O’zbekiston 2050-yilda
Sport bilan shug‘ullanish yengillashadi
Download 17.18 Kb.
|
O’zbekiston 2050-yilda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer aholisi shiddat bilan ko‘paymoqda
- 1. Tibbiyotning rivojlanishi.
- Energiya arzon va qayta tiklanuvchi bo‘ladi
Sport bilan shug‘ullanish yengillashadi
Gadjyetlar egalari hozirning o‘zidayoq bosgan qadamlarini o‘lchashlari, o‘z harakat faolliklarini baholashlari va kaloriyalarni hisoblashlari mumkin. Deyarli har bir insonning cho‘ntagida mashqlar dasturi va parhez tuzuvchi shaxsiy murabbiyi bo‘ladi. Borgan sayin sog‘lom turmush tarziga qiziqish nafaqat trend, balki hayot tarziga aylanib bormoqda. Kelajakda spirtli ichimliklar iste'moli va tamaki chekish urf bo‘lmaydi, fastfud esa eskirgan sarqit kabi ko‘rinadi. Yer aholisi shiddat bilan ko‘paymoqda Yaqinda BMT sayyoramizning 2050 yilga borib aholisi o‘sishiga oid prognozini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Yer aholisi 2,5 milliard kishiga ko‘payadi, ya'ni 7,5 milliarddan 9,7 milliard kishigacha. Bunday prognozga ikki omil ta'sir qildi: 1. Tibbiyotning rivojlanishi. Yangi preparatlarning ixtiro qilinishi va zamonaviy tibbiyot uskunalari hayot davomiyligi va sifatini yuksaltirmoqda. 2. Sog‘lom hayot tarzi. Borgan sari zararli odatlar va nosog‘lom yeguliklardan uzoqlashib, sport bilan shug‘ullanishga qiziqayotgan kishilar soni oshib bormoqda. Energiya arzon va qayta tiklanuvchi bo‘ladi Yaqinda Energiya instituti tadqiqot o‘tkazdi, unga ko‘ra, 2050 yilda 80 foiz energiya qayta tiklanuvchi manbalardan olinadi. Gap tabiiy resurslar - quyosh nuri, suv va shamoldan foydalanuvchi generatorlarga o‘tish haqida bormoqda. Bunday texnologiyalar nisbatan kamxarj bo‘lib, ko‘proq ish o‘rinlari bilan ta'minlaydi va tabiat hamda bizning sog‘lig‘imizga ziyon yetkazmaydi. Bugungi kunda ko‘p mamlakatlar qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tmoqda. Shunday qilib, Germaniyada 74 foiz energiya qayta tiklanuvchi manbalardan olinadi. Ko‘plab mamlakatlar ushbu tendensiyaga amal qilmoqda. Stenford universiteti olimlari qanday qilib dunyoning 139 mamlakati elektr ta'minotiga doir ehtiyojlarini qayta tiklanuvchi manbalar hisobidan qondirishi mumkinligini ko‘rsatuvchi xaritani tuzishdi. Download 17.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling