O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


 Frantsiya TMKlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/167
Sana09.01.2022
Hajmi1.39 Mb.
#262846
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   167
Bog'liq
xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti

 
 6.3. Frantsiya TMKlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni 
 
Frantsiyaning  xalqaro  sanoat  korporatsiyalari  mamlakatning  tashqi  iqtisodiy 
mavqeini  mustahkamlash  va  ilmiy-texnik  salohiyatini  ko`tarishda  muhim  rol 
o`ynamoqda.  Hozirgi  kunda  mamlakat  eng  yirik  kompaniyalarining  xorijiy 
mamlakatlardagi ishlab chiqarishi umumiy ishlab chiqarishning 50 %ini tashkil etadi. 
Eksport kvotasida savdo hajmi esa 50 %dan oshmoqda (masalan, “Sen-Goben Pont-
a-Musson”, “Peshine-Yujin-Kolman” kompaniyalarini eksport kvotasida savdo hajmi 
53  %,  “Pejo”  55  %,  “Sitroen”  51  %,  “Kompani  Fransez  de  petrol”  58  %ni  tashkil 
etmoqda). XX asrning 70-yillaridayoq Frantsiyaning TMKlari jahon bozorlarida hatto 
AQSH  kompaniyalari  bilan  ham  raqobatlasha  oladigan  yirik  uyushmalarga  aylanib 
qolgan    edi.  Ana  shu  yillarda  Еvropaning  20  ta  eng  yirik  kompaniyasi  4  tasi 
Frantsiyaga tegishli bo`lgan. 
Mamlakatda  biznes  gigantlarining  rivojlanish  jarayoni  o`ziga  xos  xususiyatga 
ega.  50-yillardan  so`ng  Frantsiya  kapital  qo`yilmalarining  asosiy  sohasi  G`arbiy 
Еvropa  mamlakatlari  bo`lib,  mamlakat  to`g`ridan  –  to`g`ri  yo`naltirilgan 
investitsiyalarining  ѕ  qismi  ushbu  mamlakatlar  hisobiga  to`g`ri  kelgan.  70-yillardan 
so`ng  esa  Frantsiya  TMKlarining  AQSH  va  Kanada  bozorlariga  ommaviy  kirib 
kelishi  kuzatilgan.  Xullas,  mamlakatning  ishbilarmon  doiralari  sanoati  rivojlangan 
davlatlarga  kapital  qo`yishga  qiziqishlari  tasodifiy  bo`lmagan.  Chunki  sanoati 
rivojlangan  davlatlarda  zamonaviy  texnika-texnologiyadan  foydalanish  uchun  qulay 
shart-sharoitlar  mavjud  bo`lgan.  Bundan  tashqari  G`arbiy  Еvropa  davlatlari, 
shuningdek  AQSH  va  Kanadaning  bozorlari  Frantsiya  kompaniyalarining  sanoat 
mahsulotlarini sotish bozorlari sifatida ahamiyati ham ortib borgan edi. 
Mamlakatning  yirik  TMKlari  xorijiy  mamlakatlarga  (Germaniya,  Belgiya, 
Gollandiya,  Italiya,  Ispaniya,  Shvetsariya)  investitsiya  kiritishga  katta  e'tibor 
berishmoqda. Ammo g`arbning sanoati rivojlangan davlatlariga bo`lgan qiziqishning 
kattaligiga  qaramay,  tadbirkorlar  Afrikada,  ayniqsa,  “Frank  zonasida”  faol 
ishlamoqdalar. Frantsiya kompaniyalari mintaqaviy siyosatining muhim tomonlaridan 
yana  biri  Lotin  Amerikasida,  ayniqsa,  Braziliya  va  Argentinada  investitsiyalarning 
ko`payishidir.  Frantsiyaning  qariyb  barcha  yirik  kompaniyalari  ushbu  mintaqada 
katta va kichik bo`limlardan iborat korxonalariga ega. 
Ma'lumki,  Frantsiyaning  TMKlari  biznesning  yiriklashuviga,  kapitalning 
markazlashuvi  va  milliy  kompaniyalarning  globallashuviga  katta  e'tibor  berib 
kelmoqda.  Elektrtexnikasi  va  elektronika  sohasining  46  %  ini  nazorat  qiluvchi 
kompaniyalar  asosan  2  ta  yirik  kompaniya    “Kompani  jeneral  d-elektrosite”  va 
“Tomson-Brandt” tomonidan boshqarib turiladi. Ushbu kompaniyalarning hamkorligi 
natijasida 
vujudga 
kelgan 
“Kompani 
internasyonal 
nur 
l-informatik” 
kompaniyasining  xalqaro  EHM  bozorlariga  chiqishi  imkonini  bermoqda. 
Avtomobilsozlikda  esa  “Reno”  va  “Pejo”  kompaniyalari  o`rtasidagi  kooperatsiya 
jahon  avtomobilsozlik  sanoatida  ilg`or  o`rinlardan  biriga  chiqish  uchun  imkon 


 
57 
yaratmoqda.  Xullas,  Frantsiyada  davlat  TMKning  rivojlanishiga  yordam  beribgina 
qolmay,  bevosita  tashqi  iqtisodiy  ekspansiyada  ishtirok  etib,  mamlakatning  tashqi 
iqtisodiy mavqeini mustahkamlab kelmoqda. 
Frantsiyaning  “Kompani  Fransez  de  Petrol”  kompaniyasi  yirik  nеft 
kompaniyalaridan  biri  bo`lib,  u  1924  yilda  tashkil  topdi.  Asosiy  aktsiyadori  davlat 
(35 %) hisoblanadi. Eng yirik noamerika kompaniyalari ro`yxatida 5- o`rinda turadi. 
Kompaniya    jahonning  ko`plab  mamlakatlarida  o`z  bo`limlariga  ega.  Jahon 
bozorlarida  “Total”  guruhi  nomi  bilan  ish  yuritadi.  “Total”  kompaniyasining  ish 
faoliyati doirasiga asosan nеft va nеft mahsulotlarini ishlab chiqarish, tabiiy gaz qazib 
olish,  saqlash,  qayta  ishlash,  tashish,  ximiya  va  ximiyaviy  mahsulotlarni, 
plastmassalarni ishlab chiqarish va boshqalar kiradi. 
“Total”  kompaniyasiga  qarashli  nеft  tashuvchi  umumiy  yuk  sig`imi  3,3  mln. 
barrel bo`lgan 14 ta yirik suv transporti mavjud. Bu uning dengiz transportiga bo`lgan 
ehtiyojining  43%ini  qondiradi,  bundan  tashqari  nеft  quvurlar  orqali  ham  tashiladi. 
Nеft quvurlarining umumiy uzunligi G`arbiy Еvropa mamlakatlarida 3,9 ming km. ni 
tashkil  etadi.  “Total”  kompaniyasi  12  ta  davlatda  joylashgan  22  ta  nеftni  qayta 
ishlovchi zavodga ega. Ushbu zavodlarda har kuni 1,5 mln. barrel nеft qayta ishlandi. 
Frantsiyada  ishlab  chiqariladigan  nеft  mahsulotlarining  asosiy  qismi  “Total” 
kompaniyasi  guruhi  hisobiga  to`g`ri  keladi.  “Total”  kompaniyasi  guruhi  “Peshine-
Yujin-Kolman”  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  uran  rudasini  to`yintirish  bo`yicha 
“Minatom A.S.” hissadorlik jamiyatini tuzgan. Ushbu kompaniya uran xomashyosini 
asosan  Avstriya,  Kolumbiya,  Frantsiya,  Nigeriya,  Buyuk  Britaniya,  Irlandiya  va 
AQSH da qazib oladi.  
Uran rudasini qazib olish “Minatom” kompaniyasining bo`limi bo`lgan “Sosеme 
santral  de  l-uranuie  de  minere  radioaktif”  sanoat  kompaniyasi  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  “Total”  kompaniyasi  guruhi  quyosh  energiyasidan  foydalanish  sohasida 
ishlaydigan  “Sosеte Fransez d-etyud  termin  ed-enerji  soler” kompaniyasining  25 % 
aktsiyasiga, AQSH ning fotoelektron kameralar ishlab chiqaruvchi “Foton Pauer ink” 
kompaniyasining  54%  aktsiyasiga  ham  ega.  1976  yilda  Frantsiyada  “Total 
koperasyon  jyustriel”  kompaniyasi  tashkil  topgan  bo`lib,  bu  kompaniya  nеft,  nеft 
mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib 
boradi. ITTKI uchun kompaniya yiliga 200 mln. frankdan ortiq mablag` sarflaydi. 
Frantsiyaning “Pejo” kompaniyasi yirik avtomobilsozlik firmalaridan biri bo`lib, 
u  1876  yilda  tashkil  topgan.  Ushbu  kompaniya  avtomobil  ishlab  chiqarish  bo`yicha 
G`arbiy  Еvropa  davlatlari  ichida  birinchi,  dunyo  mamlakatlari  ichida  esa  4-o`rinda 
turadi. Ishlab chiqarish aylanmasining hajmi bo`yicha “Pejo” Frantsiyada 2-o`rinda, 
G`arbiy Еvropa mamlakatlari ichida esa 5-o`rinda turadi. Kompaniya 500 ta eng yirik 
noamerika  kompaniyasi  ro`yxatida  27-o`rinda  turadi.  Kompaniya  80-yillargacha 
“Pejo  Sitroen”  nomi  bilan  faoliyat  ko`rsatgan.  “Pejo”ning  bosh  xoldingi  ishlab 
chiqarish  xususiyatlariga  ko`ra  uchta  bo`limga  ajratilgan.  Birinchi  bo`lim 
(avtomobillar ishlab chiqarish ) uch kompaniyadan iborat bo`lib, “Pejo”, “Sitroen” va 
“Kraysler  Frans”  nomlari  bilan  faoliyat  ko`rsatib  kelmoqda.  Frantsiyada  ishlab 
chiqariladigan  avtomobillarning  59-60  %i  ushbu  kompaniyalar  hissasiga  to`g`ri 
keladi. 


 
58 
“Pejo”  kompaniyasi  Frantsiyadan  tashqarida  Buyuk  Britaniya  (asosan 
“Kraysler”ga  tegishli  zavodlarda),  Ispaniya  va  Argentinada    avtomobillar  ishlab 
chiqaradi.  Bundan  tashqari  “Pejo”  kompaniyasi  Nigeriya  va  Malayziyada,  JAR  va 
Madagaskarda,  Ruminiya  va  Pertugaliyada,  Belgiya,  Irlandiya  va  Avstraliyada, 
Yangi  Zellandiya  va  Indoneziyada,  Tayland,  Gana,  Keniya  va  Urugvayda  ham  o`z 
avtomobillarini  ishlab  chiqaruvchi  zavodlarga  egadir.  Ikkinchi  bo`lim  (po`lat  va 
avtomobil  ehtiyot  qismlarini  ishlab  chiqarish  )  “Asеe  utillaj  Pejo”,  “Krezo-Luar”, 
“Shеr-Shatiyon”,  “Agrenaj  e  redyukter”,  “Sikl  Pejo”,  “Panxard  e  Levasef” 
kompaniyalaridan  iborat.  Kompaniyaning  ushbu  guruhlari  Frantsiya  va  Ispaniyada 
podshipnik  va  transmissiyalar  ishlab  chiqaradi.  “Sikl  Pejo”  zavodlari  Frantsiyada 
ishlab chiqariladigan  barcha velosiped va  mopedlarning 37  %ni beradi.  “Sikl  Pejo” 
ning korxonalari Ispaniya, JAR, Marokash, Braziliyada joylashgan. Har bir mahsulot 
“Panxard  e  Levaseor”  tomonidan  ishlab  chiqariladi.  Uchinchi  bo`lim  (transport 
bo`limi)  JEFSO  kompaniyasi  tomonidan  boshqariladi.  Ushbu  kompaniya  asosan 
avtomobillarni  temir  yo`l  transporti  orqali  tashish  ishlari  bilan  shug`ullanadi. 
Kompaniya  o`z  moliya  va  bank  kompaniyalari,  sug`urta  jamiyatlariga  ega. 
Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 50-52 %i eksport qilinadi. 
Ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarning  50%i  xorijiy  mamlakatlarda  ishlab  chiqarilib, 
uning asosiy aktsiyadorlari “Solеte Fonsеr finansеr e de partisipasyon”, “La Fansez 
de  Partisipasyon  finonsеr  e  Pejo  Frer”  (37  %  aktsiyaga  ega),  “Kraysler”  (15  % 
aktsiyaga ega), “Mishlen” (9 % aktsiyaga ega) kompaniyalari hisoblanadi. 
Frantsiyaning  “Kompani  jeneral  dе  eliktrisiti  S.A.”  –  KJE  kompaniyasi  elektr-
texnika  tovarlarni  ishlab  chiqaruvchi  yirik  transmilliy  kompaniyalardan  biri  bo`lib, 
1899  yilda  tashkil  topdi.  Kompaniya  Frantsiyaning  sanoat  firmalari  ichida  elektr-
texnika  tovarlarini  ishlab  chiqarish  darajasi  bo`yicha  5-6  o`rinlarda  tursa,  500  dan 
ortiq  yirik  noamerika  kompaniyalari  ichida  esa  31-32  o`rinlardan  birida  turadi. 
Kompaniya  kompyuter  va  axborot  vositalarini  ishga  tushirish,  konstruktor-
ixtirochilik  sohalari  bilan,  telekommunikatsiya  va  aloqa  tizimini  takomillashtirish, 
elektr-texnika va radio tovarlarini ishlab chiqarish ishlari bilan shug`ullanadi.  
KJE  ulgurji  savdoda  bank  ishlari  bilan  (“Elektrobank”  orqali)  ham 
shug`ullanadi.  Kompaniya  elektrotexnik  tovarlarni  ishlab  chiqarish  bo`yicha 
Frantsiyada  oldingi  o`rinlardan  birida  turgan.  50-yillardan  boshlab  esa  kompaniya 
sanoat  va  harbiy  ahamiyatga  ega  bo`lgan  elektr-texnik  va  telefon  apparatlarini, 
maishiy  elektr  tovarlarni  ishlab  chiqara  boshlagan.  1976  yilda  kompaniya 
mamlakatdagi  yirik  qurilish  firmalaridan  biri  bo`lgan  “Sosеte  jeneral  d  antrepriz”ni 
bankrotga uchratib, uni aktsiyalarini qo`lga kiritdi. G`arbiy Еvropa, Osiyo va Afrika 
mamlakatlarida,  shuningdek  Shimoliy  Amerikada  tashqi  savdoda  ekspansiya 
siyosatini  olib  bordi.  60-yillarning  oxirlariga  kelib  esa  kompaniya  to`liq  zamonaviy 
elektr-texnik asbob-uskunalar bilan qayta ta'minlandi.  
Hozirgi  kunda  KJE  kompaniyasi  harbiy  ahamiyatga  ega  bo`lgan  elektr  texnika 
sohasiga  oid  asbob-uskunalarni  ishlab  chiqarish  va  telekommunikatsiya  tizimini 
rivojlantirish  va  yanada  takomillashtirish  ishlariga  e'tibor  qaratmoqda.  “Alston 
Atlantik” va “Xaniuell-Byull” kontsernlari kompaniyaning yirik filiallari hisoblanadi. 
Kompaniya  tomonidan  sotilayotgan  tovarlarning  1G`3  qismi  xorijiy  mamlakatlarda 
faoliyat  ko`rsatayotgan  filiallar  ulushiga    to`g`ri  keladi.  “KJE”  kompaniyasining 


 
59 
asosiy aktsionerlaridan biri “Grup de  la Kess Depo” hisoblanadi (kompaniyaning 5-
6% kapitaliga egalik qiladi) 
Frantsiyaning  “Mishlen”  xolding  kompaniyasi  jahon  mamlakatlari  ichida  shina 
va  rezina  texnika  buyumlarini  ishlab  chiqaruvchi  eng  yirik  kompaniyalardan  biri 
hisoblanadi.  Kompaniya  1893  yilda  tashkil  topgan  bo`lib,  jahon  bozorlariga  asosan 
shina  va  rezina  texnika  buyumlari  еtkazib  turgan.  Dunyo  mamlakatlarida 
avtomobilsozlik  sanoat  korxonalarining  katta  tezlikda  rivojlanib  borishi  munosabati 
bilan  kompaniya  o`z  mahsulotlarini  nafaqat  Frantsiya  bozorlariga,  balki  butun 
G`arbiy  Еvropa  bozorlariga  ham  chiqarib  turgan.  Shina  va  rezina  texnika 
mahsulotlarini ishlab chiqarish ustida doimiy ilmiy-tadqiqot, novatorlik ishlarini olib 
borishi  “Mishlen”  kompaniyasi  tovarlarining  AQSH  va  Lotin  Amerikasi 
mamlakatlarining ichki bozorlariga ham kirib borishi imkonini bergan. 70-yillarning 
o`rtalarida  “Mishlen”  kompaniyasi  jahon  mamlakatlarida  ishlab  chiqarilayotgan 
radial shina mahsulotlarining 50-55 %ni bera boshlagan.  
Hozirgi  kunda  kompaniya  jahon  bozorlariga  asosan  shina  ballonlarni 
chiqaruvchi  TMKlardan  biri  bo`lib,  еngil  va  yuk  mashinalari,  qishloq  xo`jaligi 
traktorlari va yo`l-qurilish mashinalari, velosiped va mototsikllar uchun,  shuningdek 
turli  texnik  sohalarga  muljallangan  rezina  texnika  buyumlarini  ishlab  chiqarmoqda. 
“Mishlen” Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi yirik kauchuk plantatsiyalariga, 3ta 
yirik sintetik kauchuk ishlab chiqaruvchi zavodlarga (Frantsiyada) egalik qilib, po`lat 
simli  radial  shinalarni  ishlab  chiqarmoqda.  “Mishlen”  xolding-kompaniya  bo`lib, 
ko`p  tarmoqli  ishlab  chiqarish  filiallariga  ega.  Kompaniyaning  asosiy  aktsionerlari 
oilaviy  shajaralar  boshlig`i  F.  Mishlen  va  F.  Rolle,  shuningdek  “Sosеte  Okzilierde 
Jeston” kompaniyasi hisoblanadi. 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling