tahlil natijalari sir saqlanadi.
Korxona faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlilining asosiy vazifalari:
ko‘rsatkichlami bazis davridan farqlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillami o‘rganish;
xo‘jalik faoliyati samaradorligini obyektiv ravishda baholash;
biznes-rejani ilmiy jihatdan asoslanganligi, uning bajari- lishini nazorat qilish;
mahsulot hajmini oshirish, uning tannarxini pasaytirish bo‘yi- cha foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash, o‘tkazilgan sinov natijalarini atroflicha o'rganish va ulami umumlashtirish.
Chuqur va aniq, obyektiv tahliliy xulosalarga bir qancha turdagi axborot manbalariga ishlov berish orqali erishiladi. Iqtisodiy tahlil uchun ichki axborot manbalari muhim ahamiyatga ega. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:
ta’sis hujjatlari;
asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar tarkibi, ular qiymati, xo‘jalik operatsiyalari hamda korxonaning daromad va xarajatlarini o‘zida ifoda etuvchi dastlabki hujjatlar;
texnik - loyihalarga oid hujjatlar
investorlar, mol etkazib beruvchilar, haridorlar, qarzdorlar, emitentlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlami ifodalovchi yuridik xujjatlar;
buxgalteriya hisobining analitik ma’lumotlari;
tezkor va statistik hisob ma'lumotlari;
buxgalteriya hisoboti;
nazorat organlarining dalolatnomalari, auditor va soliq inspeksiyalari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv xulosalari, tijorat banklarining dalolatnomasi;
me'yoriy hujjatlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |