O’zbekisto


Download 212.68 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi212.68 Kb.
#1570702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

XULOSA
Bugun mamlakatimizda taʼlim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizim bilan qiyosiy va har tomonlama tahlil qilish, tegishli yoʻnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi.
Birinchi bobda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini minglik mavzusini o‘qitishda nomerlashni o‘rgatish metodikasi ya‘ni minglik mavzusini o‘qitish, ming ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish metodikasini bayon etildi. 1.2.-faslda
1000 ichida sonlarni nomerlash metodikasi to‘liq bayon etilgan.
Ikkinchi bobda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini og‘zaki va yozma hisoblashga o‘rgatish metodikasi, ya‘ni 3 – sinfda ming ichida qo‘shish va ayirishni og‘zaki usullari, 3 – sinfda ming ichida qo‘shish va ayirishni yozma usullari, ming ichida ko‘paytirish va bo‘lishni og‘zaki va yozma usullari bayon etildi. 3-sinf o‘quvchilariga ming ichida qo‘shish va ayirishni og‘zaki va yozma usullarini bajarish algoritmi bayon etilgan. 2.3-faslda ming ichida ko‘paytirish va bo‘lishga o‘rgatish algoritmi bayon etilgan. 2.4-faslda pedagogik amaliyot davrida o‘tkazilgan ming ichida og‘zaki qo‘shish va ayirishga doir, ming ichida yozma qo‘shish va ayirishga doir dars ishlanmalari keltirilgan. Shuningdek, og‘zaki qo‘shish va ayirish mavzusini o‘rganish natijalari, darslarga oid metodik ko‘rsatmalar keltirilgan.
2.4-faslda pedagogik amaliyot davrida o‘tkazilgan ming Ichida og‘zaki qo‘shish va ayirishga doir ―300+600, 700—200 ko‘rinishidagi hollar uchun qo‘shish va ayirish usullari‖, ―60+80, 110—70 ko‘rinishidagi hollar uchun usullar. Tenglamalar yechish‖, ―350+420 ko‘rinishidagi hollar uchun usullar Yangi material ustida ishlash‖, ming ichida yozma qo‘shish va ayirishga doir ―O‘nlikdan o‘tmasdan qo‘shish‖, ―Xonadan o‘tmasdan hisoblash‖,
―O‘tilgan materialni mustahkamlash‖ mavzulari bo‘yicha dars ishlanmalari keltirilgan. Shuningdek, og‘zaki qo‘shish va ayirish mavzusini o‘rganish natijalari, darslarga oid metodik ko‘rsatmalar keltirilgan
Xulosa qilib aytganda, 3-sinf o‘quvchilarga ming ichida og‘zaki va yozma hisoblash usullarini puxta o‘rgatish keyinchalik sonlar ichida arifmetik amallarni bajarishga tayanch bilim bo‘ladi

Download 212.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling