O‘zbekistoda demokratik jamiyat qurish nazariyasi, amaliyoti va huquq
Shaxs ijtimoiylashuvining ikki fazasi, ijtimoiy faoliyat hamda o‘z-o‘zini anglash holati
Download 0.77 Mb.
|
2473 Sosiologiya fan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsning ijtimoiylashuvi deb
9.2. Shaxs ijtimoiylashuvining ikki fazasi, ijtimoiy faoliyat hamda o‘z-o‘zini anglash holati
Shaxs shakllanishida uni o‘rab turgan muhit va u intiladigan madaniy-ijtimoiy ideallar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarining ham ahamiyati kattadir. Bunday hodisani fanda insonning ijtimoiylashuvi yoki sotsializasiya yo‘li bilan shaxsga o‘tishi, deb atash qabul qilingan. Buni izohlaydigan ko‘pgina qarashlar mavjud. Ijtimoiylashuv umumiy ma’noda insonning bio va ruhiy ehtiyojlariga maqsadga muvofiq, oqilona ta’sir o‘tkazishdir. Buning oqibatida inson shaxsi qaror topishining ikkinchi tomoni – uning sub’ektiv «MEN»i ham shakllanadi. Shaxsning «MEN»i ota-onalari, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar, mahalla-kuy va boshqalardan o‘zlashtiradigan sifatlardir. Bu sifatlar aniq olingan joyi va vaqtiga кo‘ра ijobiy yoki salbiy shaxsiy xususiyatlar tarzida shakllanishi mumkin. Ijobiy holatda shaxsda o‘zi to‘g‘risida odillik, epchillik, qobiliyatlilik, uddaburonlik kabi tasavvurlar tug‘ilsa, salbiy holatda uning layoqatsizligi, noshudligi, zaifligi kabi xususiyatlari qaror topishi mumkin. Albatta, bu xususiyatlar inson sub’ektining o‘z «MEN»i to‘g‘risidagi fikrlaridir. Ularning voqelikka muvofiq kelishi, ya’ni haqiqiymi yoki yo‘qligi masalasini ham nazardan qochirmaslik lozim. Sub’ektiv «MEN» yuzaga kelishi bilan nisbiy mustaqillik tarzini oladi va shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata boshlaydi. Shu bilan birga shaxs «MEN»i doirasida uning ikkinchi jihati-boshqalarning bu «MEN»ga bo‘lgan munosabatiga javoblari masalasi kuzga tashlanadi. «MEN»ning bu jihati o‘zga harakatlari, fikr-o‘y, siyosiy mavqei, turmush tamoyillari va hokazolar to‘g‘risida jamoatchilik fikrlarini hisobga olish yoki olmaslik bilan bog‘liq holatlar ifodalanadi. O‘zga «MEN» quyidagi holatlardan tashkil topadi. Bular-boshqalarning aynan shu shaxs to‘g‘risidagi qarashlari asosidagi fikrlar; Ayni shu shaxsning xatti-harakati va faoliyatini boshqalar tomonidan baholash bilan bog‘liq omillar; boshqalarning qarashlari va bergan baholariga javoban qoniqish, g‘urur, o‘ziga ishonchining kuchayishi, o‘zini bekamu ko‘st deb xisoblash, uyalish, afsuslanish, ehtiyotkorlikka moyillik kabi holatlardir. Shaxsning ob’ektiv «MEN»i bilan uning to‘g‘risidagi «o‘zga MEN» bir-birini to‘ldirgandagina insonning ijtimoiy tabiati haqidagi fikrlar ham to‘laroq bo‘ladi. - Jamiyat va shaxs maqsadlari orasidagi bog‘lovchi u yoki bu sotsial tizim bo‘lishi mumkin. Demak: Shaxsning ijtimoiylashuvi deb, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli, tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali sodir bo‘ladigan jarayon (ijtimoiylashuv deb ataladi)ga aytiladi. Shaxsning (individning) sotsial tashkilot elementi bo‘lishi 2 muhim jihatga bog‘liq: 1) sotsial tashkilotning shaxsga ta’sir etishi bilan qobiliyatining shakllanishiga va 2) shaxsning boshqa odamlar ta’siriga berilishi bilan qobiliyatining shakllanishiga bog‘liq. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling