Shu yo‘l bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiq- tisodiy samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Samaradorlikni oshirish evaziga ushbu subyektning moliyaviy barqarorligini, uning raqobatga bardoshliligini ta'min- lash, ishdagi va bozordagi faolligini ko‘tarish kabilardan iboratdir.
Ushbu vazifalami bajarish korxonalarda bir yoki ikki kishining ishi emas. Iqtisodiy tahlilni bir kishi amalga oshirishi mumkin. Ammo, FQTni unday qilib bo‘lmaydi. Buni bajarish uchun har bir xo‘jalik subyektida FQT o‘tkaziladigan guruh bo‘lishini taqozo qiladi. Bu guruhga iqtisodchi, menedjer, marketolog, buxgalter, moliyachilar. ichki audit xodimlari, ilmiy xodimlar (maslahatchilar) kirishi lozim. Bunda «fikrlar hujumi», «yetti marta o‘lcha», evristik, mantiqiy, sinektika kabi ko‘plab usullardan foydalanish lozim.
Funksional qiymatli tahlil - ishlab chiqarish sikli davomida sodir bo‘ladigan xarajatlar to‘g‘risida maTumotlami jamlab, sodir bo‘lgan sarflami kamaytirish yoki uni maqbul darajalarini ko‘rsatishdan iboratdir.
Ushbu tahlilning obyekti muayyan mahsulot, uning ishlab chiqarish jarayoni hamda texnik-texnologik tizimi hisoblanadi. Misol uchun, korxona traktor ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Demak, traktor uning obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Funksional qiymatli tahlil o‘z ichiga xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning dastlabki faoliyatlarini ham qamrab oladi, ya'ni kerak bo‘ladigan mablag‘lar, ilmiy-metodik ishlar, texnik- iqtisodiy. usullar, qurollanish bazasi, oshiqcha xarajatlami kamaytirish yoki ular uchun qo‘shimcha mablag‘lami ajratish va hokazolar. Bu ishlaming amalga oshirilishi faoliyat funksiyasini har tomonlama o‘rganib ulaming sarflash kerak bo‘lgan xarajatlari bilan birga belgilanib olinishidan boshlanadi. Mazkur tahlil tunning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan barcha omillami xarajatlar bilan birga bog'liq holda tahlil qilishni ta'minlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |