O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


 Buyuk Britaniya iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning tutgan o`rni


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/167
Sana09.01.2022
Hajmi1.39 Mb.
#262846
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   167
Bog'liq
xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti

  
 7.3. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning tutgan o`rni 
 
Angliya  Transmilliy  kompaniyalari  uzoq  tarixiy  davrlarni  o`z  boshidan 
kechirgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buyuk Britaniyada qaram davlatlar va 
mustamlakalarga  kapital  olib  chiqish  keng  rivojlandi.  1893  yilda  xorijiy 
mamlakatlarda  joylashtirilgan  Angliya  kapitali  Buyuk  Britaniya  Birlashgan 
qirolligining  barcha  boyliklarini  15  %ni  tashkil  qilgan.  Xorijiy  investitsiyalarning 
asosiy  qismi  tadbirkorlik  kapitali  shaklida  amalga  oshirilgan.  Shuning  uchun  ham 
mamlakatning  yirik  monopollari  tashkil  topgan  paytdan  boshlaboq,  xalqaro 
kompaniyalar sifatida faoliyat yurita boshlagan. 
Ikkinchi jahon urushidan so`nggi yillarda ham bu mamlakat jahondagi eng yirik 
kapital  eksport  qiluvchi  davlatlardan  biri  bo`lib  qolavergan.  Xorijiy  mamlakatlarda 
kapital  eksporti  natijasida  uning  TMK  nazorati  ostida  bo`lgan  yirik  ishlab  chiqarish 
tizimi  tashkil  topdi.  Angliyaning  xorijiy  mamlakatlardagi  filiallari  mahsulotlari 
mamlakat YaMM ga nisbatan 55,2% ni, xorijiy ishlab chiqarishning eksportga nisbati 
esa  261,3%ni  tashkil  etgan.  Bu  davrda  xorijiy  mamlakatlarda  Angliya 
korporatsiyalarining ishlab chiqargan mahsulotlari qiymati Germaniya, Yanponiya va 
Frantsiyanikidan ham yuqoriroq bo`lgan. 
Angliya  sanoat  kapitalining  tashqi  ekspansiyasida  davlatning  10  ta  eng  yirik 
korporatsiyasi  oldingi  o`rinlardan  birida  turgan.  Uning  xorijiy  mamlakatlardagi  eng 
yirik  aktiviga  ega  bo`lgan  korporatsiyalari  kimyo  va  nеft  qazib  olish,  sanoat 
korxonalari,  oziq-ovqat  va  ichimlik  suvi  hamda  sharbatlarni  ishlab  chiqaruvchi 
korxonalar, tamaki ishlab chiqaruvchi korxonalar shuningdek elektr texnika, umumiy 
mashinasozlik  kompaniyalari  hisoblangan.  Uning  to`g`ridan-to`g`ri  yo`naltirilgan 
investitsiyalari  asosan  sanoati  rivojlangan  Еvropa  mamlakatlariga  qaratilgan  edi. 
Xullas,  hozirgi  kunda  mamlakat  kapital  qo`yilmalarining  75  %i  rivojlangan 
davlatlarga, 25%i esa rivojlanayotgan davlatlarga to`g`ri keladi. 
Ma'lumki,  tashqi  iqtisodiy  ekspansiya  yirik  kapital  mablag`larni  talab  qiladi. 
Britaniya  TMKning  ustunlik  tomoni  shundaki,  ular  qudratli  London  banklarining 
yordamiga  tayangan  holda  faoliyat  ko`rsatadi.  Angliyaning  yirik  “katta  to`rtlik” 
banklari  (“Barkleyz  bank”,  “Neshnl  vestminster  bank”,  “Middland  bank”,  Lloyd 
bank”)  xalqaro  krеdit  sohasida  muhim  ahamiyatga  egadir.  Xalqaro  moliya 
markazlarida  joylashgan,  yirik  resurslarga  va  keng  masshtabda  tarqalgan  filiallar 
tizimiga  ega  bo`lgan  ushbu  banklar  xalqaro  ssuda  kapitali  bozori  hisoblangan 
еvrovalyuta bozorida muhim rol o`ynamoqda. 
Angliyaning TMKlari kapitalni nafaqat depozit banklardan, balki ixtisoslashgan 
savdo-investitsiya banklaridan (“bankirlar uyi”), shuningdek nafaqa jamg`armalari va 
sug`urta kompaniyalaridan ham oladilar. Shuning uchun ham xalqaro TMKlar doimo 
banklar bilan yaxshi munosabatda bo`ladi. Masalan, “British petroleum” kompaniyasi 
doimo  “Neshnl  Vestminster  bank”  ning  mijozi  va  “Danlon  xolding”  kompaniyasi 
doimo “Barkleya bank”ning mijozi hisoblanadi. 


 
69 
Britaniya  korporatsiyalari  xorijiy  mamlakatlardagi  tadbirkorlik  faoliyati 
rivojlanishining  muhim  omillaridan  biri  texnika  va  texnologik  jihatdan  ustunligidir. 
Endi mamlakat yirik TMKlarining ba'zilari bilan tanishib chiqamiz. 
Angliyaning  “British  petrolium  PLK”  korporatsiyasi    jahonning  eng  yirik  nеft 
monopollaridan  biri  bo`lib,  u  1909  yilda  tashkil  topdi.  Korporatsiya  jahon 
mamlakatlarining 
sanoat 
korporatsiyalari 
orasida 
6- 
o`rinda, 
noamerika 
korporatsiyalari  ichida  esa  2-o`rinda  turadi.  Korporatsiya  aktsiyalarining  48-49  %i 
davlatga  tegishlidir.  “British  petrolium”  korporatsiyasi  xalqaro  kartellar 
tashkilotining a'zosi bo`lib, yiliga 163-165 mln.t. nеft mahsuloti -3,5-4 mlrd. kub m. 
tabiiy  gaz,  17-18  mln.  t.  ko`mir  qazib  oladi.  Bundan  tashqari  yiliga  2,5-3  mln.  t. 
siqilgan  gaz  va  shuningdek  114,5  mln.  t.ga  teng  bo`lgan  111  ta  tanker  va  26  ta 
davlatda  umumiy  quvvati  120  mln.  t.ga  ega  bo`lgan  38  ta  nеftni  qayta  ishlash 
zavodlari  ustidan  (Angliya,  Frantsiya,  Germaniyada  4  tadan  nеftni  qayta  ishlash 
zavodlari  ustidan,  AQSHda  3  ta  zavod  ustidan,  Kanada  va  Avstraliyada  2  tadan 
zavodlar  ustidan,  Irlandiya,  Belgiya,  Gollandiya,  Shvetsiya,  Shveytsariya,  Turkiya, 
Kipr, Yaman, Sinegal, Burkina-Faso, JAR, Sеrra-Lione, Keniya, Nigeriya, Sudan va 
boshqa  davlatlarda  1  tadan  nеftni  qayta  ishlash  zavodlari)  ustidan  o`z  nazoratini 
o`rnatgan.  
90-yillar  boshida  va  hozirgi  kunda  ham  “British  petrolium”  kompaniyasi 
mamlakatning  kimyo  sanoatidagi  eng  yirik  kompaniyalaridan  biri  hisoblanadi. 
Kompaniyaning  etilen,  propilen,  bo`tadien,  plastmassalari  ishlab  chiqaruvchi 
zavodlari  6  ta  xorijiy  mamlakatda  joylashgan.  XX  asrning  70-yillaridayoq 
kompaniyaning  ximiya  sanoat  korxonalari  Еvropa  Hamjamiyati  davlatlari  ichida 
birinchi  bo`lib  nеft  va  nеft  mahsulotlaridan  sintetik  mahsulotlar  ishlab  chiqarishga 
ixtisoslashdi. 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling