O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet106/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Marjinal tahlil. Xarajatlaming doimiy va o‘zgamvchan turlarga ajratib foyda hajmini aniqlash va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan tahlildir.
Texnik-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlil turi aniq mehnat bilan mahsulotning belgilangan sifatlarini saqlab qolgan holda, natural ko‘rinishida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarni sabab-oqibat asosida o‘rganadi. Bunga misol qilib mehnat resurslari, asosiy vositalar, xom-ashyolar, texnologiyalar va shu kabilami moddiy ko‘rinishdagi o‘zaro uzviy faoliyatini ko‘rsatish mumkin. Mazkur tahlil olib borishdan maqsad ulami o‘zaro yanada muvofiqlashtirish hamda bu boradagi innavatsion yangiliklami joriy qilishdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil. Har qanday iqtisodiy faoliyatdan kutilayotgan asosiy natija u jamiyatga (korxona va uning xodimlari, korxona faoliyati bilan bilvosita bog‘liq bolgan insonlar hayoti va shu kabilar) qanday ijtimoiy sharoitlar yaratgani va ulaming rivojlantirib borayotganligi bilan baholanadi. Misol uchun, ishlab chiqarishda xodimlar sog‘ligiga zarar yetkazmaydigan sharoitlami yaratish, xodimlar sog‘ligini doimo mustahkamlovchi omillami vujudga keltirish, maishiy, o‘y joy, sport, ma'naviy tadbirlar va shu kabilar. Bu bilan me'yordagi mehnat sharoitlari tashkil etiladi. Xuddi shu jihatlar ijtimoiy tahlil vositasida o‘rganiladi. Maqsad esa yaxshi sharoit qanchalik ish unumini oshishiga ta'sir etayotganligini va ular o‘rtasidagi sabab-oqibatlami bilishdir.
Iqtisodiy-ekologik tahlil. Korxonalar faoliyatida ekologiya bo‘yicha tahlilni olib borish davrimizning dolzarb vazifasidir. Mazkur tahlilda jamiyatning, xususan korxona faoliyatining tabiat bilan munosabati hamda unga ko‘rsatayotgan ta'sirlari tadqiq qilinadi.
Ekologiya tahlilini olib borishdan maqsad jamiyat va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni doimo saqlash hamda uni imkon qadar yaxshilashdir. Ekologik tahlilni samarali amalga oshirish jamiyatning rivojlanish darajasidan kelib chiqadi.

  1. Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan axborot turlari va
    ulaming manbalari


0‘zbek tilining izohli lug‘atida axborotga ikkita izoh berilgan:
Xabar; xabarlar, ma'lumot, informatsiya.
Vaqti-vaqti bilan chiqib turadigan ba'zi to‘plamlaming nomi. Bulaming ichida iqtisodiy tahlilga mosroq atama bu ma'lumotdir.
Ushbu kitobda “Ma'lumot” atamasiga ham ikkita izoh berilgan: 0‘qish o‘rganish natijasida olingan bilim darajasi.
Xabar, axborot. Dalil bo‘ladigan hujjat, raqam va shu kabi materiallar.
Ko‘rinib turibdiki, bu ikki holda ham axborotlaming mazmuni iqtisodiy tahlil va boshqaruv nuqtai nazaridan yetarli darajada ochib berilmagan. Bizning fikrimizcha, axborotlar tabiat, jamiyat va inson tafakkurida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘risida doimiy ravishda olinishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar majmuasidan iboratdir. Lekin iqtisodiyotni boshqarish va tahlil qilish uchun bizga barcha axborotlar ichidan ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar o‘z ichiga olgan iqtisodiy axborotlar zarur.
Iqtisodiy axborotlar iqtisodiyotda sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lum bir huquqiy kuchga ega boigan ma'lumotlar majmuidan iboratdir. Masalan, o‘tgan davrda .ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi to‘g‘risidagi axborotni biz ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘tgan davrdagi hisobotidan olamiz. Hisobot tashkilot rahbarining va bosh buxgalteming yoki boshqa mas'ul shaxslaming imzosi va shu imzolami tasdiqlovchi yumaloq muhri bosilgan bo‘lsagina qonuniy kuchga ega. Ushbu ko‘rsatkichning hozirgi holati va kelgusi istiqboldagi hajmi ham tegishli tarzda hisob-kitob qilinib mas'ul shaxslar tomonidan tasdiqlansagina ulardan iqtisodiy tahlilda foydalanish mumkin.
Ammo shuni ta'kidlash joizki, axborotlar zarur miqdorda bo‘lishi lozim. Uning kam bo‘lishi to‘liq va to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini bermaydi, ko‘pi esa ulardan tez va soz foydalanishda qiyinchiliklar tug‘dirishi, ortiqcha vaqtni olishi mumkin. Axborotlaming ko‘pi yaxshi, lekin ular ortiqcha bo‘lmasligi lozim. Shu tufayli har bir jarayonni tahlil qilganda, aynan shu jarayonga tegishli axborotlami olish taqozo qilinadi.
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan ma'lumotlar va axborotlami bir-biridan farqlamoq lozim.
Ma'lumotlar deganda sodir bo‘lgan hodisa va jarayonlarni o‘zida ifoda etgan birlamchi hujjatlar va boshqa vositalarda aks etiladigan raqamlar, belgilar, xabarlar tushuniladi. Masalan, 15 kishi bir oy ishladi degan maTumot tabelda, 2 kishi kasallik varaqasida, shuncha mahsulot sotildi degan ma'lumot schet- fakturada, qancha pul o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma'lumot to‘lov- byurtmasida ifodalanadi. Bulaming hammasi u yoki bu ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risida aniq ma'lumotlar beradi.
Axborotlar deganda, yuqorida ta'kidlanganidek, shu ma'lumotlami jamlash, ulami ishlash orqali ma'lum tizimga keltirish natijasida hosil bo'lgan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami ifoda etadigan ma'lumotlar majmui tushuniladi. Iqtisodiy tahlilda asosan axborotlardan kengroq foydalaniladi.
Ba'zan tahlilni chuqurlashtirish, aniqlik kiritish uchun bevosita birlamchi ma'lumotlardan ham foydalanish mumkin.
Axborotlar qayerda ifodalanishiga qarab uchga bo‘linadi: og‘zaki, hujjatlarda va kompyuterda.
Og‘zaki axborotlar ko‘pincha tezkor hisobda qo‘llaniladi. U bevosita muloqot, telefon va boshqa vositalar orqali berilishi mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida og‘zaki axborotlar juda keng qo‘llaniladi. Bunda axborot bemvchi va uning iste'molchisi o‘rtasida yuksak ishonch bo‘lishi lozim.
Sodir bo‘lgan iqtisodiy jarayonlar hujjatlarda ifoda etiladi. Bular eng awalo buxgalteriya hisobida o‘z ifodasini topadi. Har bir jarayonni qonuniyligi aynan shu va shu kabi hisoblarda o‘z tasdig‘ini topadi. Shu jihatdan juda ko‘p axborotlar iqtisodiy tahlil uchun hujjatlardan olinadi. Har bir hujjat qonuniy kuchga ega bo‘lishi kerak.
Kompyuter dasturlari orqali ifoda etilgan axborotlar hozirgi paytda juda keng qo'Hanilmoda. Zero, . kompyuterlar barcha hisob-kitob jarayoniga kirib bormoqda. Hozirgi paytda kompyuterlardan bevosita axborotlami uzatishda ham foydalanilmoqda. Masalan, 0‘zbekiston “Intemet”ga ulanib butun dunyo axborot tizimiga kirdi va ulardan bemalol foydalanilmoqda. Yoki hozir bank tizimlari bo‘yicha yagona kompyuter tarmog‘i tashkil qilindi. Bu ham banklar o‘rtasidagi muloqotni kompyuter orqali amalga oshirish imkonini tug‘diradi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling