Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


XI. YoSHLAR UCHUN QOʻSHIMCHA IMTIYOZLAR VA KAFOLATLAR


Download 281 Kb.
bet11/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
XI. YoSHLAR UCHUN QOʻSHIMCHA IMTIYOZLAR VA KAFOLATLAR



  1. Ish beruvchining ishida va rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish hamda yoshlarni ijtimoiy himoya masalasi yechimini topish maqsadida Taraflar quyidagilarga kelishib oldilar:

Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisida”gi 138-sonli va “Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisida”gi 182-sonli Konvensiyalariga binoan ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etish hamda bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash yuzasidan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ish olib borish;
yoshlar bilan ishlash komissiyasini;
yoshlar bilan ishlash boʻyicha kompleks dastur va uni amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqish;
yosh xodimlar, mutaxassislar va boshqalar oʻrtasida kasb mahorati boʻyicha tanlovlar oʻtkazish;
yosh oilalar aʼzolari boʻlgan xodimlarga har taraflama yordam koʻrsatish.

  1. Ish beruvchi oliy taʼlim, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining boshqa toifalarini ishga joylashtirish, yosh kadrlarni oʻz ish oʻrinlarida qoʻnimliligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashishni hamda huquqiy savodxonligini oshirish borasida tizimli ishlarni oʻz zimmasiga oladi.

  2. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida koʻzda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini taʼminlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar:

a) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlar uchun (Mehnat kodeksining 118, 129, 183, 230, 232, 234, 258, 327, 343, 354, 360, 422-moddalari);
b) oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirayotgan xodimlar uchun (Mehnat kodeksining 384-moddasi);
v) ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borayotgan xodimlar uchun (Mehnat kodeksining 383-moddasi);
g) taʼlim muassasalarini bitirgan xodimlar uchun (Mehnat kodeksining 96, 129, 161, 167, 289, 381-moddalari).

  1. Ish beruvchining majburiyatlari:

oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarga mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, taʼtillar va boshqa mehnat shartlari sohasida qoʻshimcha imtiyozlar berish;
kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularni Ish beruvchi faoliyatiga jalb etish borasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ish olib borish.
tizimdagi tashkilotlarda Ustoz-shogird tizimini joriy etish hamda taʼlim muassasalari bitiruvchilarini shogirdlikka olgan ustoz xodimlarni moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, ragʻbatlantirib borish.

  1. Taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqib, oʻquv rejasini bajarayotgan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan imtiyozlarga qoʻshimcha tarzda, ishni taʼlim bilan qoʻshib olib borish uchun zarur boʻlgan kundalik ish vaqtining boshlanishi va tamom boʻlishining xodimga maqbul va maʼqul boʻlgan vaqti oʻrnatilishi kafolatlanadi.

  2. Kasaba uyushma qoʻmitasining majburiyatlari:

a) yosh yigit–qizlarni kasaba uyushmalari faoliyatiga jalb etish ishlarini olib borish;
b) oʻquvchi va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilishga yuqori malakali ishchilar, rahbarlar, mutaxassislarni jalb qilishga koʻmaklashish;
v) amaliyot oʻtashga biriktirilgan taʼlim muassasalari bitiruvchilariga moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;
g) ishga qabul qilingan kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilishini, ular jamoa shartnomalari bilan tanishtirilishini taʼminlash;
d) yangi ishga qabul qilingan yoshlarning ish joylarida qoʻnimligini taʼminlash boʻyicha ish olib borish.

Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling