Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


Download 281 Kb.
bet1/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Loyiha

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial - demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi
Ijroiya Qoʻmitasi raisi


Oʻzbekiston davlat muassasalari
va jamoat xizmati xodimlari
kasaba uyushmasi
Respublika Kengashi raisi


__________B.Abduhalimov __________ A. Abdumuxtorov
____ __________ 2023-yil ____ __________ 2023-yil







Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi
Respublika Kengashi oʻrtasida partiya tizimida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, mehnat shartlari va
unga haq toʻlash hamda xodimlarning ijtimoiy kafolatlarini
belgilab berish boʻyicha 2023 – 2025-yillarga tuzilgan

T A R M O Q J A M O A K Ye L I Sh U V I
Toshkent shahri
Mazkur Tarmoq jamoa kelishuvi (keyingi oʻrinlarda “Kelishuv” deb ataladi) Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi bilan Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi oʻrtasida tuzilgan tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, mehnat shartlari va unga haq toʻlashni, partiya va uning hududiy boʻlinmalarida mehnat qilayotgan xodimlarning mehnatga oid munosabatlari va ijtimoiy kafolatlarini tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
I. UMUMIY QOIDALAR

  1. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb ataladi) ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi (keyingi oʻrinlarda “Kengash” deb ataladi) bilan partiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining mehnat, ish haqi, ularning ish bilan bandligi va ijtimoiy kafolatlari borasida muzokaralar olib borish, Kelishuv va jamoa shartnomalarini tuzish huquqini qoʻllab-quvvatlaydi hamda partiya tizimidagi xodimlarning yagona vakillik organi sifatida Kasaba uyushmasini tan oladi.

  2. Tarmoq jamoa kelishuvi Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oʻzbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha 2023-2025-yillar uchun imzolangan Bosh jamoa kelishuvi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, undagi shartlar tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va imtiyozlarining eng past darajasini kafolatlaydi.

  3. Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oʻzbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha 2023-2025-yillar uchun Bosh jamoa kelishuvi talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirishni oʻz zimmasiga oladi:

- mehnat qonunchiligi buzilishining oldini olish borasida kasaba uyushmalari bilan tizimli hamkorlikni taʼminlash;
- ishonch telefonlari tarmogʻini kengaytirish orqali ijtimoiy-mehnat masalalari yuzasidan aholi bilan Qayta aloqa mexanizmini yanada takomillashtirish;
- tizimda Xalqaro mehnat tashkilotining asos soluvchi Konvensiyalariga rioya etishga doir choralari tizimini har yili tahlil qilib borish;
- Xalqaro Mehnat Tashkilotining quyidagi Konvensiyalariga ogʻishmay rioya etilishini taʼminlash:
“Zoʻraki yoki majburiy mehnat toʻgʻrisida”gi 29-son Konvensiyasi va shu Konvensiyaga Bayonnoma;
“Qirq soatlik ish haftasi toʻgʻrisida”gi 47-son;
“Haq toʻlanadigan taʼtil toʻgʻrisida”gi 52-son;
“Mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi 81-son;
“Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 87-son;
“Jamoa muzokaralarini tashkil etish va yuritish huquqi prinsiplarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi 98-son;
“Teng ahamiyatli mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq toʻlash toʻgʻrisida”gi 100-son;
“Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 103-son;
“Majburiy mehnatni tugatish toʻgʻrisida”gi 105-son;
Mehnat va ish turlari sohasida kamsitishlar toʻgʻrisida”gi 111-son;
“Ish bilan taʼminlash sohasidagi siyosat toʻgʻrisida”gi 122-son;
“Qishloq xoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi 129-son;
“Mehnatkashlarning vakillari toʻgʻrisida”gi 135-son;
“Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisida”gi 138-son;
“Xalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisida”gi 144-son;
“Jamoa muzokaralarini olib borish toʻgʻrisida”gi 154-son;
“Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisida”gi 182-son;
“Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisida”gi 187-son.

  1. Taraflar kasaba uyushmasi aʼzolik badallarini Kengash Ustavi va jamoa shartnomasiga asosan buxgalteriya orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan tegishli Kasaba uyushmasi hisob raqamiga oʻtkazishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.

  2. Taraflar partiya tizimida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini amaliyotga keng joriy qilish borasida mehnat sohasidagi normativ hujjatlar (shu jumladan, jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalari)ni qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki yangi normalarni qabul qilish, shuningdek, xodimlarning yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi haqida xabardorligini oshirish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshiradilar.

  3. Taraflar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, ishonch telefonlari va sayyor qabullar orqali xodimlarni ijtimoiy-mehnat masalalari yuzasidan xabardor etib boradilar.

  4. Taraflar mehnat qonunchiligi buzilishining oldini olish borasida oʻzaro tizimli hamkorlikni amalga oshiradilar.




Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling