O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti
“Bat indastriz PLK” korporatsiyasi
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti
“Bat indastriz PLK” korporatsiyasi 1902 yilda tashkil topgan bo`lib, jahonda
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksporti bo`yicha eng yirik monopoliyalaridan biridir. “BAT” korporatsiyasi yiliga 350 dan ortiq sigaretalar, jumladan, 210 xil tamaki, 130 xil sigara ishlab chiqaradi. 90-yillarda kompaniya eng yirik noamerika kompaniyalari ichida 24-o`rinda turgan. Aktsiyadorlik kapitali 2885 mln. funt sterlingga teng bo`lib, dunyoning 50 dan ortiq xorijiy davlatlarida joylashgan 120 dan ortiq tamaki fabrikalari faoliyat ko`rsatadi. Kompaniya o`z mahsulotlarining asosiy qismini (deyarli 90%) tamaki fabrikalar joylashgan davlatlarning ichki bozorlariga chiqaradi, qolgan mahsulotlarni esa 180dan otiq mamlakatlarga eksport qiladi. “BAT” korporatsiyasining shu'ba korxonalari AQSH, Germaniya va boshqa davlatlarning bozorlarida oldingi o`rinlardan birida turadi. Masalan, “Braun end Uilyamson tobako korporatsiyasi” (AQSHdagi filiali) AQSH kompaniyalari orasida sotuvlar bo`yicha 3-o`rinda turadi. Firmaning Germaniyadagi filiali “X.B. Krenanfiltr” kompaniyasi esa nafaqat Germaniyada, balki butun G`arbiy Еvropa mamlakatlarida eng yirik tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. “BAT” kompaniyasining xomashyo еtkazib beruvchi bozorlari AQSH, Kanada, Turkiya, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari hisoblanadi. Kompaniya jahon mamlakatlarida qog`oz ishlab chiqaruvchi 26 ta fabrika ustidan o`z nazoratini o`rnatgan. Qog`oz ishlab chiqaruvchi fabrikalarning 8 tasi 70 Belgiya, Frantsiya, Irlandiya, Braziliya, Hindiston va Afrika davlatlarida joylashgan. “BAT” kompaniyasi qutilar ishlab chiqaruvchi 111 ta korxonaga ham ega bo`lib, ulardan 68 tasi Angliya va Irlandiyada, 31 tasi AQSH va Kanadada, qolganlari esa Germaniya, Frantsiya va JARda joylashgan. "BAT" kompaniyasi Buyuk Britaniyada atir-upa mahsulotlarini sotuvchi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniyaning atir-upa ishlab chiqaruvchi korxonalari 35 ta davlatda joylashgan bo`lib, ularning mahsulotlari 150 ga yaqin davlatlarda sotiladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling