O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


mahsulot uchun sarflanadigan xarajatni mazkur mahsulotga bo‘lgan talabni oshirish bilan bir vaqtda kamaytirilishini ta'minlash


Download 1.1 Mb.
bet103/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

mahsulot uchun sarflanadigan xarajatni mazkur mahsulotga bo‘lgan talabni oshirish bilan bir vaqtda kamaytirilishini ta'minlash;

  • xarajatlami maqbul darajada saqlagan holda mahsulotning sifat darajasini oshirish;

    , - xarajatlarni kamaytirgan holda sifat darajasini saqlab qolish
    va boshqalar.
    Tahlilning asosiy vazifalaridan yana biri - ishlab chiqarishni texnalogik Jarayoaida sodir bo‘layotgan barcha salbiy xarajatlar to‘g‘risida ma'lumotlami jamlab, ulami bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishdir.
    Funksional qiymatli tahlilning aatijalariai baholashda uch xil yondashish bo‘ladi. Bundan birinchisi muammoli yondashish, bunda milliy iqtisodiyot yoki tarmoq miqyosida ayrim muammolaming echilishini ko‘riladi. Misol uchun quyosh energiyasini foy^dalanishni yo‘lga qo‘yilishi natijasida bu sohada mamlakatda qanday muammolar hal qilinadi. Bu bilan tarmoqda, joylarda energiyaning etishmaslik muammosini tugatildimi? kabi savollarga javob topiladi.
    Ikkinchi yondashish - bu kreditli yondashishdir. Bu funksional qiymatli tahlil yordamida aniqlangan obyektning amaldagi faoliyati maqsad darajasidami, iqtisodiyotdagi ortiqcha xarajatlami kamaytirdimi? kabi savollami ko‘rib chiqadi.
    Uchinchi yondashish - bu izlanuvchanlikdir. Bu yondashuvda funksional qiymatli tahlilaiag obyektida ilgari ko^rilmagan kamchiliklami qayta o‘rganib amaliyotga qo‘llaydi yoki qo‘shim- cha fikriar beriladi.
    qiymatli tahlil asosiy kriteriylarga ega bo‘lib, ular quyidjgilandjn iboratdir:

    • iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ya'ni ishlab chiqarish hjjmiai ifodalovchi ko‘rsatkichlar, taanjnx, neatjbe^ik va boshqalar.

    • texnik - konstruktorlik ko‘rsatkichlar, ya'ni yaratilgan obyektning tuzilishi va uning iqtisodiyotda kerakligi, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki foydalanish ko‘rsatmalari, asosiy sarflanuvchi materiallar va material sig‘imi, detallaming sotib olish hajmi va hokazo.

    • ishlab chiqarish jarayonidagi keraksiz texnalogik ko'rsat- kichlar - ishlab chiqarish yoki texnikani ishga solish jarayonida atrof-muhitni ifloslanishi, qiyin ishga tushirilishi yoki katta hajmdagi mehnatni talab qilishi, katta ko‘lamni egallashi va boshqalar.

    • ishlab chiqarish obyektida resurslar sarfi chegarasini belgilovchi ko‘rsatkichlar. Bunda fizik-texnik resurslar zaxirasi, foydalanishdagi resurslar zaxiralari, texnalogiyani qo‘llab-quwatlash va obyektni loyihalashdagi, obyekt hujjatida talab qilgan me'yordagi resurslar sarfini kafolatlash kabi ma'lumotlar o‘rganiladi.

    Ishlab chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ma'lumot barcha boshqaruv organlariga uning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rsatil- gan holda taqdim etilishi lozim.
    Funksional qiymatli tahlil yordamida ko‘rsatilgan reja ijobiy deb topilsa uni amalda ko‘rsatib, tashviqot ishlarini olib boradilar.
    Funksional qiymatli tahlil,, injenerlik, iqtisodiy, huquqiy, texnologik masalalami barchasini mujasamlashtirgan holda jarayonlami va hodisalami oxirgi natijasidan awalroq bilib, o‘rganib turadigan tahlil turidir. Bu tahlil turi eng rivojlangan mamlakatlaming ishlab chiqarishida amalda ko‘llanilib katta ijobiy taraflami egallashga musharraf bo‘lgan.
    Funksional qiymatli tahlilning shu bilan bir qatorda salbiy taraflari ham mavjud bo‘lib, unda barcha bajariladigan isltlar eng optimal variant deb qaraladi va uning yangi texnologiyalaming kirib kelishini sekinlashtiradi. Chunki bu ishlar oldindan ko‘rilgan optimal variant va uzoq davrga mo‘ljallangan deb qaraladi. Bu salbiy taraflami oldini olish uchun faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat kuchlari qatlamini ma'naviy tarafdan boyligini oshirib borish lozim.
    Funksional qiymatli tahlilda iqtisodchilar bilan bir qatorda injener, texnolog, oddiy ishchilami mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qatnashuv darajasini takomillashtirish ishlari ham ko‘rib chiqiladi. Umuman bu tahlil har bir faoliyatni aniq o‘lchangan va natijalashtirgan holda ko‘radi.

    1. Diagnostik tahlil

    Jahon moliyaviy-iqtsodiy inqirozini sabab-oqibatlarini o‘rganishdan olingan saboqlardan biri korxona faoliyatini iqtisodiy jihatdan o‘rganishda voqeliklami yuzaga kelayotgan belgilari hamda simtoplari orqali, ulaming tavsiflash asosida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar va ulaming natijalami oldindan ilmiy asosda bashoratlash zarurat ekanligidir. Oldindan bashoratlangan natijalar maqsadga muvofiq bo‘lsa jarayon o‘z yo‘nalishda davom ettiriladi. Agar, jarayon natijasining samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi omillar aniqlansa topilgan omillar chora-tadbirlar vositasida faoliyatga joriy etiladi. Basharti, diagnostika natijalari salbiy holatlami ko‘rsatsa, unda reja va byudjet ko‘rsatkichlari bozor talablari hamda korxona imkoniyatlari asosida qaytadan ko‘rib chiqiladi va zarur o‘zgartirishlar oldindan amalga oshiriladi. Diagnostika tahlil qisqa yoki uzoq muddatli voqeliklami o‘rganib ulami iqtisodiy holatning istiqbolli natijalarini hamda rivojlanishini ko‘rsatib beradi. Demak, mazkur tahlil turi korxona faoliyatini boshqarishning asosiy funksiyalaridan birini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Yana, hozirgi davrda iqtisodiy tahlil uchun kerakli manbalar hajmi qisqarib borishi, ulaming o‘zgarib turishi, tahlil ishlarini me'yoriy manbalar bilan ta'minlash qiyinlashib borayotgan sharoitda diagnostik tahlilga ehtiyoj kuchaymoqda. Chunki kam ma'lumotlar asosida yuzaga keladigan holatlami oldindan to‘g‘ri ko‘rsatib berish bugungi kun talabidir.
    Korxonalarda iqtisodiy diagnostika ko‘plab turdagi kompleks analitik vazifalarni hal etish imkonini beradi.
    Iqtisodiy diagnostikada barcha turdagi ma'lumotlar manbaidan foydalanish uning aniqligi va ishonchliligini oshiradi.
    Iqtisodiy diagnostika korxona faoliyati darajasida uchta bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda diagnostik tahlil o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan ko‘rsatkichlar ro‘yxati tuziladi.
    Ikkinchi bosqichda o‘rganiladigan parametrlar bo‘yicha analitik tadqiqotlar olib boriladi. Uchinchi bosqichda diagnostikaning natijasiga va olingan ma'lumotlaming boshqaruv jarayonlarida foydalanishiga baho beriladi.

    1. Ichki xo‘jalik va korxonalararo tahlil

    Iqtisodiy tahlilning obyekti xo‘jalik yurituvchi subyektlardir. Bularga falsafiy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, makon deb qarash mumkin. Makon nuqtai nazaridan iqtisodiy tahlil ikkiga bo‘linadi: ichki va tashqi.
    Ichki iqtisodiy tahlil deganda shu xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan tahlil tushuniladi. Masalan, aksiyadorlik jamiyati xo‘jalik faoliyati tahlilini oladigan bo‘lsak, faqat shunga daxldor kishilar tomonidan o‘tkaziladigan tahlildir.
    Tashqi iqtisodiy tahlil deganda shu xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqa tashqi subyektlar tomonidan o‘tkaziladigan tahlil tushuniladi. Masalan, aksiyadorlik jamiyati xo‘jalik faoliyatini assosiatsiya, soliq idoralari, bank xodimlari, statistik va moliya organlari tomonidan tahlil qilinishi mumkin. Bu tahlil tashqi tahlilga misol bo‘ladi va ular moliyaviy hisobotlarga asosan ajratiladi.
    Ushbu tahlilning tasnifi va tavsip quyidagi chizmada keltirilgan.


    Download 1.1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling