Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


VI. MEHNAT NIZOLARINI KOʻRIB CHIQISH


Download 281 Kb.
bet7/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
VI. MEHNAT NIZOLARINI KOʻRIB CHIQISH



  1. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi (541-581-moddalari) bilan tartibga solinadi.

Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning faoliyati va ish yuritish tartibi qonun hujjatlari va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tasdiqlangan (12.01.2015-y., 20-66 s, 15.01.2015-y., 01-SP), Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan tavsiyalarga asosan ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq olib boriladi.
Mehnat nizolari komissiyalari Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan tenglik asosida tuziladi.
Komissiyaga kasaba uyushmasi qoʻmitasi qarori bilan, Ish beruvchining vakili esa, uning buyrugʻi bilan tasdiqlanadilar.
Mehnat nizolari komissiyalarining son tarkibi va vakolat muddati jamoa shartnomasiga binoan belgilanadi.
Mehnat nizolari komissiyasining qarori uning majlisida qabul qilinadi.
Ish beruvchi oʻz tizimida mehnatga oid qonun hujjatlari buzilishini oldini olish boʻyicha tomonlarning tizimli hamkorligini taʼminlaydi.

  1. Kelishuvchi tomonlar, ijtimoiy sheriklik prinsiplarini tan olgan holda, mazkur Kelishuvning bajarilishida yuzaga kelgan har qanday nizolarning oldini olish choralarini koʻrishni oʻz zimmasiga oladilar. Bahslashuvlar oʻzaro ishonch va hurmat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hal etiladi.

  2. Tashkilot va uning tarkibiy boʻlinmalarida yakka tartibdagi mehnat nizolari Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan tayinlangan va tenglik asosida tashkil topgan hamda mazkur Kelishuvning amal qilish muddatiga tuziladigan Mehnat nizolari boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi. Komissiya tarkibi Jamoa shartnomalarida belgilanadi.

  3. Jamoaviy mehnat nizolari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda hal etiladi.



Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling