O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti
Italiyaning davlat uyushmalari va xususiy monopoliyalari
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti
Italiyaning davlat uyushmalari va xususiy monopoliyalari. Italiya
iqtisodiyotining o`ziga xos xususiyatlaridan biri yuqori darajada ishlab chiqarishning kontsentratsiyasidir. Mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalaridagi kontsernlar monopoliya holatida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Xolding tizimidagi sanoatni tiklash institiutlari davlatning yirik uyushmalaridan biri hisoblanadi. Sanoatni tiklash istitutlari (IRI) dunyoda yirik o`nlik guruhiga kiruvchi uyushmalaridan biri bo`lib, o`z tarkibiga 150 dan ortiq turli sanoat tarmoqlarini (kemasozlik va kema remonti, suv transport, mashinasozlik, qora metallurgiya va h.k. tarmoqlarni) birlashtirgan. Sanoatni tiklash institutlarining korxona va firmalarida 350 mingga yaqin kishi mehnat qilishadi, ushbu korxonalarning yillik aylanmasi 50 mlrd. AQSH doll.dan ortiqdir. Italiyaning yirik Davlat kompaniyalaridan biri nеftgaz uyushmasi “ENI” nеft- gaz va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 160 dan ortiq kompaniyalar ustidan o`z nazoratini o`rnatgan. “ENI” kompaniyasi asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda nеft va gaz qazib olish ishlari bilan shug`ullanib, unga tegishli bo`lgan korxonalarda 90 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi. Kompaniyaning yillik aylanmasi 30 mlrd. AQSH doll.ni tashkil qiladi. Italiyaning mashinasozlik sanoatida “Fiat” yirik xususiy kontsernlardan biri bo`lib, unda 290 mingdan ortiq ishchi va xizmatchi mehnat qiladi. “Fiat” kompaniyasi 80%dan ortiq еngil avtomobillarni ishlab chiqaruvchi 100 dan oriq kompaniyalar ustidan o`z nazoratini o`rnatgan (1998 yilda ushbu kontsern 2,5 mln. avtomashina ishlab chiqargan edi). Kontsern Еvropa avtomobil bozorlarining 13 %i ustidan o`z nazoratini o`rnatgan. 1998 yilda “Fiat” xususiy kontsernining yillik daromadi 2,87 trln. lirani tashkil etgan. Italiyaning xususiy kontsernlaridan yana biri “Fininvest” bo`lib, yillik aylanmasi bo`yicha Italiyada 3-o`rinda turadi (yillik aylanmasi 1998 yilda 7 mlrd. AQSH doll. atrofida bo`lgan). Uyushmada 26 mingdan ortiq ishchi va xizmatchilar mehnat qiladilar. “Fininvest” xususiy kontserni asosan televideniе va nashriyot ishlari bilan, biznes reklamasi, televizor va kinofilmlarni ishlab chiqarish, efirga tarqatish, sug`urta ishlari bilan shug`ullanadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling