Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


Download 281 Kb.
bet13/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
XIII. KENGASHNING MAJBURIYATLARI



  1. Kengash majburiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish;
mehnat jamoalarida ijtimoiy vaziyatni osoyishta boʻlishiga yordam, huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar berish;
xodimlarning huquq va manfaatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlash masalasini Ish beruvchi bilan birgalikda hal etish;
xodimlarning ish sharoitlarini, ularni sogʻlomlashtirishga oid masalalarni koʻrib chiqish hamda bu boradagi masalalarni Ish beruvchi bilan birgalikda hal etishni taʼminlash;
xodimlar va ularning farzandlarini sogʻlomlashtirish maskanlariga hamda oromgohlarga borishlari uchun yoʻllanma bilan taʼminlashda koʻmaklashish.

  1. Mehnat va kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunlar talablariga Ish beruvchi tomonidan rioya etilayotganligini nazorat qilib boradilar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnoma kiritadilar.

  2. Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib, daʼvo arizalari bilan sudga murojaat qiladilar.

  3. Xodimlarning murojaatlarini koʻrib chiqib, ular yuzasidan qonunlarga muvofiq tegishli javob beradilar.

  4. Kasaba uyushmasi faollarini kasaba uyushmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitishni oʻz zimmalariga oladilar.



XIV. KASABA UYUSHMASI ORGANLARINI VA UNING
FAOLLARI HUQUQLARINI KAFOLATLASH



  1. Ish beruvchining burchlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

kasaba uyushmasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish, faoliyat yuritishini taʼminlash hamda uning qonuniy huquqlariga rioya etish;
kasaba uyushmasi tashkilotlariga “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, oʻz Nizomi va ushbu Kelishuvda belgilangan vazifalarini Ish beruvchi va uning tarkibiy tuzilmalarida amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
kasaba uyushmalariga Kelishuv va jamoa shartnomalarida belgi-langan maqsadlar uchun tegishli miqdorlarda mablagʻlar ajratish;
kasaba uyushmasi organining faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart - sharoitlarni yaratib berish, zarur hollarda, kerakli boʻlgan barcha normativ - huquqiy hujjatlar va maʼlumotlarni berish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Kelishuvda belgilangan talablarning ijrosini oʻrganish uchun kasaba uyushmasi vakillarini ish oʻrinlariga moneʼliksiz kiritish;
qonun buzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqish va natijalari haqida kasaba uyushmasiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda maʼlum qilish;
dolzarb ijtimoiy - iqtisodiy muammolarni kasaba uyushmasi va Ish beruvchi vakillari bilan tarmoq kasaba uyushma Respublika Kengashi ishtirokida muhokama qilib borish.

  1. Kasaba uyushmasining saylab qoʻyilgan organlari aʼzolariga oʻzlarining vakillik faoliyatini amalga oshirishlari munosabati bilan Ish beruvchi tomonidan biron bir shakldagi taʼqib qilinishdan himoya etish kafolatlanadi.

  2. Ish beruvchi va uning tizimidagi muassasalarni boshqarishda mehnat jamoalari vakillarining ishtirokini taʼminlash maqsadida Boshqaruv (maslahat-kengash, hayʼat, komissiyalar) tarkibiga amaldagi qonunchilik doirasida boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlari kiritiladi.

  3. Ish beruvchi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga doir masalalar koʻrib chiqilayotganida hayʼat yigʻilishlariga tarmoq kasaba uyushma Respublika Kengashi raisi taklif qilinadi.

  4. Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va asosiy ishidan ozod etilmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, ular aʼzo boʻlgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan holda yoʻl qoʻyiladi, muassasa kasaba uyushmasi organining raisi bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga esa bundan tashqari tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining shunday roziligi olingan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

  5. Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylov vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida Ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan turib yoʻl qoʻyilmaydi.

  6. Kasaba uyushmasining saylab qoʻyiladigan organlaridagi lavozim-larga saylangani munosabati bilan ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan xodimlarga ularning ushbu lavozimdagi vakolati tugaganidan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmasa – avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.

  7. Kasaba uyushmasining saylab qoʻyiladigan organlari tarkibiga saylangan xodimlar qonunlarda, mazkur Kelishuvda va jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar.

  8. Asosiy ishidan ozod qilinmagan kasaba uyushmasi vakillariga
    mehnat jamoasining manfaatlarini koʻzlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi uchun har haftalik ish vaqtining 30 foizidan kam boʻlmagan vaqt, shuningdek, kasaba uyushmasining yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻqishi uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda vaqt beriladi.


Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling