruhga kiruvchi tahlil turlari alohida fan yoki tahlil turi sifatida o‘qitilmaydi. Amaliyotda ham bu tahlillar alohida mavjud emas. Ammo har bir bosqich tahlili turli tarmoqlar tahlilida o‘z ifodasini topadi. Masalan, ishlab chiqarish sohasining tahlili sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish kabi ishlab chiqarishga oid sohalar tahlilida ham savdo korxonalari (ulgurji, chakana) xo‘jalik faoliyatining tahlilida o‘z ifodasini topadi. Xuddi shunday gaplami boshqa sohalar uchun ham aytish mumkin. Tahlilning boshqa turlari Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar jamiyatning barcha jabhalarida sodir bo‘ladi. Ulami o‘rganish uchun iqtisodiyotni turli darajalari bo‘yicha tasniflash lozim. Bular shu jihatdan ikkiga: makroiq- tisodiy va mikroiqtisodiy daraj aga bo‘liiadi. Makroiqtisodiyot daraj asida sodir bo‘layotgan ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlami makroiqtisodiy tahlil o‘rgatadi. Bu mamlakat miqyosida milliy-iqtisodiyot holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Masalan, yalpi milliy mahsulot, aholining daromadlari, milliy daromad kabi ko‘rsatkichlar shu makroiqtisodiyot darajasidagi ko‘rsatkichlarga kiradi. Mikroiqtisodiy tahlil esa bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bu tahlilda korxona, birlashmalar faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar o'rganiladi. Masalan, ishlab chiqarilgai mahsulot (ish, xizmat) hajmi, foyda, rentabellik darajasi, mehnat unumdorligi, korxonalar ish va bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va h.k. Shuni ta'kidlash joizki, hozirgacha makroiqtisodiy tahlil bilan bir qancha tahlilga oid bo‘lmagan fanlar (iqtisodiy nazariya, statistika kabilar) shug‘ullanadi. Ushbu fanlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati o‘rganiladi, xolos. Ammo hozirgi paytda 0‘zbekiston uchun makroiqtisodiy tahlil obyektiv zaruriyatga aylandi. Respublika Vazirlar Mahkamasida, barcha hokimliklarda «Axborot va tahlil» guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulaming vazifasi bevosita makroiqtisodiy tahlil bilan shug‘ullanishdan ibo- ratdir. Shunga qaramay hamon makroiqtisodiy tahlil metodo- logiyasi ishlab chiqilmagan. Makroiqtisodiy tahlilda makro darajadagi ko‘rsatkichlaming holati bilan birga ulaming o‘zgarishiga ta'sir qiluvchi omillar ham o‘rganiladi. Bu faqat makroiqtisodiy tahlilning vazifasi, maqsadi va obyektiga kiradi. Shu tufayli makroiqtisodiy tahlilning metodologik va nazariy asosi yaratilishi lozim. Mavzuga oid tahlil. Xo‘jalik faoliyatida muayyan mavzuga oid bo‘lgan jarayonlar va ularga tegishli bo'lgan obyektlami alohida tarzda, batafsil va tizimli o‘rganishga ehtiyoj mavjud bo‘ladi. Misol uchun, mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishning tahlili, asosiy vositalar tahlili, material resurslar va ulardan foydalanish tahlili kabilar. Ushbu tahlilda mavzuga oid barcha jihatlar chuqur va keng ko‘lamda o‘rganiladi. Boshqa tahlil turlarida mavzuga tegishli jihatlar tahlil turilari maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib o'rganiladi, xolos. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling