Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi
XV. KELISHUVNING AMAL QILISHI, UNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI VA BAJARILISHI UCHUN TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
Download 281 Kb.
|
XV. KELISHUVNING AMAL QILISHI, UNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI VA BAJARILISHI UCHUN TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
Mazkur Kelishuv 2023-yilning 1-may kunidan kuchga kiradi va uch yil (2025-yil 31-dekabr)gacha yoki yangisi tuzilmaguncha amal qiladi. Shu vaqt davomida unga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritishga taraflarning kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Qoʻshimcha va oʻzgartishlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida bildirish roʻyxatidan oʻtkaziladi. Taraflar mulkdori almashganda, qayta tashkil etilganda, nomi oʻzgarganda Kelishuv oʻz kuchini saqlab qoladi. Ushbu Kelishuv Ish beruvchi va Kengash oʻrtasida imzolanganidan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga bildirish roʻyxatidan oʻtkazish uchun 7 kunlik muddat ichida taqdim etiladi. Ish beruvchi Kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida bildirish roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng ikki hafta ichida uning nusxasini tizimdagi barcha tarkibiy tuzilmalari – barcha muassasalariga jamoa shartnomalarini muvofiqlashtirish maqsadida joʻnatadi. Taraflar mazkur Kelishuv va jamoa shartnomalarini bajarish yakunlarini mehnat jamoalari umumiy yigʻilish (konferensiya)larida tegishli yilning 1-aprelidan kechiktirmasdan koʻrib chiqilishini taʼminlaydilar. Ish beruvchi tomonidan yangi Tarmoq jamoa kelishuvi tegishli yilning yanvar oyidan, jamoa shartnomalarini tuzish yoki mavjud jamoa shartnomalariga oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish tegishli yilning mart oyidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Taraflar ushbu Kelishuvga asosan oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarning bajarilishi haqida bir-birlariga yilda bir marotaba (har yilning fevral-mart oylarida) axborot beradilar. Kelishuv ijrosini nazorat qilish uchun Taraflar vakillaridan iborat Ikki tomonlama ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya tuziladi (komissiya roʻyxati ilova qilinadi). Kelishuv shartlarining bajarilishi boʻyicha tekshirish olib borish vaqtida taraflar oʻzlaridagi buning uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etadilar. Kelishuv talablari bajarilmagani aniqlangan taqdirda uni imzolagan shaxslarga yozma ravishda maʼlumotlar taqdim etiladi. Yozma ravishda kiritilgan maʼlumotlar komissiya tomonidan 7 kun ichida muhokama etilib, soʻngra tegishli qaror qabul qilinadi. Ushbu Kelishuv uch nusxada tuzilgan boʻlib, Ish beruvchi, Kengash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga bir nusxadan beriladi. Kelishuv imzolangan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida yoki taraflarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. Tarmoq jamoa kelishuviga ilova Tarmoq jamoa kelishuvida belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qiluvchi ikki tomonlama ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya TARKIBI
Izoh: Komissiya tarkibidagi xodimlar boshqa ishga oʻtkazilganda, uning oʻrniga tayinlangan xodim (mutaxassis) komissiya aʼzosi hisoblanadi. Download 281 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling