Mavzuga oid reja obyekt, subyekt, tahlilni o‘tkazish muddatlari, uining ijrochilari, hisobot turi va boshqalardan iborat bo‘lib, chuqur o‘rganishm talab etgani uchun yirik muommalami tahlil qilish uchun tuziladi.
Tahlil rejasini bajarilayotganligini nazorat qilish korxona rahbarining muovini yoki tahlilni boshqarish majburiyati yuklatilgan shaxs amalga oshiradi.
Tahlilning axborot (informatsiya) hamda uslubiy ta'minoti
Analitik ishlaming natijasi asosan uning informatsion hamda uslubiy ta'minotiga bog‘liq. Iqtisodiy tahlilning ma'lumot man- balari me'yoriy-rejali, hisob va hisobdan tashqarilarga bo‘linadi.
Me’yoriy-rejali ma’lumotlar manbaliriga korxonada ishlab chiqiladigan xamma turdagi rejalar, ya'ni perspektiv, operativ, texnologik xaritalar, shuningdek, me'yoriy hujjatlar, smetalar, proekt vazifalari va boshqalar kiradi.
Hisob tavsifidagi ma'umotlar manbalari - bu buxgalteriya, statistika va operativ hisob hujjatlaridagi hamma ma'lumotlar, shuningdek turli xildagi hisobotlar, birlamchi hisob hujjatlaridir.
Tahlilning informatsion ta'minotida boshlovchi rol xojalik jarayoni hamda uning natijasida yaqqol aks etgan buxgalteriya hisobi va hisobotga tegishli. Birlamchi hisob registrlarida hamda hisobotda mavjud bo‘lgan o‘z vaqtida va to‘liq qilingan, ma'lumotlar tahlili xo‘jalik natijalarini yanada mukamallashtirishni ta'minlaydi.
Korxonaning hisobi va hisobot ma 'lumotlari ulami darajasini hosil qiladigan asosiy ko'rsatkich va faktorlari tendensiyalarini chuqur o‘rganish uchun foydalaniladi. Makroiqtisodiy statistika ma'lumotini o‘rganish umuman soha bo‘yicha yoki milliy iqtisodiyotda korxona ishlashining tashqi shartlarini, xo‘jalik va moliya holatini baholash uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |