O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti
Italiya iqtisodiyoti rivojlanish modеli xususiyatlarining tavsifi
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti
8.3. Italiya iqtisodiyoti rivojlanish modеli xususiyatlarining tavsifi
Italiyada sanoat siyosati. Italiyaning sanoat sahasida olib borayotgan siyosati asosan kichik va o`rtacha rivojlangan ishlab chiqarish korxonalarini (MSP) qo`llab- quvvatlash, shuningdek mamlakatning shimoliy va janubiy rayonlari o`rtasidagi iqtisodiy farqlarni qisqartirishga qaratilgan. Chunki bunday ishlab chiqarish korxona- firmalari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Italiyaning 93 %ga yaqin kichik va o`rta miqyosdagi ishlab chiqarish korxona-firmalarida 200 dan kam bo`lmagan ishchi va xizmatchilar mehnat qiladi. Ishlab chiqarish firmalarining 85 %i kichik korxonalarni tashkil etib, ulardan 11 kishidan 50 kishiga qadar ishchi va xizmatchilar band. Bunday ishlab chiqarish korxonalari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 40 %ni beradi. Hozirgi kunda Italiya qishloq xo`jaligi fermalarida ishga yaroqli aholining 5 %, xizmat ko`rsatish sahalarida esa 63 %i band. Italiyaning kichik va o`rta miqyosdagi ishlab chiqarish korxonalari asosan metalni qayta ishlash, to`qimachilik, teri, mebel ishlab chiqarish tashkil topgan. Xullas, Italiya ushbu ishlab chiqarish korxonalarining 75 o`ta ixtisoslashganligi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarining sifatliligi, ixcham va bejirimligi hamda doimo yangilikka intilishi bilan jahon bozorlarida katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Italiyaning kichik va o`rta korxonalari mamlakatning ma'lum sanoat rayonlarida joylashgan bo`lib, ularning iqtisodiy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatda 800 ga yaqin ishlab chiqarish sanoat rayonlari mavjud. Kichik va o`rta korxonalarning 91 %i Italiyaning shimoli va markaziy rayonlarida, 9 %i esa mamlakatning janubiy qismlarida va shuningdek Sitsiliya va Sardiniya orollarida joylashgan. Mamlakatning janubida ishsizlar soni mamlakatda yashaydigan umumiy aholining 25 %ini tashkil etadi (2003 yilda yoshlar o`rtasidagi ishsizlar soni mamlakat ishga yaroqli aholisining 56,6 %ni tashkil etgan edi). 2004 yilda Italiyaning sanoat tarmoqlarida umumiy aholining 32 %i band bo`lib, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining umumiy bahosi 509,7 trln. lirani tashkil etgan. Italiyaning oziq-ovqat sanoat tarmoqlarida 358 mingga yaqin kishi (umumiy sanoat korxonalar aholisining 8,3 %) band bo`lgan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining 82 %i ichki talabni qondirishga, 5,4%i esa eksportga mo`ljallangan. 2004 yilda Italiyaning to`qimachilik va tikuv sanoati tarmoqlarida ishlayotgan ishchilarning soni 696 ming kishini tashkil etgan (barcha sanoat tarmoqlarida ishlayotgan ishchilarning 16,2 %). Ushbu sanoat tarmoqlarining 53,6 % mahsuloti eksport qilingan holda 46,4 %dan ortiqrog`i esa mamlakatning ichki talabini qondirishga qaratilgan edi. Mamlakat eksportida to`qimachilik sanoati mahsulotlari (asosan ip to`qimachilik sanoati) muhim rol o`ynaydi. Biroq, hozirgi kunda ba'zi bir sabablarga ko`ra ushbu sanoat tarmoqlari ham qarama-qarshiliklarga duch kеlmoqda. Italiyada teri va poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarish ham rivojlangan soha bo`lib, u jahon mamlakatlari ichida ushbu soha bo`yicha 2- yoki 3-o`rinlardan birida turadi. Ushbu sanoat tarmoqlarida 258 ming ishchi yoki sanoatda ishlayotgan barcha aholining 6 %i banddir. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan poyafzal mahsulotlarining 80 %dan ortiqrog`i eksportga chiqariladi. Italiyada yog`ochni qayta ishlash va mebel sanoati ham ancha rivojlangan sohadir. Sanoatning ushbu tarmoqlarida 2004 yilda 396 ming kishi yoki sanoatda band aholining 9 %i band bo`lgan. Rеspublika ushbu sanoat mahsulotlarini jahonning barcha mamlakatlariga, asosan, Lotin Amerikasiga eksport qiladi. Qog`oz-tsellyuloza sanoati va nashriyotlarida 241 ming kishi yoki sanoatda band bo`lgan umumiy aholining 5,6 %, kimyo sanoatida 188 ming kishi, sanoatda umumiy aholining 4,4 %i band bo`lgan. Metallurgiya va metalni qayta ishlash sanoat tarmoqlarida ishlayotgan ishchi va xizmatchilarning umumiy soni esa 552 ming kishini tashkil etgan. Mamlakatning mashinsozlik tarmoqlarida aholining 11 % (472 ming kishi) banddir. Ushbu tarmoq o`z mahsulotining 70 %ini ichki talabni qondirishga qaratgan holda 55,7 %ni esa eksportga chiqaradi (asosan ЕI va Lotin Amerikasi davlatlariga, Rossiya Fеdеratsiyasi va Sharqiy Osiyo mamlakatlariga chiqaradi). Italiyaning elektron va elektronika sanoat tarmoqlarida mehnat qilayotgan umumiy aholining 7,6 %i (328 ming kishi) band bo`lib, mamlakat ichki talabining 50 %ini qondirgan holda 50 %ga yaqin mahsulotni eksportga chiqaradi. 76 Italiyaning transport vositalarini ishlab chiqarish tarmoqlarida aholining 7,1 % (303 ming kishi) band bo`lib, mamlakat ichki talabining 47 %ni qondirgan holda, 50 %dan ortiqrog`i eksportga ham chiqarib turadi. Mamlakatning rezina va plastmassa ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarida aholining 4,5% (195 ming kishi) band bo`lib, ushbu sanoat tarmoqlari mamlakat ichki talabini 75 % qondirgan holda 40 %ga yaqin o`z mahsulotini eksportga ham chiqarib turadi. Xizmat ko`rsatish sohalarida umumiy aholining 61,9%i (12.8 mln. kishi) banddir. 2004 yilda ishga yaroqli barcha aholisining 5,5 % (1134 mln. kishi) qishloq xo`jaligi ishlari bilan band bo`lgan edi. Mamlakatda agrar sektor asosan dehqonchilikka yo`naltirilgan bo`lib, ushbu sektorda band bo`lgan aholining 58 %i dehqonchilik bilan, 42 %i esa chorvachilik bilan shug`ullangan. Haydab dehqonchilik qilinadigan еrlarning 50%dan ortig`iga donli ekinlar (yiliga 1 mln. t.ga yaqindan еtishtirib, Еvropa mamlakatlari ichida birinchi o`rinda turadi) ekiladi. Mamlakatning shimoliy rayonlarida dehqon fermer xo`jaliklari bog`dorchilikdan yiliga 6 mln. tonnaga yaqin mevali mahsulotlarni oladi. Mamlakatning janubiy rayonlari asosan bodom, еr yong`og`ini va boshqa subtropik ekinlarni ekishga ixtisoslashtirilgan. Mamlakatning qishloq xo`jaligida yiliga 10 mln. tonnaga yaqin uzum hosili olinadi, shundan 3.3 mln.t. sitrus, 5.5 mln. tonna tomat еtishtiriladi. Italiya xo`jaligida sut va go`sht chorvachiligi asosan mamlakatning shimoliy rayonlaridagi o`tloqli yaylovlarda keng tarqalgan. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling