O’zbekisto
Download 212.68 Kb.
|
Kurs ishi
10 ichida
1-10 sonlarni o`qish, yozish, taqqoslash, ikkita sondan iborat tarkibi; natural qatorning hosil bo`lish prinsipi, matematik simvolika qo`llanilishi, (>, <, =, +, - belgilari) geometrik shakllar bilan ishlash, nol (0) soni va raqami, narsalarni ongli va mexanik sanash, guruhlab sanash, didaktik o`yinlar tuzish, hafta kunlari, avval, keyin, sm, kg, litr. 100 ichida «O`nlik» xonasi, xona, xona birligi, 2 xonali sonlarni o`qish va yozish qoidalari, son bilan raqamning farqi, sonlarni biriktirish orqali qo`shish va ayirish usullari, ditsemetr, metr, soat, minut, 20 tiyin, 90 tiyin, 1 so`mni maydalash va hosil qilish, taqqoslash, x,: belgilari, og`zaki va yozma nomerlash, abak, geometrik shakllarni chizish, yasash. 1000 ichida «Yuzlik», III xona birligi, 3 xonali sonlarni o`qish va yozish, raqamlarning o`rin qiymati prinsipi, 3 xonali sonlarni biriktirish orqali qo`shish va ayirish, taqqoslash, 3 xonali sonni yuzlik, o`nlik, birliklar yig`inidisi ko`rinishida yozish. Mm, km, kun, oy, yil, sekund, asr, vaqt, diametr, dm kub, m kub, narx, ularni boshqa birlikda ifodalash, geometrik shakllarni o`lchash, qismlarga bo`lish, taqqoslash. Ko`p xonali sonlar ichida «Minglik», «sinf» tushunchasi, sonlarning o`nli tarkibi, 4-6 xonali sonlarni o`qish va yozish, taqqoslash, sonlarni 10, 100, 1000 marta orttirish va kamaytirish. O`nli sanoq sistemasi, pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari, miqdorlar orasidagi munosabatlarni mustahkamlash, sonni tahlil qilish. 1. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari. Natural son va nolni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlangich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo'shib algebra va geometriya elementlari o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin o'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o'nlik sanoq sistemasining xususiyalari bilan, og'zaki va yozma nomerlashni takror-takror qo'llash orqali beriladi. Birinchi o'nlikni nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o'zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o'nlik bilan nol' soni ham birga o'rgatiladi. Uni bo'sh to'plamning harkteristikasi sifatida berilgan. Nomerlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1-,2-, ....o'nliklarni hosil qilish, birgalikda o'nliklarni, ya'ni o'nli sanoq sistemasining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlar og'zaki va yozma nomerlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi. Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish boshlang`ich matematika kursida asosiy mavzulardan hisoblanadi. Algebra va geometriya elementlari arifmetik bilimlar tizimiga imkoni boricha kiritiladi, natijada son, arifmetik amallar va musbatlar haqidagi tushunchalarni yuqoriroq darajada o`zlashtirish ta'minlanadi. Natural son va nol ustida ishlash boshlang`ich sinflarda 4 yil o`qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural son va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, ko`p xonali sonlar konsentrlari bo`yicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan. Kontsentlarga ajratish o`nli sanoq sistemasining xususiyatlari bilan, sonlarni og`zaki, yozma nomerlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy masalalarni takror-takror qarashga imkon beradi. Talabalarda ushbu mavzu bo'yicha bilim ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar: I. Har bir talaba: Konsentirlar bo'yicha «nomerlash» mavzusini maz- muni va vazifalarini bilishi; O'quvchilarni o'zlashtirishni takomillashtiradigan mashqlar tizimini ishlash jarayoni: a) fanlar aro aloqadorlik va sonlarni xonalar bo'yicha o'zaro uzviyligiga bog'liq metodlar: b) natural sonlar qatorining hosil qilish prinsiplari: d) Sonning o'nli tarkibi to'g'risida: e) konsetrlar bo'yicha sonlarning o'qilishi va joy- lashuvi: g) yangi sanoq birligining hosil qilinishi: h) konsentrlar bo'yicha sonlarning joylashuv tarkibi: i) xona birliklari bo'yicha munosabat: j) sonlar tarkibining o'qilishi va yozilishini bilishi kerak. Mavzuni o'rganish jarayonida ko'rgazmalilikdan foydalanish. II. Bilish kerak: mavzu bo'yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qo'shiluvchilari yig'indisi shaklida tasvirlash; darslik bo'yicha ko'rgazmalar asosida suhbatlar olib borish: o'quv materialini o'zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik o'yinlar tanlash: bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil bo'lishi bo'yicha turli metodlar va mashqlar, mustaqil ishlar tuza olish: turli xil ko'rinishdagi ko'rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o'tilgan materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Nomerlash metodikasi bosqichda o'qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlarni sanay olishini, didaktik prinsiplar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta'riflashdan iborat. Buning uchun o'quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta'minlash zarur: o'quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi: Predmetlarni sanashni shakllantirish: 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o'zlash- tirib olishlari kerak; Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib nomerini aytib bera olishlari kerak; Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo'lishini ongli o'zlashtirishlari kerak; Raqamlarni o'qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo'ya olishlari kerak; Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak; 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo'shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o'zlashtirib olishlari kerak; 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko'rinishdagi matematik yozuvlarni o'qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo'yishlarini bilishlari kerak. miqdorlar yordamida predmetlarni o'zaro taqqoslash, «Ko'p», «Kam», «Ortiq», «Baland», «Past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi: - Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak. Nomerlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar konsentirlari bo'yicha kiritishni nazarda tutadi. Birinchi prezidentimiz I.Karimov 2004-2008 yillarda halq ta'limini isloh qilish to'g'risidagi ko'rsatmasida, ayniqsa, boshlang'ich ta'limga e'tibor berish, uni malakali o'qituvchilar bilan ta'minlash zarurligini eslatib, boshlangich ta'lim halq ta'limining poydevori, ya'ni asosi, deb aytgan edi. Shuning uchun boshlangich ta'limning dasturini, darsliklarini va ish tartiblarini qayta ko'rib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Ayniqsa, boshlangich ta'lim predmetlari ichida matematikani o'qitish asosiy o'rin tutadi. Matematika dasturi o'z ichiga avvalo natural sonlar bilan to'rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar va kasr sonlar metodikasi kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o'rinda qo'shib o'qitiladi. Download 212.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling