Shaxrihon tuman Adliya bo' limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti X. Ulug'bekov va markaz bosh yuriskonsulti R


Download 63.81 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi63.81 Kb.
#1252473
Bog'liq
word


MA'LUMOTNOMA
03.08.2022 yil Shahrixon tumani
Shaxrihon tuman Adliya bo' limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti X.Ulug'bekov va markaz bosh yuriskonsulti R.Mirzayevlar tomonidan Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi boshlig'i B. To'rayev xabardorligida, bosh hisobchi S.Ashiyev hamda Kadrlar bo'limi inspektori A.Azizovlar ishtirokida 2022 yil fevral-iyul oylari davomida tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi tomonidan chiqarilayotgan buyruqlar va to'g'ridan-to'g'ri tuzilgan shartnomalarni elektron tizim orqali yuborib yuridik xulosa olish holatlari monitoring qilindi.
O'tkazilgan monitoringda, Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.06.2021 yil kuni qabul qilingan PQ-5168-sonli qaror va ilova qilingan nizom talablariga amal qilinishi o'rganilganda, mansabdor va mas'ul shaxslar tomonidan kuydagi kamchiliklarga yo'l qo î yilganligi aniqlandi.
Jumladan: Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limidan 2022 yil fevral-iyul oylari davomida ja'mi dastur orqali Markazga jami 226 ta (204 ta ichki buyruq hamda 22 ta shartnomalar) hujjatlar yuborilgan bo ț lib taxlil qilinganida quyidagilar aniqlandi:
Organish kuniga qadar yuridik xizmat ko ț rsatish markazi tomonidan rad qilingan buyruq loyihalari soni 1 tani tashkil qilgan. Biroq, tuman sanitariyaepidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi tomonidan ushbu buyruq loyihalarini qayta jo î natish choralari ko ț rilmagan.
2 ta mehnat ta'tilidan muddatidan oldin chaqirib olish;
6 ta boshqa lavozimga o'tkazish; 2 ta vaqtinchalik vazifalar yuklash;
23 ta mehnat munosabatlari;
20 ta rag'batlantirish;
42 ta hodimlarga berilgan haq to'lanadigan va haq to'lanmaydigan ta'tillar berish;
4 ta xodimlarni ishga qabul qilish (tayinlash);
2 ta bola parvarishlash ta'tili;
4 ta intizomiy jazo choralari qo'llash;
85 ta tekshirishlar va o'rganishlar o'tkazish;
9 ta xodimlarni xizmat safariga yuborish bo'yicha;
6 ta xodimni egallab turgan lavozimidan ozod etish (xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish);
1 8 ta xo'jalik munosabatlari;
3 ta homiladorlik va tug'ish ta'tili.
Xoî jalik munosabatlari:
Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo' limi tomonidan 2022 yil fevral-iyul oylari davomida jami 48 ta xo îjalik shartnomalari tuzilgan, shundan 12 ta xo'jalik shartnomalariga yuridik xizmat ko'rsatish markazining xulosalari olingan, qolgan 36 ta xo'jalik shartnomalariga yuridik xizmat ko'rsatish markazining xulosalari olish uchun shartnoma loyihalari yuridik xizmat ko'rsatish markaziga yuborilmagan.
2022 yil fevral oyida xulosa olingan 20 ta buyruq loyihalari tuman sanitariyaepidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi boshlig'iga imzolash uchun yuborilmagan. Bu esa xodimlarni adm.ijro.uz tizimi bo'yicha yetarli bilim va kox nikmalarga ega emasliklaridan dalolat beradi.
Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan rad etilgan buyruqlar:
l) Tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi boshlig'i B.To'rayev 2022 yil 9 marł kunidan boshlab Andijon viloyat SEO va JSX boshqarmasining 2022 yil 7 marł kungi ko'rsatma xatiga asosan xizmat safariga ketayotganligi sababli sanitariya bo' limi mudiri Sh.Chinpo'latovga B.To'rayev ximat safariga qaytgunga qadar boshliq vazifasini bajarib turish mas'uliyatini yuklash to'g'risidagi buyruq loyihasi 09.03.2022 yilda markazga xulosa olish uchun yuborilgan. Bu turdagi buyruq yuqori turuvchi tashkilot tomonidan qabul qilinishi lozimligi sababli mazkur buyruq loyihasi markaz xodimi tomonidan qaytarilgan.
Xodimni egallab turgan lavozimidan ozod etish (xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish)
2022 yil fevral-iyul oylari davomida jami 6 ta xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Ma'muriyat bo'limi navbatchi qorovuli Mamasoliyev Ashirali bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2022 yil 23 iyun sanasida 2022-159-1-28-SES-sonli buyruq bilan taraflarning kelishuvi va Mehnat kodeksining 99-moddasi l-qismiga asosan bekor qilingan. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 108-moddasida Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shartligi belgilab qo'yilgan bo'lsada, Mehnat shartnomasini bekor qilish to€g'risidagi buyruq bilan xodim A.Mamasoliyev tanishtirilmagan.
Xuddi shunday holat ma'muriyat bo'limi haydovchisi Mamajonov Bobirjon, Zararsizlantirish bo' limi dezinfektori Qosimov Saydullo, ma'muriyat bo'limi kotibasi Ahrolova Shahodathon, ma'muriyat bo'limi eshik supuruvchisi Abdulhamidov Jo'rabek va sanitariya bo'limi sanitariya vrachi Siddiqov Boxodirlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish haqidagi buyruqlarda ham takrorlangan.
Bundan tashqari yuqorida ko'rsatib o'tilgan fuqarolarga mehnat daftarchalari ham o'z vaqtida berilmaganligi sababli Mehnat daftarchasini yuritish kitobiga imzo qo'ydirib topshirilmagan. Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 108-moddasida hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan ro'yxatdan o'tgan "Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to'g'risida”gi Yo'riqnomaning 3.1 bandida Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shartligi belgilangan. Bundan tashqari, Ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u hołda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o'rtacha oylik ish haqi to' lanishi belgilangan.
Xodimlarni ishga qabul qilish (tayinlash)
2022 yil fevral-iyul oylari davomida jami 4 ta fuqaro bilan mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilish to'g'risida buyruq chiqarilgan. O'zbeksiton Respublikasi Mehnat kodeksining 82-moddasiga asosan, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug'i bilan rasmiylashtirilishi, buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo'lishi hamda buyruq xodimga ma'lum qilinib, tilxat olinishi belgilangan. Biroq, ushbu modda talablariga zid ravishda epidemiologiya bo'limi epid vrach yordamchisi vazifasiga ishga qabul qilingan Nurmatova Irodaxon ishga qabul qilish to'g'risidagi buyruq bilan tanishtirilmaganligi yoki tanishtirilganligi to'g'risida tilxat olinmaganligi ma'lum bo'ldi.
Xuddi shunday holat, sanitariya bo'limiga san vrach yordamchisi vazifasiga ishga qabul qilingan Abdumuhtorova Umidahonda ham takrorlanib, u ham ishga qabul qilish to'g'risidagi buyruq bilan tanishtirilmagan hamda belgilangan tartibda tilxatlar olinmagan. Bu bilan Mehnat kodeksining 82 moddasi talablari buzilgan.
Bundan tashqari sanitariya vrachi vazifasiga L.Zayenobidinovani ishga qabul qilish to'g'risidagi buyruq loyihasiga yuridik xizmat ko'rsatish markazining 2022 yildagi ijobiy xulosasi oligan bo'lsada, buyruq loyihasi bo'lim boshlig'i tomonidan elektron raqamli imzo orqali imzolanmasdan, 2022 yil 03 fevralda qo'lda imzolangan.
Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salołnatligi xizmati bo' limi tomonidan joriy yilning fevral-iyul oylari davomida jami 6 ta buyruqqa yuridik markaz tomonidan xulosa olinmasdan qabul qilinganligi aniqlandi. Jumladan:
l) Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi boshlig ț ining 05.05.2022 yildagi ”Sanitariyaepidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkilotlarda fuqarolarni gigiyenik o'qitish va tarbiyalash ishlarini tashkil etish to'g'risida”gi Nel 9-sonli buyrugĂi;

  1. Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi boshlig'ining 1 5.04.2022 yildagi ”Boshqa ishga o'tkazish to'g'risida”gi Ngl 7/4-sonli buyrugț i;

  2. Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi boshlig'ining 09.03.2022 yildagi ”Xizmat safariga yuborish to'g'risida”gi Nel 2-sonli buyrug'i•,

  3. Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi boshlig'ining 22.02.2022 yildagi ”Qo'shimcha ish stavkasi bilan ta'minlash to'g'risida”gi Ne9/2-sonli buyrug î i•,

  4. Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi boshlig'ining 22.02.2022 yildagi ”Rag'batlantirish to'g'risida”gi N29/1 -sonli buyrug'i;

  5. Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi boshlig'ining 22.02.2022 yildagi ”Rag'batlantirish to'g'risida”gi N29-sonli buyrugî i.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.06.2021 yil kuni qabul qilingan 5 1 68-sonli qaroriga asosan markazlar tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo'l qo'yilmasligi hamdabunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e'tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilangan.
Monitoring davomida Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi tomonidan 2022 yil 6 apreldagi 2022-15-1-28SES-sonli buyrug'iga ko'ra Shahrixon tumani XTBga qarashli 21 -sonli umum ta'lim maktabida tekshirish o'tkazilisi belgilangan. Buyruqda tekshirish 2022 yilning 1 1-12aprel kunlari o'tkazilishi belgilangan. Biroq, tekshirish 2022 yil 14 aprel kuni o'tkazilib, tekshirish o'tkazish muddati buzilganligi ma'lum bo'ldi.
Xuddi shu kabi, Shahrixon tumani XTBga qarashli 19-sonli umum ta'lim maktabida, Shahrixon tumani MTBga qarashli 24-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida va Shahrixon tumani MTBga qarashli 19-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkazilgan tekshirishda yo'l qo'yilgan.
Monitoring yakuni bo'yicha Shahrixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi rahbariyatiga kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo'l qo'ymaslikni oldini olish yuzasidan quyidagilarga amal qilishi tavsiya etiladi.
l) O' zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan normalarga qaťiy rioya qilish;

  1. O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda

402-son bilan ro'yxatdan o'tgan "Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to'g'risida”gi Yo'riqnomatalablariga rioya qilish;

  1. Vazirlar Mahkamasining 201 2-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan O'rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to'g'risidagi Nizom talablariga rioya qilish;

  2. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12sonli "Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo'llanilishi haqida”gi qarori talablariga rioya qilish;

  3. O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirining 2009 yil 23dekabrdagi "Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash tizimini łakomillashtirish to'g'risida”gi 380-sonli buyrug'i talablariga rioya qilish.

Monitoring jarayonida tuman Tibbiyot birlashmasi mas'ul xodimlariga buyruqlar va shartnomalarni elektron tizimi orqali kiritish va u bilan ishlash yuzasidan to'liq tushuntirish berildi.
S hahrixon tumani Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti: X. Ulug'bekov
Markaz bosh yuriskonsulti:. Mirzayev

Tuman SEO va JSXB boshlig'i:

B. To'raev

Kadrlar boĂ limi inspektori:

A. Azizov

Bosh hisobchi:

S. Ashiyev

Monitoring ma'lumotidan bir nushaoldim, e'tirozlar yo'q.
Kadrlar boî limi inspektori A. Azizov


Download 63.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling