O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


  1990-2000  yillardagi Italiya hukumatining iqtisodiy  siyosati


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/167
Sana09.01.2022
Hajmi1.39 Mb.
#262846
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   167
Bog'liq
xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti

 
8.2.  1990-2000  yillardagi Italiya hukumatining iqtisodiy  siyosati 
 
Italiya  hozirgi  kunda  jahon  mamlakatlari,  “katta  еttilik”  ichida  sanoati 
rivojlangan  davlatlardan  biri  hisoblanadi.    2004  yilda  mamlakatning  yalpi  ichki  
mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  1.55  trln.  AQSH  doll.ni  tashkil  etib,  Yaponiya, 
AQSH,  GFR  va  Frantsiyadan  keyingi  5-o`rinda,  aholi  jon  boshiga  o`rtacha  milliy 
daromadning to`g`ri kelishi bo`yicha esa jahon mamlakatlari ichida 3-o`rinda turadi. 
Italiyada  o`rtacha  YaIM  ishlab  chiqarishning  yillik  o`sish  darajasi  0,4  %ni  tashkil 
etgan.  Xullas,  2004  yilda  mamlakatning  iqtisodiy  tuzilmasida  yalpi  ichki  mahsulot 
(YaIM) ishlab chiqarish quyidagicha ko`rinishda bo`lgan: sanoatda 28,9 %ni, qishloq 
xo`jaligida  2,2  %ni,  xizmat  ko`rsatishda  esa  68,9  %  ni  tashkil  etgan.  2003  yilda 
xizmat  ko`rsatish  sahasida  mehnatga  qobiliyatli  aholining  70  %,  sanoatda  32  %, 
qishloq xo`jaligida esa 5 %, xizmat ko`rsatishda 63 %i band bo`lgan. 
Italiya  iqtisodiyotida  davlat  monopolistik  kapitali  hukmronlik  qiladi.  Mamlakat 
iqtisodiyotining  rivojlanishida  xorij  kapitalining  roli  ham  katta  hisoblanadi. 
Ma'lumki,  Italiyada  yoqilg`i  resurslari  (ayniqsa,  gaz  va  nеftga)  va  shuningdek 
sanoatning  ko`plab  boshqa  xomashyo  resurslari  tanqis.  Biroq,  mamlakatda  rux, 
oltingugurt, qalay, boksit, marmar qazib olish ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan. Italiya 
gidro-energetika resurslariga boy. Italiyada, ayniqsa, mashinasozlik, avtomobilsozlik, 
oziq-ovqat,  kimyo,  to`qimachilik,  metallurgiya  sanoat  tarmoqlari  yaxshi  rivojlangan 


 
74 
soha  hisoblanadi.  Mamlakatda  hisoblash  texnikasi,  elektr  asbob-uskunalarini  ishlab 
chiqarish va ulardan foydalanish ishlari ham yaxshi yo`lga qo`yilgan. 
Italiyada  avtomobil  va  temir  yo`l  transporti  ham  yaxshi  rivojlangan  sohadir. 
Mamlakat  aholisining  90%dan  ortiq  yo`lovchilari,  80%dan  ortiq  yuklari  esa 
avtomobil  transporti  yordamida  orqali  tashiladi.  Mamlakat  avtosaroylarida  25  mln. 
dan ortiq avtomashilanalar mavjud. 
Italiyaning  jahon  mamlakatlari  bilan  olib  borayotgan  xalqaro  tashqi  iqtisodiy 
aloqalari  asosan  dengiz  transporti  (import  yuklarning  80-90%i,  eksport  yuklarning 
60-65%i) orqali amalga oshiriladi. Mamlakatning savdo flotida 1,5 mingdan oriq yuk 
tashuvchi kemalar mavjud bo`lib, jahon mamlakatlari ichida yuk tashishdagi o`rinlari 
bo`yicha 10-o`rinda turadi. Italiya xalqaro turizmning yirik markazlaridan biri bo`lib, 
yiliga mamlakatga 50-52 mln. ga yaqin turistlar kelib ketadilar. 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling