FQTning bozor munosabatlari sharoitidagi vazifalari. FQT erkin bozor munosabatlari shakllanayotgan va shakllangan sharoitda iqtisodiyotning hamma sohasida qo'llanilishi mumkin. Undan loyihalashtirishda, biror obyektni takomillashtirishda, texnika va texnologik jarayonlarni tahlil qilishda, iqtisodiyotning hamma bo‘g‘inlarida, boshqarishda, xizmat sohasi kabilarda foydalanish mumkin. Ushbu ish bevosita iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishga bag‘ishlanganligi tufayli biz FQTning faqat shu sohada qo‘llanilishiga to‘xtalamiz, xolos.
FQTning ahamiyati 0‘zbekistonda bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda yanada oshdi, chunki bu iqtisodiyot har bir xo'jalik yurituvchi subyektning o‘z faoliyatini mukammal tahlil qilib borishini, ishi, mahsuloti va xizmati sifatini uzluksiz oshirib borishini talab qilmoqda. Bu tadbirlar shu subyektning erkin raqobat sharoitida uning raqobatbardoshligini ta'minlaydigan asosiy omillardir. Zero, iqtisodiy erkinlik o‘z navbatida iqtisodiy mas'ullikni ham keltirib chiqaradi. (
Har qanday mahsulot (tovar), bajarilgan ish, ko'rsatilgan xizmat iste'molchiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Iste'molchi uchun esa ulaming eng awalo sifati, so‘ngra narxining arzonligi kerak. Aynan ana shu ko‘rsatkichlarga FQTni qo‘llash orqali erishiladi. Demak, ushbu tahlilning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va vazifasi yanada oshadi.
FQTning asosiy vazifalari:
FQT qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik subyektining iqtisodiy faoliyatini, tovar, ish, xizmat kabi jarayonlami aniqlash;
Tahlil qilinadigan obyektda bajariladigan fmksiyalami (asosiy, yordamchi, nokerak) va ulaming har biriga ketadigan xarajatlar miqdorini (pul, vaqt birligida) aniqlash;
Nokerak fimksiyalami bartaraf qilish yo‘li bilan tovar, ish, xizmat sifatini yaxshilagan holda, ularga ketadigan xarajatlami kamaytirish evaziga, korxonaning (xo‘jalik yurituvchi subyektning) umumiy moliyaviy ahvolini yaxshilashni ta'minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |